3-ma’ruza. Taqsimlangan amaliy algoritmlar va axborot tizimi. Taqsimlangan tizimlarni modellashtirish. Triad tili.
Reja
Taqsimlangan tizimlar tadqiqi va modellashtirish.
Maqsadlar va taqsimlangan axborot tizimidan foydalangan holda yechiladigan asosiy masalalar.
Taqsimlangan modellarga o'tishning sabablari
Tayanch iboralar. Tizim strukturasi, yulduz, o’zgaruvchi, navbat, yozuv, ishlash algoritmi, graf uchi, aloqa, hodisa, interval, modellashtirish, qiymat, DV, operasiya generatori,oddiy sikl, to’plam, istisno,parameter, taqsimlangan tizim, mijoz-server, axborot tizimi, global tarmoq, server, HTTPS-so'rovlar, VUE.js, Cyberspace, GNU, monitoring, mintaqaviy taqsimlangan axborot tizimi (RDEIS), taqsimlangan tizim, markazlashgan tizimlar, yagona - protsessor tizimlar.
Taqsimlangan tizimlar tadqiqi va modellashtirish
Taqsimlangan tizimlar tadqiqi – bu juda qiyin masala. Avvalambor, taqsimlangan tizim tavsiflanishi kerak, ya’ni tizimning modeli qurilishi kerak. Shu maqsadda har xil tillardan foydalanish mumkin, masalan: Unified Modeling Language (UML), Very large scale Hardware Description Language (VHDL) va boshqalardan. Bu yerda biz Triad tilini qarab chiqamiz.
Taqsimlangan tizim taqsimlangan struktura bilan xarakterlanadi, ya’ni alohida diskret (bir-biridan uzoqlashtirilgan) elementlar yoki qism tizimlar to’plami bilan va bu elementlar orasidagi o’zaro bog’liqlik bilan xarakterlanadi. Elementlar taqsimotiga mos ravishda tizimning funksiyalari (ishlash algoritmlar) ham mos ravishda taqsimlangan. Taqsimlangan elementlar orasida fazoda taqsimlangan o’zaro axborot (signallar) almashinuvi mavjud.
Triad tilida mustaqil ravishda strukturalarning tavsifi (Str), algoritmlar tavsifi (Rout) va axborotlar tavsifi (Mes) mavjud deb faraz qilinadi. Bu tavsiflar qatlamlar deb yuritiladi.
Asosiy qatlam struktura qatlami hisoblanadi, chunki u elementlar taqsimotini va elementlar aloqasini akslantiradi. Struktura tavsifi nazariy-grafli vositalarga asoslanadi. 3.1-rasmda ko’rsatilgan System tizim strukturasi quyidagi Triad formulasi
star(Server, Node[1..n]),
orqali tavsiflanadi. Bu yerda graflar nazariyasi nuqtayi nazariga asosan bu markaziy uchi Server va chetki uchlari 1 dan n gacha tartiblangan Node[i] yulduz-graf (star) strukturani bildiradi.
3.1-rasm. System tizim strukturasi quyidagi Triad formulasi.
3.2-rasm. taqsimlangan tizim strukturasi quyidagi Triad formulasi.
3.2-rasmda ko’rsatilgan taqsimlangan tizim strukturasi quyidagi Triad formula orqali tavsiflanadi
star(Server, Serv[a..c]) + star(Serv[a], Node[1..k]) + star(Serv[b], Node[k+1..m]) + star(Serv[c], Node[m+1..n]),
bu graflar nazariyasi nuqtayi nazaridan to’rtta yulduz-graf birlashmasidan (+) tashkil topgan strukturani bildiradi. Birinchi yulduz markaziy uchi Serverdan iborat va qolgan uchta yulduz uchlari chetdagi Serv[j] uchlardan iborat, bu yerda j –(a, b, c) qiymatlar to’plamidan iborat o’tqazish tipidagi o’zgaruvchi. O’z navbatida Serv[j] uchlar Node[1..k], Node[k+1..m] va Node[m+1..n] chetki uchlarni o’z ichida saqlovchi uchta yulduz markazlaridan iborat.
Tizim modelinini tavsiflashi uchun bu formulani so’zlar bilan boyitish lozim. To’lasincha tvsif quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |