Egat profilini qurish uchun palaxsa o'lchamlari — plug
korpusining qamrash kengligi b va haydash chuqurligi a beriladi. Plug
korpusi qirqadigan palaxsaning ag'darilish
sxemasini harakat tomoniga
ko'ndalang-vertikal tekislikdagi proektsiyasidan qurib chiqamiz (13-
rasm). Vertikal tekislikda pichoq, gorizontal tekislikda esa lemex
qirqadigan ABSD palaxsa (13- rasm, a) ag'dargichning
sirtiga
ko'tarilishda avval D qirra atrofida vertikal DA
1
B
1
S
1
holatga kelgunga
qadar buraladi.
Keyin palaxsa S
1
qirra atrofida buralib, so'nggi S
1
D
2
A
2
B
2
holatni egallaydi, ya'ni uning S
1
B
2
qirrasi
bundan avval yotqizilgan
palaxsa ustiga yotgunga qadar buraladi. Hosil bo'lgan BAS
1
D
2
A
2
siniq
chiziq egat nazariy profilining konturini ko'rsatadi. Sxemadan:
АС
1
=DС
3
=а+b
DS
1
= a bo'lgani uchun S
1
S
3
=b. Haqiqatan ham vertikal palaxsa C
1
qirra atrofida 90° ga burilganda uning B
1
qirrasi S
3
nuqta ustiga tushadi.
Demak, palaxsalarning S
1
S
3
va hokazo qirralari
bir-biridan palaxsa eni
1 ga teng oraliqda egat tubida yotadi. Shunga asosan, ag'darilgan
palaxsaning A
2
D
2
qirrasi davomining egat tubi bilan kesishgan nuqtasi
S
0
keyingi o'tishda qirqiladigan palaxsa qirrasi bo'ladi. Bunda S
0
S
1
= b
va AS
0
= a bo'ladi.
Palaxsalar
tutashgan nuqtalari B
2
, B
3
va xokazolarning
haydalmagan dala sathida yotishini isbotlaymiz. Buning uchun B
2
yoki
B
3
nuqtadan egat tubiga perpendikulyar tushiramiz. To’g'ri
burchakli
uchburchaklar D
3
S
1
S
3
va B
3
S
3
Ye ning gipotenuzalari S
1
S
3
=S
3
B
3
=b
va burchaklari δ teng, demak uchburchaklar ham teng. Teng
uchburchaklarda teng burchaklar qarshisida teng tomonlar yotadi.
Demak, B
3
Ye=D
3
S
3
=a, ya'ni palaxsalarning tutashish nuqtalari B
0
B
2
,
B
3
lar egat tubidan haydash chuqurligiga teng oraliqda joylashgan.
Keltirilgan geometrik nisbatlardan ma'lum bo'ldiki, egatning
nazariy profilini qurish uchun A nuqtadan a radius
bilan egat tubida S
0
nuqta belgilanadi, so'ng S
0
dan b radius bilan yoy chizib, dala satxida B
0
ni, egat tubida esa C
1
ni aniqlaymiz. B
0
va S
0
ni tutashtirsak, ag'darilgan
palaxsaning gorizontga nishablik burchagi δ ni hosil qilamiz, S
1
nuqta
palaxsa qirrasining egat tubidagi holatini ham ko'rsatadi. Bu C
1
qirradan
S
0
B
0
ga perpendikulyar o'tkazib, palaxsaning S
1
D
2
qirrasini olamiz.
Palaxsaning boshqa qirralari ham shu yo'sinda quriladi.
Kesim D
3
A
3
B
3
S
3
ning markazi diagonallarning kesishish nuqtasi
0 da joylashadi deb qaraymiz. Bu holda palaxsaning turg'un
holatda
bo'lishi uchun 0 nuqtadan tushirilgan og'irlik kuchi R ning ta'sir chizig'i
S3 nuqtadan o'ng tomonda joylashishi lozim. Diagonal A3S3 yoki S1A2
(13-rasm, b) egat tubiga perpendikulyar bo'lganda palaxsa noustuvor
xolatga keladi, chunki diagonal oz bo'lsa xam chapga og'ca, palaxsa
egatga qayta ag'darilishi va plugning ishini buzishi mumkin.
Palaxsaning chekka turg'unlik xolati uchun b/a=k ning
qiymatini
aniqlaymiz. To'g'ri burchakli uchburchaklar S1A2V2 va S1D3S3 ning
o'xshashligi shartidan:
С
1
С
3
/С
3
Д
3
=C
1
A
2
/C
1
B
2
yoki
𝑏
𝑎
=
𝑎
2
+𝑏
2
𝑏
; 𝑏
2
= 𝑎
2
+𝑎
2
𝑏
2
.
Bu tenglamani kvadratga oshiramiz va a
4
ga bo'lamiz, so'ng b/a = k
bilan almashtirsak, quyidagi bikvadrat tenglama xosil bo'ladi:
k
4
—k
2
—1=0
Tenglamaning xaqiqiy ildizi k = 1,27. Bunda a = 0,8b bo'ladi.
Sxemadan:
sinδ =
a / b — 1/k.
(3.1)
Demak, palaxsaning egatga qaytmasligi uchun uning yo'l
qo'yilgan eng katta og'ish burchagi
δ = arcsin
1
1.27
≈
52°,
ya'ni palaxsa kamida 128° ga aylanishi lozim. Palaxsaning turg'un
xolatini ta'minlash uchun δ<52° yoki k > 1,27 bo'lishi kerak.
Chimqirqarning tuproq palaxsasini qirqish chuqurligi a1= 8 ... 12
sm (13-rasm, v), qamrash kengligi b1 = 2b/3. Bu xolda palaxsaning
chekka turg'unlik xolatida k = 1,06 7…8 km/soat tezlikda chimqirqarsiz
ishlaydigan oddiy pluglarda k ning o'rtacha qiymati tsilindrik, madaniy,
yarim-vintsimon va vintsimon ag'dargichlar uchun mos xolda 1,35; 1,45;
1,60 va 1,75, chimqirqar bilan ishlaganda esa barcha ag'dargichlar uchun
1,1 ... 1,3 olinadi. Palaxsani 180°ga aylantiruvchi to'qay pluglari uchun k
ning qiymati 2 ... 3, plantaj pluglarning ag'dargichlari uchun 0,9 olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: