3. Mashg’ulotning tarkibiy qismi(mazmuni)


Sanitariya-gigienik sabablar



Download 480,69 Kb.
bet23/32
Sana29.12.2021
Hajmi480,69 Kb.
#78152
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Bog'liq
Адаптив мустақил

Sanitariya-gigienik sabablar: ishlab chiqarishda sanitariya-gigienik rejimning buzilish xollari - ish joyida yoritilishning etishmovchiligi yoki ko’pligi, ish joyida xaroratning haddan tashqari balandligi yoki pastligi, ventilyatsiyaning yetishmovchiligi, ishlab chiqarishdagi chang, ishlab chiqarish xududining iflosligi, chiqindilarning to’planib kolganligi.

Shaxsiy sabablar: ishchilarning kasalliklarini o’z vaqtida aniqlamaslik malakasining etishmasligi, ayrim psixologik va fiziologik xolatlar, xususan, charchash va alkogolli ichimliklarni suiste’mol qilish.

Shikastlanishning qayd etilgan sabablari ro’yxati ko’p jihatdan ishlab chiqarish spesifikligiga bog’liq.

Travmatizmning profilaktikasi asosida baxtsiz hodisa ro’y bergan joyda har bir baxtsiz hodisani tekshirish yo’li bilan shikastlarning paydo bo’lish sabablari, vaziyati va sharoitlarini o’rganish yotadi. Ishlab chiqarishda xar bir shikastlangan shaxsga o’z vaktida o’sha joyning o’zida birlamchi tibbiy yordam tashqil qilinadi va zarurat bo’lsa, uni ixtisoslashtiriltan davolash - profilaktika muassasasiga yuboriladi.

Ishlab chiqarishda yuz bergan shikastning og’ir-yyengilligi to’g’risidagi xulosani shikastlangan shaxs davo olayotgan davolash muassasasi vrachlari beradilar. Bunga baxtsiz xodisa ro’y bergan korxona, muassasa yoki jamoa xo’jaligi davolash muassasasiga talabnoma yozadi. Shikastlarning og’ir-yyengilligini a’zolar va sistemalarning anatomik shi-kastlanishi tabiati, shikastlangan shaxsning xayoti va sog’lig’i uchun xavfliligi, yo’qotilgan funksiyalarning real tiklanish imkoniyatlari bo’yicha aniqlanadi.

Xar bir korxonada uchta asosiy ko’rsatkich bo’yicha travmatizm xaqida fikr yuritish mumkin: travmaning takrorlanish koeffitsienti, odatda 100 yoki 1000 ta ishlovchiga xisob qilinadigan ish qobiliyati yo’qotilgan, kunlar soniga xisoblanadi. Bu ko’rsatkichlarni aniqlash uchun quyidagi ma’lumotlarga ega bo’lish kerak ya’ni shu korxonada xisobot oyining birinchi sanasidagi tashqilotida ishlovchilarning sonini bilish kerak

Travma takrorlanish koeffitsientini – intensiv ko’rsatkich formula bo’yicha xisoblanadi. 



Ishlab chiqarishdagi travmatizmni taxlil qilganda vaqtinchalik ishga yaroqsizlik bitta ko’rsatkichi bilan qanoatlanmaslik kerak chunki ularnin gxar biri bir xodisani turli jixatlarini baholaydi va ular bir-birini to’ldiradi. Shikastlanishlarning uchrash koeffitsienti korxona ma’muriyatining texnika xavfsizligi bo’limi, jamoat tashqi-lotlari va tibbiyot xodimlari bilan xamkorlikda baxtsiz xodisalarning oldini olish bo’yicha olib borayotgan ishlarining sifatini ko’rsatadi. 100 ishlovchiga ishga yaroqsiz kunlar soni - asosan iqtisodiy ko’rsatkich, shikastlanish oqibatida ish kuchining yo’qotilishini ta’riflovchi va sotsial sug’urta bo’yicha to’lanadigan pul miqdoridir. U ishlab chiqarishda baxtsiz xodisalarning oldini olish bo’yicha ishni tashqil qilinganiga va shikastlanganga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va uni davolashga bog’liq, bitta korxonadagi shikastlarning og’ir-yyengillik koeffitsienti va, ayniqsa, bir xil shikastlanishlarda davolash muassasalarining birlamchi yordam berishi va shikastlanganlarni davolashni sifat ko’rsatkichi tarzida qabul qilish mumkin.

Travmatizm bo’yicha profilaktik ishga baho berishda qaysi ishlab chiqarishda bo’lmasin, to’g’ri xulosa chiqarish uchun uchta kompleks ko’r­satkichlarni kompleks taxlil qilish kerak.

Bolalar travmatizmi va uni profilaktika qilish yo’llari. Bolalar travmatizmi – bolalarda bir xil yoshdagi guruhda, ma’lum sharoitda bir xil uchraydigan shikastlanish yig’indisi (turmush sharoiti, maktabgacha va maktab muassasasi, ishlab chiqarish ustaxonalari, uyushmagan xordiq chiqarish va boshqalar) xisoblanadi.

Travmaning og’ir-yengilligini, shikastlanishlarning u yoki bu mexanizmini, travma yuz bergan vaziyatni, travma olingan vaqtini aniq, tasavvur qilish, tibbiy yordam berish shakllarini takomillashtirish va, ayniksa, bolalar travmatizmiga qarshi profilaktik choralar ishlab chiqishga yordam beradi.

Sabab-oqibat omillarini tekshirish asosida bolalar travmatizmini o’rganishda uning bir necha turi farq qilinadi, ularning salmog’i bir xil bo’lmaydi: turmushda uchraydigan travmatizm – taxminan 60% ni tashqil qiladi, ko’chada uchraydigan travmatizm (transport vositalariga bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan) - 15% ga yaqin, sportga bog’liq bo’lgan - 9%, maktabda uchraydigan - 8% ga yaqin, bundan tash-qari, uning tug’ruq travmatizmi, qishloq xo’jalik va boshqa turlari mavjud.

Travmatizm turidan va shikastlanish tabiatidan qat’iy nazar, shikastlanishlar o’g’il bolalarda ko’proq uchraydi (umumiy soniga nisbatan 23), chunki o’g’il bolalar turmushda, maktabda va ko’chada ko’p sho’xlik qiladilar, xarakatchan bo’ladilar, tartibga chaqirish qiyin bo’ladi.

Oila sharoitida, uyda, hovlida yuz bergan hamma shikastlanishlar turmushda uchraydigan travmatizmga taalluqli. Bu sharoitlarda bolalarga ota-onasi va katta yoshdagi qarindoshlar qaraydi. Bog’chada, maktabda va u erdan kelayotgan paytlarda yuz bergan travmalar - maktab travma­tizmiga kiradi.

Uyushtirilgan sport mashg’ulotlarida, musobaqalarda va uyushtirilmagan dam olish vaqtida etgan shikastlanishlar sport travmatizmi xisoblanadi.

Bolalar travmatizmining hamma turidan transport travmatizmi eng ko’p, og’ir shikastlanishlarga sabab bo’ladi, ayrim xollarda esa o’lim bilan tugaydi. Ko’pincha travmatizmning bu turi maktab yoshidagi bolalarda uchraydi. Bunday shikastlanishlarning sababi oddiy kucha qoidalarini buzishdir. Bu travmatizm statistik xisobotlarda «Ko’cha notransport travmatizmi» nomi bilan yuritiladi.

Maktablarda ishlab chiqarish o’quvi va o’quv-ishlab chiqarish faoliyati tufayli travmalar sezilarli darajada ko’paydi. Bu travmatizmga ko’pincha jixozlar, asbob-uskunalarning nosozligi va ularni ishlatishni yetarli darajada bilmaslik sabab bo’ladi.

Og’irlik darajasi bo’yicha yengil shikastlanishlar ko’p (50-55% ga yaqin) uchraydi. O’rtacha og’irlikdagi shikastlanishlar 30-32% ni tashqil qiladi, og’ir shikastlanishlar esa 3-4% ni tashqil qiladi, ularning bir qismi o’lim bilan tugaydi.

Shikastlanishlar tabiati bo’yicha bolalar travmatizmi strukturasi quyidagicha taqdim qilinishi mumkin: bosh miya travmasi – 35%; yopiq sinishlar – 29%; ochiq sinishlar – 4,6%, lat eyish, boylam apparatining qisman yirtilishlari – 9,8%; kuyishlar, sovuq oldirishlar – 8,9%; jaroxatlar – 9,2%; boshqa turlari (elektrdan shikastlanish, suvga cho’kish, xayvonlar tishlashi) – 3,5%.

Bolalar travmatizmining bu ko’rsatkichlari yosh guruxiga qarab jiddiy farq qiladi. YuNESKO ma’lumotlariga qaraganda 5-14 yoshdagi bolalarda baxtsiz xodisalardan eng yuqori - 50% da o’lim sodir bo’ladi, 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda esa o’lim 4% ni tashqil qiladi va 65 yoshdan yuqori yoshdagi guruxlar o’limi bilan taqqoslasa bo’ladi.

Bolalar travmatizmiga qarshi kurashish tadbirlarini to’g’ri tashqil qilish va o’tkazish uchun quyidagi guruxlarda bolalar travmatizmining xususiyatlarini inobatga olish shart: ko’krak yoshidagi (1 yoshgacha), kichik bog’cha yoshidagi (1 yoshdan 3 yoshgacha), maktabgacha bo’lgan yosh (3 yoshdan 7 yoshgacha) va maktab yoshidagi (7 yoshdan 16 yoshgacha) bo’lgan bo­lalar ota-onalari yoki parvarish qiladigan kattalar qaramog’ida bo’­ladi, shuning uchun bunday bolalarda sodir bo’ladigan baxtsiz xodisalarga katta yoshdagi odamlar sababchi bo’ladi.

Kattalar orasida olib boriladigan profilaktik ishlar bolani parvarish qilishda uning shikastlanishiga to’liq yo’l qo’ymaydigan darajada tashqil etilishi kerak

Kichik bog’cha yoshidagi bolalarning xarakatchanligi ko’payishi munosabati bilan ular uy va bog’cha sharoitida nazorat va tarbiyaga ko’proq muxtoj bo’ladilar. Bu yoshda ko’pincha tirsak bo’g’imida qisman boylamlar shikastlanishi va yelka suyagi boshchasi bilan bilak suyak boshchasi orasidagi bo’g’im xaltachasi cho’zilib yoki qisilib qolishi uchraydi. Asosan bu shikastlanishlarga bolalarning qo’lini turli vaziyatlarda vertikal yo’nalishda tez, kuch bilan tortish va bolaning qo’lini qo’lmak loydan qattiq tortish sabab bo’ladi. Kattalar bunday shikastlanishdan xabardor bo’lib, bolani etaklab olib yurganda bola­larning qo’llaridan tez va qattiq tortmasliklari kerak Shunga o’xshagan shikastlanishlar yasli va bog’chada ham bo’lishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, bu yoshdagi bolalarda shikastlanishning oldini olish uchun, xodimlar bilan doimo tushuntirish ishlarini olib borish kerak Har bir shikastlanish hodisasi bolalar muassasasida muxokama qilinishi shart.

Ko’pchilik maktab yoshigacha bo’lgan bolalar kunning birinchi yarmida bog’chada tarbiyachi va kunning ikkinchi yarmida ota-onasi kuzatuvida bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarda qiziquvchanlikning chegarasi bo’lmaydi: Ular bir joyda o’tirishmaydi, doimo harakatda bo’lishadi, ammo ular ma’lum darajada tashqi muhit bilan alokada bo’lish tajribasiga ega. Har xolda kattalarning beparvoligi oqibatida kuyishlar soni xozir ham yuqori darajalarda (26,2% gacha) saqlanib qolayapti. Faqat termik kuyish sabablari o’zgargan: bolaning suyuq issiq ovqat ichish vaq-tidagi sho’xligi, taom tayyorlanayotgan, kir yuvilayotgan xonalarda o’ynashi, extiyotsizlik bilan qoldirilgan gugurtni olib ishlatishi va xokazo.

Bahor, yoz faslida to’r bilan to’silmagan oynalar va balkonlardan yiqilib tushish xodisalari ko’payadi. Bu shikast o’zining og’irligi bilan farq qiladi va ko’pincha o’limga olib keladi. Xovlilarda, ko’chada, zinapoyalardan yiqilishda va avtotravma oqibatida ko’krak qafasi va qorin bo’shligi a’zolarining shilinishi, lat eyishi, sinishi va bot miya shikastlari soni ko’payadi.


Download 480,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish