mastahkamlash, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mamlakat rivojiga o‘zining
bilimi va imkoniyatidan keldib chiqqan holda o‘z hissasini qo‘shish jamiyatimizning
Vatanimizni yanada obod etish, uning moddiy-texnik bazasini oshirish, ilm, fan va
texnika rivojlantirish, yangi texniga va texnologiyalarni ishlab chiqarishga jalb etish
hayotga katta orzu-umidlar bilan kirib kelayotgan yoshlar qo’Iidadir.
Ishlab chiqarishda keng ko’lamda qo’llanilayotgan yangi turdagi materiallar,
mashina va uskunalar, hisoblash mashinalari va mikroprotsessorlar, texnologik
jarayonlar va qurilmalar bo’lajak yosh mutaxassisdan katta hajmdagi axborotlami
o’zlashtirishni talab qiladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy, siyosiy,
ma'naviy va ma'rifiy islohotlami yanada chuqurlashtirish va samaradorligini
oshirish, ilm-fan, texnika va texnologiyalaming rivojlanishi talaba yoshlarni yuqori
malakali mutaxassis qilib tayyorlashni talab qiladi. Oliy ta'lim dargohida talaba-
yoshlar o’quv rejasidagi barcha fanlami to’liq o’zlashtirish bilan bir qatorda
vatanparvar, insonparvar, milliy o’zligini anglayoladigan, o’z millatiga sadoqatli va
mehr-oqibatli, pok, halol, bilimli va bilimini hayotda qo’llayoladigan komil inson
bo’lib shakllanishi lozim.
Talaba-yoshlarga bilim berish jarayonida, ularning qalbiga va ongiga yetib
boradigan ta'lim va tarbiyaning rang-barang shakllari, uslub vositalari hamda
tadbirlar majmuasini qo’llashni talab qiladi.
Malakali mutaxassis tayyorlashda o’quv jarayonini rejalashtirish va uni
vaqtida hamda sifatli bajarish, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, uslubiy ko’rsatmalar
bilan ta'minlash, zamonaviy pedagogik texnologiyani qo’llash va talabalar
darslardan bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanishi katta ahamiyatga ega.
O’quv jarayonining mashg’ulot turlari (1-rasm) talaba- yoshlarga nazariy va
amaliy bilim berish bilan bir qatorda olgan bilimlarini ro’yobga chiqarishga
qaratilgan.
Auditoriya o’quv soatlarida talaba olgan nazariy va amaliy bilimini o’z ustida
mustaqil ishlash yo’li bilan yanada chuqurroq o’zlashtiradi. Bu bilim talabaning oliy
ta'lim dargohida olgan bilim mezonini aniqlaydi.
Ma'ruza darslarida talaba tabiat hodisalari va texnologik jarayonlaming qonun
va qoidalari bo’yicha nazariy bilim oladi. Amaliy mashg’ulotlarda talaba misol va
masalalar yechib, tajriba soatlarida esa hodisa va jarayonlami tajribada ko’rib va
o’lchov asboblari bilan o’lchab nazariy bilimini yanada boyitadi.
Kurs loyihasi va malakaviy bitiruv ishini bajarish jarayonida talaba yagona
yechimi bo’lmagan, hal etilishi zarur bo’lgan muammolami tahlil qilish va ulaming
yechimini topish yo’llarini o’rganadi. Bu bilan u o’z bilimini yanada kengaytiradi
va mustahkamlaydi.
Talabaning fanlarni o’zlashtirishi uning olgan bilimini baholash bilan
aniqlanadi. Talaba bilimini baholash turli usullarda va shakllarda o’tkazilishi
mumkin va u belgilangan muddatlarda o’tkaziladi. Bugungi kunda talaba bilimini
baholash reyting tizimi usulida o’tkazilmoqda. Baholash jarayonida talabaning
fanlarni o’zlashtirganlik, mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirganlik va
axborot manbalaridan samarali foydalanilganlik daraiasi aniqlanadi.
1-rasm. O‘quv jarayonini turlari
Oliy ta'lim dargohida talaba o’qish muddatiga mos ilm-fan, texnika va
texnologik jarayonlar, iqtisodiyot va boshqaruv usullari bo’yicha bilim oladi. Ayrim
hollarda
ya'ni
ilm-fanning
rivojlanishi,
yangi
texnika
va
zamonaviy
texnologiyalaming ishlab chiqarishga joriy etilishi, boshqaruv tizimida elektron
hisoblash mashinalaming qo’Ilanishi munosabati bilan talabaning oliy ta'lim
dargohida olgan bilimi yetarli bo’lmay qolishi mumkin. Natijada ilm maskanini
tamomlagan yosh mutaxassis o’zining dastlabki ish faoliyatida yangi texnika va
yangi texnologiyalarga duch kelib qolishi mumkin. Uning olgan bilim me'zoni ularni
ishonchli ravishda ishlatish va unumli foydalanishda yetarli bo’lmasligi mumkiri.
Bunday holatga tushib qolmaslik uchun talabalar o’qish jarayonida muayyan
mashina va texnologiyalami ayrim bo’laklarini o’rganish o’miga bor kuch va
g’ayratlarini ulaming rivojlanishi asosiy omillariga qaratishi kerak. Bu esa o’z
navbatida yosh mutaxassisga korxona sharoitiga oson va tez moslashishga yordam
beradi.
Oliy o’quv yurtlarida qabul qilingan o’quv mashg’ulot turlari talaba-yoshlarga
chuqur nazariy va amaliy bilim berish bilan birga, ularga xulosa va qaror qabul
qilish, ijodiy fikrlay olish, yangi g’oyalami amalda qo’llay olish, izlanuvchanlik va
faollik kabi xususiyatlami ham o’rgatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: