2. Chang tozalash kameralari
Chang tozalash kameralari o'z tuzilishi va ishlash usuli bilan eng sodda chang tozalash qurilmalari qatoriga kiradi.
Changlangan havo tozalash kamerasiga 1 truba orqali 2 kameraga yuboriladi (15-rasm). Kameraga yuborilayotgan havo ma'lum miqdordagi tezlikka ega bo'lganligiisababli (18—22 m/s), havoning qarshiliksiz chiqib ketishini kamaytirish maqsadida 4 devor to'siq o'rnatilgan. Changdan tozalangan havo chiqib ketishi uchun 3 chiqarib yuborish trubasi o'rnatilgan.
Kamera ichiga changlangan havo bilan birgalikda kirgan chang zarrachasining soddalashtirilgan holatini ko'rib chiqamiz. Bu holda chang zarrachasiga ta'sir qilib uni harakatlantiradigan kuchlardan biri, havo harakati ;natrjasida olingan inersiya kuchi bo'lib, bu zarrani gorizontal holatda harakatlantirishga intiluvchi V2. Bundan tashqari chang zarrachasiga o'z og'irlik kuchi ta'siri, uni pastga qarab harakatlanishga majbur qiladi.
Bu kuchlarning umumiy ta'sir qiluvchi kuchi ularning vektorlari yig'indisidan hosil bo'Igan parallelogram diogonali yo'nalishida bo'ladi.
Bu holda zarraning harakatlanish yo'lini aniqlash mumkin.
Gorizontal yo'nalishda:
l=Vбτ
vertikal yo'nalishda esa,
h=Vбτ
bunda, l— kamera uzunligi, h — kamera balandligi, τ — chang zarrasining kamerada bo'lish yaqti, s.
Bundan kelib chiqib,
l h
V Vb
yoki:
V
l h ,[m]
Vb
Ifodadan ko'rinib turibdiki, kameraning uzunligi, boshqa hamma sharoitlar ta'minlangan taqdirda kameraning balandligiga bo'ladi. Kamera balandligi qancha kam bo'lsa, uning bo'yi shuncha qisqa bo'ladi. Bundan tashqari, kamerada changning ushlanib qolishi havo harakati tezligining kam bo'lishi va chang zarralarining og'irroq bo'lishini taqozo qiladi.
Bundan tashqari chang kamerasiga yuborilayotgan havo harakati laminar harakat bo'lganda uning samaradorligi yuqoriroq bo'ladi. Turbulent harakatdagi havo tarkibidagi changlar tartibsiz havo yo'nalishlarining o'zgarishi natijasida, changlarning qo'nishiga yo'l qo'ymaydi va hattoki, qo'ngan changlarning ko'tarilib havo bilan chiqib ketishiga sababchi bo'ladi.
15-rasm. Havoni changdan tozalash kamerasininig tuzilish chizmasi.
Laminar harakatni ta’minlash uchun chang kameralarining uzunligini oshirishga to'g'ri keladi.
Katta hajmdagi chang kameralaririqurishr imkoniyati cheklangan. Shuning uchun ham bunday chang tozalash kameralarining sanoat korxonalarida qurish istiqboli yo'q. Buning yana bu: sababi uning samaradorligi 20-30% atrofida bo'lib, bu juda past samaradorlik hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |