Elastik deformatsiya. Kristallni elastik deformatsiyalashda ta’sir qilayotgan kuchlanish atomlarni muvozanat holatidan uncha uzoq bo‘lmagan masofaga siljishiga olib keladi, natijada kristall panjaradagi atomlar orasida masofa kattalashadi, siljishda esa kichikroq bo‘ladi.
Atomlar orasidagi masofa qanchalik katta bo‘lsa, kristalldagi elastik deformatsiyani miqdori shuncha katta bo‘ladi.
Muvozanat holatdan atomlarni siljishi natijasida, atomlarni o‘zaro tortishuvchi va itaruvchi kuchlari orasidagi balans buziladi. Kuch ta’siri olingandan so‘ng, atomlar o‘zining muvozanat holatiga keladi. Natijada metalni vaqtinchalik shakli va xossasi o‘zgarishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |