Birinchi qismda yagona davlat barpo etish, uni mustahkamlash, qo`shni 27 yurt va mamlakatlarni zabt etish masalalari yoritilgan.
Ikkinchi qismda sohibqiron nomidan aytilgan o`ziga xos vasiyat, pand-nasihat, turli sohalardagi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiyotga oid fikr-mulohazalar keltirilgan.
- Amir Temur mamlakatda gadolar bo`lmasligi kerak, degan qoidaga amal qilgan va uning yo`lini ham belgilab bergan.
- Gadolarning barchasi to`plangan va ularga bir yillik kerakli yemish, kiyim-kechak berilgan.
- Ularni biror foydali ish bilan shug`ullanishga jalb etilgan.
- Ko`pchilik gadoylikni tark etib, biror faoliyat bilan kun ko`rgan.
- Gadoychilikni tark etmaganlar qul qilib sotilgan yoki mamlakatdan chiqarib yuborilgan.
- A.Temur vafotidan keyin Shohruh va Ulug`bek podsholigi davrida iqtisodiyot yaxshi rivojlandi.
- Qo`shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq munosabatlari o`sdi.
- Movarounnahrda (arabcha "daryo ortidagi" mamlakat) 1428 yilda Ulug`bek tomonidan pul islohoti o`tkazildi.
- Pulning qadr-qimmatini oshirish uchun harakat qilindi.
- O`sha davrda muomaladagi fulusiy chaqa pullar yengil vaznda bo`lib, savdo rivojiga to`siqlik qilgan.
Ulug`bek
(1409-1449)
Ulug`bek
(1409-1449)
- Eski chaqalarni yangisiga almashtirildi.
- Ichki savdoning mayda mis pullarga bo`lgan talabini qondirish uchun u bir vaqtning o`zida Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya va Andijon shaharlarida zarbxonalar tashkil etildi
- Bir xil vazndagi salmoqli fuluslarni zarb ettirib, muomalaga kiritdi.
- Faqat Buxoro zarbxonasi (poytaxt Samarqandda emas) saqlab qolindi.
- Xalq orasida «fulusi adliya» (adolatli chaqa) nomi bilan shuhrat qozongan yangi mis fuluslar mamlakatning barcha shahar va qishloqlarida keng muomalaga kiritildi.
Ulug`bek
(1409-1449)
Ulug`bek hukmronligi davrida iqtisodiy rivojlanish soliq tizimi bilan chambarchas bog`liq.
G`alla g`aram qilinmasdan avval soliq to`plash qat'iyan man etilgan, chunki dehqon hosil yig`ib olgachgina real soliq to`lash imkoniga ega bo`ladi.
Soliq aniq uch muddatda, dehqon hosili pishishiga qarab bo`lingan:
1) saraton (iyun-iyul);
2) sumbula mezon(avgust va sentabr);
3) qavs(noyabr).
- Alisher Navoiy (1441-1501) shoir va davlatning yetakchi vaziri sifatida nom qozongan.
- Navoiy o`z davrining progressiv kishisi;
- U o`z davrining siyosiy va iqtisodiy ahvolini yaxshilash, mamlakatning iqtisodiy qudratini barkamollashtirish uchun kishilarda gumanistik vatan-parvarlik xislatlarini uyg`otgan.
- Mamlakatning iqtisodiy, siyosiy qudrati mustahkamlanish, aholining ijtimoiy, moddiy ahvoli yaxshilanish, feodal urushlarga barham berilish, mamlakatda tinchlik o`rnatilishiga ishongan.
A.Navoiy
- Navoiy Husayn Boyqaroni shohlar shohi deb maqtaydi.
- Lekin Navoiy, maqtash bilan birga muhim ijtimoiy-iqtisodiy fikrlarni ham ilgari suradi.
- Hukmdorni maqtash Navoiy tomonidan qo`llanilgan taktik bir usul edi.
- Uning asosiy strategik maqsadi esa mamlakatning iqtisodiy-siyosiy ahvolini yaxshilashga, yagona markazga, markazlashgan, qudratli davlat barpo qilishga qaratilgan.
- Husayn Boyqaro hukmronlik qilgan davrda mamlakatda savdo-sotiq, hunarmandchilik va dehqonchilik yaxshi rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |