o‘zlashtirilishi uchun quydagi turdagi mashg‘ulotlar o‘tiladi.
Maruza mashg‘ulotlarida nazariy malumotlar beriladi. O‘qiladigan fanlar bir
yoki bir necha semestr davomida o‘tiladi. Fanlarning tegishli mavzulari bir yoki bir
necha maruza mashg‘ulotlarida o‘tiladi. Har bir maruza mashg‘ulotlari uchun
mavzuning malum bir qismi ajratib olinadi va unga tegishli sarlavha yoziladi. Har
bir maruza mashg‘uloti uchun reja tuziladi va ushbu reja bo‘yicha dars o‘tiladi.
Maruza mashg‘ulotlarda tegishli mavzuning ahamiyati talabalarga aytiladi va uning
mazmun – mohiyati tushuntirib beriladi. Talabalar tomonidan berilgan savollarga
to‘liq javob berib tushuntiriladi.
Amaliy mashg‘ulotlar talabalarning maruzalarda olingan nazariy bilimlarini
mustahkamlash va amaliyot faoliyatlarida qo‘yilgan masalalarni mustaqil echa
olishlariga imkon yaratish uchun o‘tiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda fanning malum
bir mavzulariga tegishli bo‘lgan misollar ishlanadi, masalalar echiladi yoki
mashinalar, maxanizmlar, qurilmalar, uskunalarning tuzimlar majmualar va ularning
tashkil etuvchilarining vazifalari, tuzulishi, ishlash prinsipi, sxemalari bilan
tanishiladi. SHu bilan birga bu vositalardagi nosozliklar, ularning kelib chiqish
sabablari va ularni tamirlash turlari va usullari o‘rganiladi.
Labaratoriya mashg‘ulotlari ham talabalarning olgan nazariy bilimlarini
mustahkamlash uchun o‘tkaziladi. Labaratoriya ishlarini bajarish uchun tegishli
stendlar tayyorlanadi. Ushbu stendlar vositasida mashina, mexanizm, qurilma,
uskunalar,tizimlar,
majmualar
tashkil
etuvchilarning
xususiyatlari,
ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari tahlil qilib o‘rganiladi, o‘lchashlar o‘tkaziladi,
natijalar olinadi va bu natijalar umumlashtiriladi va xulosa chiqriladi. Bu
bajariladigan ishlar amaliyot faoliyatlarida mustaqil ravishda mantaj, sozlash, ilmiy
– tadqiqot ishlarini olib borish imkoniyatini yaratadi.
Seminar mashg‘ulotlari ham talabalarning olgan nazariy bilimlarini
mustahkamlash uchun o‘tkaziladi. Seminar mashg‘ulotlarida o‘tilayotgan fanning
mavzulari bo‘yicha muhokamalar, tahlillar, va savol javoblar bo‘ladi. Bular
mavzularni va fanni to‘liq o‘zlashtirishga asos bo‘ladi, amaliy faoliyatlarida
yangiliklarni tadbiq qilishda tushuntirish ishlarini olib borish, maruzalar qilish,
muhokamalar va tahlil qilishni tashkillashtirish imkoniyatini yaratadi. Kurs ishlari
va loyihalarini bajarishda ham talabalar olgan nazariy bilimlarini va amaliy
mashg‘ulotda olgan bilimlarini mustahkamlaydilar. Kurs ishi va loyihasida berilgan
topshiriq bo‘yicha fanning bir necha mavzulari bo‘yicha bir – biriga bog‘liq bo‘lgan
va buning natijasida tugallangan echim yoki natija olish uchun xisoblash ishlari olib
boriladi. Bu xisoblashlarga tushuntirishlar yoziladi. Olingan natijalar va echimlarga
asosan mashina, mexanizm, qurilma, uskunalar, tuzilmalar, majmualar yoki ularning
tashkil etuvchilarining vazifasini, ishlash prinsipini, tuzulishini tushuntiruvchi
chizmalar chiziladi. Bu bajariladigan ishlar bituruv malakaviy ishini tayyorlash
uchun asos bo‘ladi. YAna amaliyot faoliyatida loyihalash, konstruktorlik, sozlash
ishlarini olib borish imkoniyatini yaratadi.
Mustaqil ishda ham talabalar olgan nazariy va amaliy bilimlarini
mustahkamlaydilar., kengaytiradilar yangi malumotlarga ega bo‘ladilar.
Mustaqil ishlash uchun tegishli fanning nazariy qismidan, amaliy va
labaratoriya mashg‘ulotlaridan malum bir maruzalari bo‘yicha topshiriqlar beriladi.
Foydalanadigan manbalar va adabiyotlar keltiriladi. SHular asosida talabalar
tayyorgarlik ko‘radilar, referatlar va maruzalar tayyorlaydilar. Bu ishlar amaliy
faoliyatlarida mustaqil tahlillar qilish, izlanishlar va tadqiqot ishlariga imkoniyat
yaratadi.
O‘quv tanishuv amalyotida, 1 – kursdan keyin, talabalar “Mutaxassislikka
kirish” va “Umumiy geologiya” fanlarini o‘qib olgan bilimlarini mustahkamlaydilar.
Ular geologiya bo‘yicha eshlchash, xisoblash ishlarini bajaradilar va tog‘ jinslari
namunalari bilan tanishadilar. SHu bilan birga “Konchilik elektr mexanikasi”
labarvtoriya xonalari va modellar xonalaridagi kon mashina – mexanizmlarning
vazifalari turlari, elektr uskunalarining turlari va vazifalari bilan tanishadilar.
O‘quv amaliyotida 2 – kursdan keyin talabalar “Konchilik ishi asoslari”
fanini o‘qib, olgan bilimlarinimustahkamlaydilar. O‘quv amaliyotida ular konchilik
korhonalarining mexanika va energetika bo‘limlariga dublyor sifatida qabul
qilinadilar.
Talabalar ochiq yoki er osti kon korxonalarining vazifasi, tuzulishi, qazib
olinadigan foydali qazilma va ularning atrofidagi tog‘ jinslarining turlari,
xususiyatlari, ko‘rsatkichlari, o‘lchamlari bilan tanishadilar.
Konchilik korhonalaridagi ishlab chiqarish jarayonining turlari, ketma – ketligi
va bunda qo‘llaniladigan mashina va mexanizmlar bilan tanishadilaryu konchilik
korhonasinigelektr taminoti tizimi va ko‘riladigan xavfsizlik tadbirlari to‘g‘risida
malumotga ega bo‘ladilar.
Malakaviy amaliyatda 3- kursdan keyin talabalar umumkasbiy va ixtisoslik
fanlarini o‘qib olgan bilimlarin mustahkamlaydilar. Mexanika va energetika
bo‘limoariga tegishli lavozimga qabul qilinadilar. Konchilik korhonalarining
vazifasini, tuzilmasini o‘rganadilar. Foydali qazilmalarning va atrof tog‘
jinslarining geologik hamda kon texnologik sharoitlarini o‘rganadilar. Bajariladigan
texnologik jarayonlarda qo‘llaniladigan mashina, mexanizmlarning vazifalari,
turlari ishlarini o‘rganadilar. Mashina va mexanizmlarning elektr jixozlari vazifalari,
turlari va ishlashlarini o‘rganadilar. Konchilik korzonalarini tashqi va ichki elektr
taminoti tizimi va ularga qo‘llaniladigan elektr qurilmalar, elektr tarmoqsizlik chora
– tadbirlarini, konchilik korxonasining mexanika va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini
o‘rganadilar.
Bituruv oldi amaliyotida, 4 – kursdan keyin, talabalar konchilik korxonsining
texnikaviy – iqtisodiy tavsifini to‘liq o‘rganadilar, jumladan konchilik
korxonasining joylashganligini, vazifasini tuzilmasini, foydali qazilma va atrof tog‘
jinslarining geologik va kon texnik sharoitlarin, konni ochish va foydali qazilmani
qazib olish usullarini, foydali qazilma va tog‘ jinslarini tashish usullarini hamda
bularga qo‘llaniladigan mashina mexanizmlarning turdari, texnik ko‘rsatkichlarini,
elektr uskunalarini, turg‘un mashinalarining turlari, texnik ko‘rsatkichlari, elektr
uskunalarini, yordamchi mexanizmlarning turlari, texnik ko‘rsatkichlari, elektr
uskunalari, konchtltk korxonasining tashqi va ichki elektr taminoti tizimlarining
tuzulishini, elementlarini va o‘larning ko‘rsatkichlarini, elektr sxemalarini, ishlab
chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish vositalarini ularning vazifalarini, turlarini,
texnik ko‘rsatkichlari va sxemalarini, konchilik korxonasining texnikaviy iqtisodiy
ko‘rsatkichlarini konchmlmk korxonalaridagi xayot faoliyati xavsizligini chora
tadbirlarini.
SHu bilan birga talabalar o‘zlarining bituruv malakaviy ishlari mavzulariga
tegishli qo‘shimcha malumotlarni, ko‘rsatkichlarni, chizmalarni, sxemalarni
yig‘adilar.
Ilmiy tadqiqot – malakaviy amaliyotni 2 – kursdan keyin magistrantlar
konchilik korxonalarida, ilmiy – tadqiqot, loyixalash, akademik institutlarda va
konchilik soxasidagi OTM da o‘tkaziladilar. Amaliyot o‘tishdan maqsad pedagogik
faoliyat bo‘yicha ko‘nikmalar xosil qilish va magistrlaik dissertatsiyasi mavzusi
bo‘yicha malumotlar yig‘ish bo‘ladi hamda magistrlik dissertatsiyasining dastlabki
(xomaki) varianti tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |