3-ma`ruza: O’zbek bolalar adabiyotining yangi davri



Download 82,17 Kb.
bet17/19
Sana27.05.2020
Hajmi82,17 Kb.
#57040
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
3-maruza

Ko’zimizni qizartirdi g’am,

Јalbimizdan armon ketmadi.

Ko’taraylik tobutin desak,

Bo’yimiz yetmadi, yetmadi...
Bu kabi qarama-qarshiliklar ko’plab shoirlarning ijodiga xos. Asosiy fikr bu emas. Asosiysi shundaki, Abdurahmon Akbar ijodi hozirgi zamon o’zbek bolalar she’riyatiga lirik kayfiyat va bola kechinmalarini qahramon tilidan berishning o’ziga xos uslubini olib kirdi.
Ancha qiyin bugungi mavzu,

Јuloq soling dedi muallim.

Chor-atrofni bosgandayin suv

Zum o’tmasdan sinf bo’ldi jim,

Meni esa Nodira bilan

Suhbatlashgim kelaveradi.
Muhabbatdek ulug’vor tuyg’uni bera bilish bolalar she’riyatida ayniqsa, mushkuldir. Shuning uchun ham qahramon bu tuyg’uni tushunib etmasligi tabiiy. Nodira bilan suhbatlashishga ehtiyoj qahramon qalbida turadi savollar tug’diradi. Eng avvalo, nima sababdan kelib chiqqan ekan bu suhbat ehtiyoji. She’r qahramoni savollarga javob topish jarayonida goh o’zi ham chalkashib ketadi. Chunki uning mantiqiy xulosalari ham bolalarcha sodda. Balki shuning uchun ham javob topilmay, savol oxirigacha ochiq qolar. Bola hayron. Nodira bilan suhbatlashgisi kelgani bilan uning qiyofasida yaxshi sifatlar topa olmaydi.
Orqaga hech boqmas Nodira,

Taqinchoqlar taqmas Nodira

Bir oyog’i shikasta, shundan

Bolalarga yoqmas Nodira,

Meni esa Nodira bilan

Suhbatlashgim kelaveradi.

Mensimasdan avvallar atay,

Yiqlatardim sochidan tortib.

Uzoq fursat unga gapirmay

Ranjitardim sho’xligim ortib.

Endi o’sha Nodira bilan

Suhbatlashgim kelaveradi.
She’rdagi holatlar ifodasini tahlil qilib ko’raylik. O’qituvchining dars mavzusining qiyinligini ta’kidlashi – so’z ifodasi. Atrofning jimjit bo’lishi - holat ifodasi. Nodiraning xayoliy portreti – chizgilar ifodasi. Nodiraga befarq bo’lgan vaqtga ekskurs harakatlar ifodasi. Nodira haqidagi savollarning ochiq qolishi – mantiq ifodasi.

Abdurahmon qiyoslash usulini bu she’rda juda muvaffaqiyatli qo’llaydi.

Taniqli adabiyotshunos Rahmatilla Barakayevning Abdurahmon Akbar ijodiga bergan bahosi ham e’tiborga molik. Muallif “Istiqlol davri bolalar adabiyoti: an’ana, vorislik va izlanish» nomli tadqiqotida shoir ijodining quyidagi qirrasiga alohida e’tibor qaratadi: “Abdurahmon Akbarning mumtoz adabiyotimiz”dagi qofiyali nasr (saj’)ni eslatuvchi “Shoir dadam haqida she’riy hikoyalar” turkumini she’riy shaklga sig’magan fikrlar tizimi deyish to’g’riroq bo’lar edi. Abdurahmon bu she’rlari bilan bolalar adabiyotimizga fikrlovchi, o’ychan bola timsolini olib kirdi. Besh she’riy hikoyadan tarkib topgan turkum shoir dadasining armonu iztiroblarini, dardu tashvishlarini eshitib qolib, jajji yuragiga sig’dira olmay, to’lqinlanib so’zlayotgan bolakay tilidan hikoya qilinadi. Jumladan, “Dadamning qalbi” she’riy hikoyasida shunday deyiladi: “Armon uyasimish dadamning qalbi, Dadamning qalbida kularmish sevinch. Dadamning qalbida ummon bor emish. Bor emish dadamning qalbida ilinj. Yozgan uch-to’rt she’ri dadam qalbining topgan quvonchi-yu, ozori emish. Dadamning yuragi dunyo ko’rmagan sonsiz fikrlarning mozori emish...”.

Ichki qofiyalanishga uyg’un bo’lgan so’z takrorlari va bolakayning mo’’jaz taxayyul olamiga sig’magan nogahoniy qiyoslar ushbu turkumga mansub she’riy hikoyalarning shaklan va mazmunan mukammaligini ta’minlaydi. Binobarin, olti jumladan tashkil topgan she’riy hikoyada besh marta takrorlangan “dadamning qalbi” (bir o’rinda dadamning yuragi) ifodasi, dastavval, uyg’oq inson qalbining notinch to’lqinlari yanglig’ jaranglasa, bolakay uchun bir qarashda g’ayritabiiy tuyuladigan qiyoslar (“qalbda sevinch kularmish”, “qalb-ummon”, “qalbdagi ilinj”, “qalbning quvonchi-yu, ozori”, “yurak-fikrlar mozori”) esa bolakay hayratining g’aroyib suvratlari yanglig’ namoyon bo’ladi.

“Dadamning fikri”, “Ari”, “Supacha”, “Dadamning hazili” she’riy hikoyalarida ham ana shunday mag’zi to’q fikrlar saj’ yo’sinida hikoya qilingan va ular ham yosh kitobxon qalbida balog’atga oshno hissini uyg’otishga xizmat qiladi.

A.Akbarning shakliy izlanishlari ham e’tiborga molik. Uning raqamli she’rlari kichik maktab yoshidagi bolalar she’riyatini yangicha shakl va mazmun bilan boyitdi. “Salom xat” she’ri shu jihatdan xarakterlidir. Harbiyda yigitlik burchini o’tayotgan nevarasini sog’inish hissi ko’ngliga tinchlik bermayotgan, “ko’zlari ham uchayotgan” buvining topshirig’i bilan akasiga maktub bitayotgan Rahmatjon degan bolaning shu jiddiy holatda ham o’ynab-kulgisi keladi, o’zicha so’zlar orasidan raqamlar qidirib topadi. Dastlab “qisqagina” ma’nodagi «ikki enlik» iborasidagi “ikki” so’zini raqam bilan yozib qo’yadi. Јarasaki, o’zgacha ifoda, g’ayritabiiy shakl paydo bo’libdi. Ushbu g’ayritabiiylikdan bolakay o’ziga xos zavq tuyadi va boshqa so’zlardan ham harf va raqamlardan tashkil topgan yangicha ifodalar «yarata» boshlaydi:

Aka, qanday yuribsiz,


Download 82,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish