3 ma’ruza. Rahbarlik psixologiyasi reja



Download 464,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/21
Sana23.03.2022
Hajmi464,21 Kb.
#506690
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
3-Mavzu

Ustanovka
– bu ibora psixologiyada inson xatti-harakatining anglanmagan 
programmasi sifatida tushuniladi. Inson doimiy bajaradigan xatti-harakat dastavval 
anglanilgan holda amalga oshadi va u takrorlangani sari beixtiyor, avtomatlashgan 
holatga o'tib boradi. Aynan shunday anglanilmagan harakat rejasi ustanovka deb 
ataladi. Xodimdagi maqbul harakatlar muntazam takrorlanishi natijasida unda 
maqsadga muvofiq faoliyat ustanovkasi shakllanadi. Binobarin, xodimning doimiy 
faoliyati va xulqini kuzatgan holda unda qay mazmundagi ustanovkalar ustuvor 
ekanligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Piramida shaklida tasvirlangan shaxs 
tizimining asosiy psixologik mazmuni shundan iboratki, inson hayotining mazmuni 
bo'lmish missiyasi va e'tiqodi, pastki qatlamda turuvchi qadriyat va ustanovkalar 
asosida shakllanadi. Qadriyat esa, o'z navbatida, inson qadrlovchi oriyentir sifatida 
ustanovkalarning rivojlanish natijasidir. Qatlamlar o'rtasidagi bunday bog'liqlik 
inson faoliyatiga ma'lum ma'no kiritadi va hatto inson ichki dunyosini bir butun, 
yaxlit tarzda tushunish imkonini beradi. Gap shundaki, komil insonning hayotidagi 
hamma qatlamlar bir-biri bilan uyg'unlashgan holda namoyon bo'ladi. Demak, uning 
qilayotgan ishlari qadriyatlariga mos keladi, e'tiqodiga va hayotidagi asosiy maqsadi 
bo'lmish missiyasiga qarshi chiqmaydi. Rahbar o'z xodimini sinchkovlik bilan 
kuzatishi orqali, uning shaxsidagi qatlamlar o'rtasida uyg'unlik yoki ziddiyatni 
ilg'ashi mumkin. Rahbarning bunday nazarga ega bo'lishini yana bir sharti - xodim 
ruhiyatidagi qatlamlar ziddiyatiga tashkilot miqyosida shakllangan muhit ham sabab 
bo'ladi. Demak, tashkilotda shakllangan normalar nosog'lom bo'lsa, xodim 
nosamimiy harakatlarga yo'l qo'yadi va u o'z e'tiqodi va qadriyatlariga zid chiqishi 
mumkin. Yuqorida keltirilgan shaxs strukturasiga asoslangan holda zamonaviy 
rahbarni tavsiflar ekanmiz, unga xos bo'lgan ijtimoiy-siyosiy jihatlar haqida ham 
gapirib o'tish lozim bo'ladi.
Aynan shu jihatlar insonning missiya va e'tiqod qatlamlarida mujassamlashgan 
holda samarali rahbarning negizini tashkil etadi. Rahbar e'tiqodining, yetakchi 
qadriyatining jamiyatdagi dolzarb ijtimoiy-siyosiy vazifalar bilan uyg'unlashganligi, 
uning faoliyati samarasini belgilaydi. Shuning uchun boshqaruv lavozimiga 
kadrlarni qo'yish hamda rahbar kadrlarni baholash jarayonida e'tiqod sohalarini 
birlamchi deb qabul qilinsa va bu mezonga asosiy e'tibor qaratilsa, o'rinli bo'lardi. 


Demak, davr talabi bilan, rahbarning siyosiy boshqaruvga qobiliyati dolzarb 
masalaga aylanadi. Albatta, bunday qobiliyat rahbarning ma'muriy-xo'jalik 
majburiyatidan bir oz chetlanish deb o'ylanishi mumkin. Lekin, mamlakatimizning 
hozirgi rivojlanish bosqichi, xo'jaligimizning umumjahon iqtisodiyoti bilan 
integratsiyasi, investitsiyalar sohasidagi hamkorlik masalasi zamonaviy rahbarni 
xo'jalik muammolari doirasida cheklanib qolmay, balki atrofdagi voqealarni 
kengroq idrok etishini talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy rahbar nafaqat 
tashkilotni iqtisodiy cho'qqiga yetaklovchi shaxs, balki, targ'ib etilayotgan davlat 
siyosatini mehnat jamoasi ongiga yetkazuvchi faol hamdir.
Yuqoridagi matndan quyidagi fikrlar kelib chiqadi: rahbarlarni tayyorlash va 
malakasini oshirish mobaynida iloji boricha shaxsning o'zo'zini anglashi, o'z e'tiqodi 
va qadriyatlarini hayoti davomida aniq ifodalash choralari haqida bilim va 
ko'nikmalar shakllantirish lozim. Axir, aynan, ichki poklik, samimiylik va inson 
tabiatining yaxlitligi o'zgaga ta'sir etishdagi asosiy kuch sifatida maydonga chiqadi. 
Rahbarni tayyorlash, uning malakasini oshirish bilan bog'liq har qanday tadbir 
oxiroqibatda rahbar shaxsi, uning boshqaruv mahoratini takomillashtirish, 
o'zgalarga ta'sir etish ko'lamini kuchaytirish maqsadini qo'yadi. Ushbu bo'lim 
yakunida samarali boshqaruvni amalga oshirishda xalaqit beruvchi shaxs xislatlari 
haqida gapirib o'tmoqchimiz va quyida ularni ichki to'siqlar deb nomlaymiz:

Download 464,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish