3. Mashg’ulotning tarkibiy qismi(mazmuni)



Download 480,69 Kb.
bet10/32
Sana29.12.2021
Hajmi480,69 Kb.
#78152
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
Адаптив мустақил

17-rasm. Sonning to’rt boshli mushak falajida bemorning qadam bosishi. 

Travma va ortopedik kasalliklari bo’lgan bolalarni tekshirishning ayrim xususiyatlari. Bolalarda shikastlanish va ortope­dik kasalliklarni tashxislash, ayniqsa, kichik yoshdagi bolalarda ancha qiyinchiliklarga sabab bo’ladi. Shifokor son suyagi diafizining «yashil novda» tipi bo’yicha sinishida, ko’-pincha, xatoga yo’l qo’yishi mumkin, chunki bu sinishda oyoq uzunligi kaltalanmasligi va shakli o’zgarmasligi mumkin. Xatto tajribali shifokor xam ortopedik kasallik nevrologik patologiya zamirida kechganda tashxis kuyishga qiynalishi mumkin. Shuning uchun shifokor patologiyani aniqlay olmasa, lekin bolaning shikoyatlari qolsa, unda tekshirishni batafsil va chukurrok o’tkazish talab qilinadi.

Anamnez yig’ish qiyin vazifalardan biri xisoblanadi. Shifokor bola boshidan kechirgan travma mexanizmini tushunishi kerak Orto­pedik kasallik borligiga gumon bo’lsa, unda xomiladorlik tug’ruqning kechish xususiyatlarining ahamiyati bor. Bolada patologik o’zgarish tug’ilganda bo’lganmi yoki keyin rivojlanganmi – buni aniqlash kerak shuningdek bolaning umumiy rivojlanish xususiyatlarini bilish xam kerak: u qachon boshini tuta oldi, o’tirdi, tik turdi va yura boshladi. Ortopedik deformatsiyalarda patologiyaningirsiyligini aniqlash kerak Agar bola bilan gaplashishning imkoni bo’lsa, uning bergan ma’lumotlari ota-onasining aytgan ma’lumotlaridan ko’proq ahamiyatga ega bo’ladi.

Bolani umumiy ko’zdan kechirish. Ortopedik kasallikka gumon bo’lsa, unda tana tuzilishining mutanosibligi, xolati va qadam tashlashi aniqlanadi. Bolaning bo’yi o’lchanadi va yosh jadvali bo’yicha uning normaga muvofiqligi aniqlanadi. Buy o’sishining orqada kolishi skelet sistemasi kasalliklariga xos. Ko’krak emadigan chaqaloqni ko’zdan kechirganda oyoq-qo’llari kalta tuyuladi, ammo bu, agar bola katta vaznda (4 kg ga yaqin) tug’ilgan bo’lsa, patolo­giya emas. Gavda tuzilishining bu disproporsiyasi 2-3 yoshlarda o’zicha yo’qoladi. Umumiy ko’zdan kechirganda tana va qo’l-oyoqlardagi asim-metriyani aniqlash mumkin. Ortopedik kasalliklarda terida kon tomirlar o’zgarishi yoki pigmentli doglar, teriga kon kuyilishi, gipertrixoz, giperkeratoz, chandiqlar, teri osti venalari tasvirining kuchayishi va boshqalar kuzatilishi mumkin. Bel umurtkalari ravo-g’ining bitmasligi belgilaridan biri – bel soxasidagi tuklarning ko’pligi – Mixaelis rombi kuzatilishi mumkin.

Ko’zdan kechirganda teri burmalarining simmetrikligiga ahamiyat berish kerak Ma’lumki, chanoq-son bo’g’imining displaziyasida va sonning tug’ma chiqishida dumbalar burmasida simmetriya yo’qoladi. Bundan tashqari, odatda bo’lmaydigan teri burmalari paydo bo’lishi tug’ma patologiyadan darak beradi. Masalan, Shereshevskiy-Terner sindromida bo’yinda g’ayri-tabiiy burmalar («qanotsimon bo’yin») ko’rinib turadi.

1 yoshdan katta bo’lgan bolani ko’zdan kechirilganda uning qadam tashlashini kuzatish mumkin. Bolalarda «o’rdaksimon» qadam tashlash son suyagining bo’yin-diafiz burchagi kamayganda, sonning chiqishida, raxitda va boshqa kasalliklarda kuzatiladi.

Sonning ikki tomonlama tug’ma chiqishida bola qadam tashlab yurganda bel lordozi kuchayadi, qorin oldinga bo’rtib chikadi. Qadam qo’yishdagi vaktning va tayanch kuchining qisqarishi natijasida u avaylab oksab yuradi. Bunday yurish kelib chiqishidan kat’iy nazar artritlarda, tashxislanmagan sinishlarda va Pertes kasalligining boshlangich davrida bo’ladi. Oksash oyoqlarning uzun kaltaligidan ham kelib chikadi. Bu xolat uzun oyoqni chanok-son va tizza bo’rimlarida bukish yoki kalta oyoqni «uzaytirish» yoki oyoq panjasini pastga egish bilan kompensatsiya qilinadi, bu ottuyogiga o’xshatiladi. Buxolat ko’-pincha oyoq bo’g’imlari kontrakturasi va ankmlozida uchrab turadi. Yurishning yomon tomonga tez o’zgarishi markaziy va periferik asab sistemasining organik zararlanishlarida bo’ladi- Spastik paralitik va ataktik odimlash eng tipik xisoblanadi.

Shifokor bemorni umumiy ko’zdan kechirgach, uning tana qismlarini batafsil ko’rishni boshlaydi:


Download 480,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish