O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rtamaxsus ta’lim Vazirligi
Farg’ona Politexnika Instituti
“Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari” yo’nalishi “MST va A” kafedrasi“
«MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI (maxsus kurs)»fanidan
MUSTAQIL ISH
Bajardi:. M 5-21 MST va J guruh magistranti
AbdurahmonovA.
Qabul qildi: PHD Yusupov.S
Farg’ona_2022
ICHKI SILINDRIK YUZALARGA ISHLOV BERISH
Reja:
1. Ichki silindrik yuzalarga parmalash, razvyortkalash, zenkerlash bilan ishlov berish usullari, kesuvchi asboblari va dastgohlari.
2. Ichki silindrik yuzalarga yо‘nib kengaytirish va sidirish bilan ishlov berish usullari, kesuvchi asboblari va dastgohlari.
3. Ichki silindrik yuzalarga jilvirlash va xoninglash bilan ishlov berish usullari, kesuvchi asboblari va dastgohlari.
1. Ichki silindrik yuzalarga parmalash, razvyortkalash, zenkerlash bilan ishlov berish usullari, kesuvchi asboblari va dastgohlari
Yaxlit materialda ochiq va yopiq silindrik teshiklar hosil qilish uchun parma deb ataladigan kesuvchi asbobdan foydalaniladi. Parma yordamida teshik hosil qilish texnologik jarayonni parmalash deb ataladi. Mavjud teshikning diametrini parma yordamida kattalashtirish jarayonni parmalab kengaytirish deyiladi. Parmadan tashqari teshikni diametrini kattalashtirish va yuza aniqligini oshirish maqsadida zenker va razvyortkalar qо‘llaniladi.
Zagotovka parmalash dastgohining stoliga qо‘zg‘almas qilib о‘rnatilgan bо‘lsa, kesish jarayoni amalga oshirish uchun parma о‘z о‘qi atrofida aylanma harakatga keltiriladi va о‘qi yо‘nalishida suriladi. Tokarlik, revolpver va tokarlik avtomatlarida zagotovkalarga teshiklar ochishda zagotovka aylanma harakatga keltiriladi, parma esa о‘z о‘qi atrofida ilgarilanma harakatlantiriladi.
Parma teshik ochish ishlarida asosiy kesuvchi asbobdir. Parmalar о‘z konstruksiyasi jihatidan spiralp parmalarga, pat parmalarga, zagotovka toretslariga markaz teshiklari ochish uchun xizmat qiladigan markaz parmalariga, chuqur teshiklar ochish uchun ishlatiladigan parmalarga, qattiq qotishma plastinkalari bilan ta’minlangan peremichkasiz va boshqa parmalarga bо‘linadi.
1-rasm. Materialda silindrik teshik hosil qilish.
1-parmalash; 2-zenkerlash; 3-qora razvyortkalash; 4-toza razvyortkalash.
Spiral parma quyidagi qismlardan iborat:
1) Ish qismi. Parmaning bu qismi kesuvchi qism, silindrik qism va vintsimon ikkita ariqchadan iborat.
2) Kesuvchi qismi. Parmaning bu qismi bir-biriga ma’lum burchak hosil qilib joylashgan ikkita asosiy kesuvchi qirra bilan kо‘ndalang qirradan iborat.
3)Silindrik qismi. Parmaning bu qismi kesish vaqtida parmani yо‘naltiradi va teshikni zarur о‘lchamga keltiradi.
4) Quyruq qismi. Parmaning bu qismi parmani dastgoh shpindeliga yoki patronga о‘rnatish va mahkamlash uchun xizmat qiladi
5) Parmaning bо‘yni. Bu qismi parmaning quyrug‘ini ish qismi bilan birlashtiradi.
6) Panja(panja konussimon quyruqli parmalarda bо‘ladi). Parmaning bu qismi shpindelp teshigidan parmani urib chiqarish uchun xizmat qiladi.
7) Povodok. Parmaning bu qismi silindrik quyruqli parmani pat-ronda buralib ketishiga yо‘l qо‘ymaydi.
Zenkerlash zagotovkada oldin parmalangan yoki quyish vaqtida, shtamplashda yoki boshqa usullar bilan hosil qilingan teshikning diametrini zenker yordamida kengaytirish jarayonidan iborat. Zenkerlash yо‘li bilan tо‘g‘ri geometrik shakli va yuzasi toza teshiklar hosil qilinadi.
Zenkerlarningturlari
Razvyortkalash – teshikni aniq uzil-kesil о‘lchamlarga keltirish uchun razvyortka yordamida teshik yuzasidan yupqa qirindi kesib olish jarayonidir. Xomaki razvyortkalash uchun diametrga 0,05-0,25 mm qо‘yim qoldiriladi. Razvyortkalar, kо‘pincha, uglerodli asbobsozlik pо‘latidan, legirlangan asbobsozlik pо‘latidan va tezkesar pо‘latdan, shuningdek, T15K6 va VK8 markali qattiq qotishmalardan tayyorlanadi.
Razvyortkaning elementlari va qismlari.
Xoninglash usulidan ochiq va berk silindrik va konussimon bо‘lgan qayroq toshlar yordamida pardozlash uchun foydalaniladi. Amalda xoninglashdan aylanish jismlarining sirtqi silindrik va konussimon yuzalariga, masalan, tirsakli vallarning bо‘yinlariga, shuningdek, tekis va shakl-dor yuzalariga pardoz berishda foydalaniladi. Xoninglashda xon deb ataladigan maxsus asbobdan foydalaniladi, bunda xon tanasiga abraziv (qayroq toshlar) brusoklar joylanadi. Ishlov beriladigan yuzalarga qarab, brusoklar xoning-lash kallakning sirtqi yoki ichki yuzalariga о‘rnatiladi va mahkamlanadi.
Xoninglash kallagi.
Do'stlaringiz bilan baham: |