3-ma`ruza: Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va
uning tarixiy ahamiyati (2-soat).
Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol.
O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar.
Mustaqillikning e’lon qilinishi. O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi.
Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-
harakatlar.
Mustaqil
O‘zbekiston
davlatining
yuzaga
kelishi
va
mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari.
SSSR tanazzulga uchragach, O‘zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini
to‘la o‘z qo‘liga olishga kirishdi.
1991 yil 25 avgustda O‘zbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilindi.
Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi
qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika
hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita
O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi,
Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek,
respublika hududida joylashgan ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi
qismlari va qo‘shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa
muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini
tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga
taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991 yil 26 avgust kuni
O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash
haqida va 31 avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini
chaqirishga qaror qildi.
1991 yil 28 avgust kuni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy
nazorat komissiyasining qo‘shma plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda Prezident
I.Karimovning SSSRda19-21 avgust kunlari sodir bo‘lgan fojiali voqealar va
respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi
va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan
har qanday aloqalarni to‘xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga,
uning markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
1991 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken-gashining
navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston
Prezidenti I.Karimov nutq so‘zlab, sobiq Ittifoqda so‘ngi paytlarda yuz bergan
ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to‘ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib,
ular O‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har
tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mastaqillik
to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.
Sessiyada«O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi
to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday
deyilgan edi:
«Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O‘zbekiston Sovet
Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini
va ozod suveren davlat- O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali
ravishda e’lon qiladi».
Oliy Kengash sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida» qaror qabul qilindi.
Mazkur qarorda:
1) Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash
bayonoti tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi
deb atalsin;
2) 1 sentyabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb
belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon
qilinsin, deb qat’iy belgilab qo‘yildi.
Oliy Kengash sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi asoslari to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17
moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini
huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda:
O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston
Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir;
O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat
hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham
vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining
milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv
idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va
bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib
o‘zgartirilishi mumkin emas;
Respublika hududidagi er, er osti boyliklari, suv va o‘rmonlar,
o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, Respublikaning
ma’naviy boyliklari O‘zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki
hisoblanadi, deb qonunlashtirilib, belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida1991 yil
30 sentyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi
asoslari to‘g‘risi»gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror
qilindi. Qarorda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi
moddalari «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari
to‘g‘risida»gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga
amal qilinsin, deb belgilab qo‘yildi.
SHunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro‘yobga
chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo
xaritasida yana bitta mustaqil davlat-O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi.
O‘zbek xalqi tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar
tarixida chinakam tarixiy ahamiyatga molik bo‘lgan voqea sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining aholisi mustaqillik e’lon qilingan paytda
21,5 mln kishini tashkil etardi. 2004 yil boshlariga kelib aholi soni 25 mln.dan
ortdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil noyabrida bo‘lgan
VIII sessiyasi Davlat mustaqilligi masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazish
xaqidagi masalani ko‘rib chiqdi.
Oliy Kengashning mazkur sessiyasida 1991 yil 29 dekabr, yakshanba
kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida referendum
hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish to‘g‘risida
qarorlar qabul qilindi. Referendumda ovoz berish byulleteniga masala
quyidagi ta’rifda kiritildi: «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi
tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini
ma’qullaysizmi?». SHuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to‘g‘risida» Qonun qabul qilindi.
1991 yil 29 dekabr kuni umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi.
Referendumda 9.898707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1
foizi qatnashdi. Ovoz berishda qatnashganlarning 98,2 foizi O‘zbekiston
Respublikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi.
O‘zbekiston Davlat mustaqilligining e’lon qilinishi, uning butun tarixiy
taraqqiyoti natajalaridan kelib chiqadigan ob’ektiv va qonuniy hodisadir.
Respublika xalqi va rahbariyatining donishmandligi, sabotli va
qat’iyatliligi, uzoqni ko‘ra bilishi natijasida uning davlat mustaqilligiga
erishuvi Tinch, Demokratik, Parlament yo‘li bilan Ijtimoiy larzalarsiz,
qurbonlar va vayronagarchiliksiz amalga oshdi.
1991 yil 29 dekabr kuni muqobillik asosida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi ham bo‘lib o‘tdi. Prezidentlikka nomzod Islom
Abdug‘anievich Karimov uchun 8.514136 kishi yoki ovoz berishda
qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi saylov
yakunlarini ko‘rib chiqib, I.A.Karimovni 1991 yil 29 dekabrdan O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti lavozimiga saylangan, deb xisoblashga qaror qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil yanvarda bo‘lgan
navbatdan tashqari IX sessiyasida Prezident Islom Karimov qasamyod qildi:
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishar
ekanman, respublikamiz xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga,
fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iy rioya etishga, zimmamga yuklangan
yuksak vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman». Islom Karimov
O‘zbekiston Respublikasining umumxalq tomonidan saylangan birinchi
Prezidentidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |