Qatlamlar bilan ishlash
Qatlam deganimizda obyektlar joylashtiriladigan plyonkasimon tekislikni tushunamiz. Bu tekislikni barcha obyektlari bilan siljitish, o'chirish, ekranda ko'rsatish va bosmadan chiqarishga bog'liq bo'ladi. CorelDraw dasturida hujjat yaratilganda to'rtta qatlam bo'ladi: birinchi qatlam — tasvir tushadigan (Layer 1), ikkinchisi — (Master Grid) tori (setka) uchun, uchinchisi — (Master Guides) yo'nalish uchun va to'rtinchi — «ish stoli» (Master Desktops) uchun mo'ljallangan bo'ladi.
Yangi qatlamlarni qo'shish obyektlar bilan ishlashda qiyinchilik tug'dirmaydi.
Har bir sahifadagi qatlamlar soni bir xil parametrlarda va bir xil nomda bo'ladi. Agarda qandaydir qatlam bitta sahifada ko'rinmas holga kelib qolsa, boshqa sahifalardagi qatlamlar ham ko'rinmas holda bo'ladi. Shu bilan birga barcha sahifada qatlarmarning joylashish tartibi ham birdan o'zgaradi.
Layers - sloy paneli, faylda mavjud barcha katlamlar xakida ma`lumot beradi, ularni uchirish, nusxa olish va xususiyatlarini uzgartirish imkonini yaratadi.
Har safar yangi faylni yaratish jarayonida muloqot oynasi ochilib foydalanuvchidan quyidagi parametrlarni kiritish talab kilinadi:
Layers palitrasi
Yangi tasvir yaratganda tasvir foni tiniq rangda bo'lmaydi. Layers (Sloi) palitrasi qatlamlarni qo'shish, o'chirish, ko'rinadigan/ ko'rinmas holga olib kelish, nusxalash, guruhlash, bog'lash va forming yuqori qismida joylashgan qatlamlarni joylashish tartibini o'zgartirishi kerak. Har bir qatlamga o'zining aralashtirish rejimi va tiniqlilik rejimlari mos kelib va har bir qatlamni boshqa qatlamlarga to'liqsiz turda muharrirlash imko-niyatiga ega bo'lamiz. Shu bilan birga qatlamlarni maskaga (mask) bog'lasa ham bo'ladi. Standart turdagi qatlamlardan tashqari, Photoshop dasturida ikki xil turdagi qatlamlarni ham yaratsa bo'ladi: korrektirovkalanadigan qatlam (adjustment layer), bu vaqtincha ranglardan foydalanishda yoki qatlamdagi rangni korrektirov-kalaganda ishlatiladi; va muharrirlanadigan matn qatlami (editable type layer), bu Type (Tekst) yoki Vertical Type (Vertikalnыy tekst) instrumentlarini ishga tushirganda avtomatik ravishda paydo bo'ladi. Agarda qatlamga qandaydir effekt ishlatilsa (masalan, Inner Glow(Vnutrennee svechenie), Drop Shadow (Otbrosit ten)), qatlam nomi enida effekt piktogrammasi va uchib chiquvchi menyudan chaqirish tugmasi chiqadi.
Faqat joriy qatlamnigina muharrirlasa bo'ladi (tanlangan yoki joriy). Qatlamni tanlash uchun Layers palitrasidan qatlam nomiga sichqoncha yordamida chertish kerak.
Y angi qatlamdagi eng pastki qatlam foni tiniq bo'lmagan holatidan tiniq holatiga o'tkazish uchun Contents (Soderjanie) guruhidagi muloqot oynasidan, Transparent (Prozrachnыy) ga bayroqcha qo'yish kerak. Bu menyuning File > New (Fayl > Novыy) buyrug'i yordamida chaqiriladi.
B/B/B jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |