i·i =|i|2 =1, j·j =|j|2 =1, i·j= j·i =0 .
Endi a =(x1, u1) va b=(x2, u2) vektorlarning yoyilmasi hamda skalyar ko‘paytmaning 3 va 4 - xossalaridan foydalanamiz:
a·b = (x1i+ u1 j)· (x2 i+ u2 j)= x1x2 i·i+ x1u2 i·j + u1x2 j·i + u1u2 j·j =
= x1x21+ x1u20+ u1x20+ u1u21= x1x2+ u1u2.
Demak
a·b = x1u2+ u1u2 (2)
ya’ni vektorlarning skalyar ko‘paytmasi ularning mos koordinatalari ko‘paytmalarining yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Masalan, a=(3,6) va b=(5,-2) vektorlarning skalyar ko‘paytmasi
a·b = x1u2+ u1u2=35+6(–2)=15–12=3.
Xuddi shunday tarzda fazodagi a=(x1, u1, z1) va b=(x2, u2, z2) vektorlarning skalyar ko‘paytmasi uchun
a·b = x1x2+u1u2+z1z2 (3)
formula o‘rinli bo‘lishini ko‘rsatish mumkin.
Skalyar ko‘paytmaning tatbiqlari. Endi skalyar ko‘paytmaning tatbiqlari sifatida quyidagi masalalarni ko‘ramiz.
1-masala. Fazoda koordinatalari bilan berilgan a=(x, u, z) vektorning modulini toping.
Yechish. Skalyar ko‘paytmaning 2- xossasiga va (3) formulaga asosan
|a|2 =a·a=xx+uu+zz = x2 +u2 +z2 |a| = . (4)
Masalan, a=(3,4,12) vektorning moduli
|a| = .
(4) formulada z=0 deb tekislikda koordinatalari bilan berilgan a=(x, u) vektorning moduli
|a| =
formula bilan hisoblanishini ko‘ramiz.
2-masala. Fazodagi koordinatalari bilan berilgan a=(x1, u1, z1) va b=(x2, u2, z2) vektorlar orasidagi burchakni toping.
Yechish. Skalyar ko‘paytma ta’rifi (1), (3) va (4) formulalarga asosan
. (5)
Masalan, a=(1,0,1) va b=(0,1,1) vektorlar orasidagi burchak uchun
natijani olamiz va undan =600 ekanligini topamiz.
(5) formulada z1=0, z2=0 deb tekislikda koordinatalari bilan berilgan a=(x1, u1) va b=(x2, u2) vektorlar orasidagi burchak
formula bilan topilishini ko‘ramiz.
3-masala. a=(x1, u1, z1) va b=(x2, u2, z2) vektorlarning ortogonallik shartini toping.
Yechish._a'>Yechish. ab bo‘lgani uchun ular orasidagi burchak =900 bo‘ladi va shu sababli sos=0. Unda (5) formuladan
x1x2+u1u2+z1z2 = 0 (6)
tenglikni hosil qilamiz. Bu ikki vektorning ortogonallik shartidir.
Masalan, a=(3,–2,1) va b=(5,7, –1) vektorlar ortogonaldir, chunki
x1x2+u1u2+z1z2 = 35+(–2)7+1(–1) = 15–14–1=0.
(6) formulada z1=0, z2=0 deb tekislikda koordinatalari bilan berilgan a=(x1, u1) va b=(x2, u2) vektorlarning ortogonallik shartini topamiz:
x1x2+u1u2= 0
4-masala. Fazodagi A(x1,u1, z1) va V(x2, ,u2, z2 ) nuqtalar orasidagi d masofani toping.
Yechish. Bu nuqtalarni kesma bilan tutashtirib, boshi A(x1,u1,z1) nuqtada va uchi V(x2, ,u2, z2 ) nuqtada bo‘lgan a vektorni hosil qilamiz. Ma’lumki, bu vektorning koordinatalari uning uchi bilan boshi koordinatalari ayirmasiga teng bo‘ladi, ya’ni a=(x2x1, u2u1, z2z1). Unda d=|a| va, (4) formulaga asosan,
(7)
tenglikka ega bo‘lamiz.
Masalan, A(5, –3,1) va B(8,1,13) nuqtalar orasidagi masofa
bo‘ladi.
(7) formulada z1=0, z2=0 deb tekislikda koordinatalari bilan berilgan A(x1, u1) va B(x2, u2) nuqtalar orasidagi d masofa uchun
formula o‘rinli bo‘lishini ko‘ramiz.
5-masala. 5-masala. Korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotlar tannarxi (zi) va hajmi (qi) bo‘yicha ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan:
Iqtisodiy ko‘rsatgich
|
I mahsulot
|
II mahsulot
|
III mahsulot
|
Mahsulot tannarxi (zi), so‘m
|
350
|
500
|
250
|
Mahsulot hajmi (qi), dona
|
500
|
700
|
1200
|
Mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlarini toping.
Yechish. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarx vektorini z=(z1,z2,z3), hajm vektorini q=(q1,q2,q3) deb belgilasak, unda ishlab chiqarish xarajatlari
z1q1+z2q2+z3q3= z·q ,
ya’ni z va q vektorlarning skalyar ko‘paytmasiga teng bo‘ladi. Bizning masalada
q=(500, 700, 1200), z=(350, 500, 250), z·q=z1q1+z2q2+z3q3=350·500+500·700+250·1200=825000.
Demak ko‘rsatilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun korxona 825 ming so‘m xarajat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |