Quyidagi misollarni ko'raylik.
Xato ifoda
» sqr(2)
kiritilib ENTER klavishasi bosilsa tizim xatolik to'g'risida axborot beradi:
??? Undefined function or variable 'sqr'.
Bu xabar sqr funktsiya yoki o'zgaruvchi ekanligi aniqlanmaganligini bildiradi.
Bu holda to'g'ri ifodani terish yo'li bilan xatolikni to'g'rilash mumkin. Lekin ifoda
katta bo'lsa tahrirlagichdan foydalanish maqsadga muvofiq. Oldin kiritilgan satrlarni
varaqlash uchun yuqoriga yo'nalgan klavisha bosiladi. Kiritish satrida so'nggida
kursor bo'lgan » sqr(2) ifoda hosil bo'ladi. MATLAB 6 versiyasida endi Tab
klavishasi bosilsa tizim kiritilgan simvollarni tahlil qilib to'g'ri
deb hisoblagan
variantlarini beradi. Agar variantlar ko'p bo'lsa Tab klavishasini yana bosish kerak.
Tizim tomonidan taklif etilgan operatorlardan biri sqrt ni tanlaymiz va xatolikni
tuzatib ENTER klavishasini bosamiz. Ifoda quyidagi ko'rinishni oladi:
»
sqrt(2)
ans=
1.4142
Hisoblashlar kutilgan natija – ikkidan kvadrat ildizni beradi.
MATLAB tizimida tashqi tavsiflar (aniqlashlar)
xuddi biriktirilgan
funktsiyalar va operatorlar singari qo'llaniladi. Ularni qo'llash bo'yicha hech qanday
qo'shimcha ko'rsatmalar zarur emas. Faqatgina ishlatilayotgan aniqlanishlar .m
kengaytmali fayl ko'rinishida mavjud bo'lishi kerak. Agar mavjud bo'lmagan
aniqlanishga murojaat qilinsa tizim ovoz signalini beradi va xatolik haqidagi
quyidagi axborotni chiqaradi:
»
hsin(1)
???
Undefined
function
or
variable
'hsin'.
»
sinh(1)
ans= 1.1752
Bu misolda giperbolik sinusni hisoblaydigan funktsiyaning nomi noto'g'ri
yozilganligi uchun tizim hsin nomli funktsiya yoki o'zgaruvchi
ichki
funktsiyalarning ichida ham, m-funktsiyalarning ichida
ham aniqlanmaganligini
ko'rsatadi. Lekin nomi sinh bo'lgan funktsiya MATLAB tizimida mavjud, u m-
funktsiya ko'rinishida berilgan.
Ayrim hollarda natijalarni chiqarish vaqtida NaN ( Not a Number — son
emas) ko'rinishidagi qisqartirishlar paydo bo'lishi mumkin.
NaN noaniqlikni
bildiradi, masalan, 0/0 yoki Inf/Inf, bu yerda Inf qiymati mashina cheksizligiga teng
bo'lgan tizim o'zgaruvchisi. Xatoliklar to'g'risida har xil ogohlantirishlar (ingliz
tilida) paydo bo'lishi mumkin. Masalan, chekli son nolga bo'linganda «Warning:
Devide by Zero.» («
Diqqat: nolga bo'lish
») degan ogohlantirish chiqadi. MATLAB
tizimida sonlarning diapazoni 10
-308
dan 10
+308
gacha bo'lishi mumkin.
MATLAB tizimida xatolar to'g'risida ogohlantirish va axborotni bir-biridan
farqlash kerak.
Ogohlantirishlar
(odatda Warning so'zidan keyin)
hisoblashlarni
to'xtatmaydi, faqat aniqlangan xatolik hisoblash jarayoniga ta'sir qilishi
mumkinligini ko'rsatadi. Xatolik to'g'risida axborot (??? belgisidan keyin)
hisoblashlarni to'xtatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: