3-Ma`ruza Mavzu: Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi moddalar tasnifi. Reja



Download 186,84 Kb.
bet12/13
Sana10.04.2023
Hajmi186,84 Kb.
#926736
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3-Ma`ruza Mavzu Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi modda

Pardadevorlar uchun gipsli plita. Pardadevorlar uchun gipsli plita gips yoki gipsobetondan tayyorlanadi. Ularni eni 400...800 mm gacha, qalinligi 80...100 mm gacha uzunligi 800...1500 mm gacha qilib chiqariladi. Gipsli plitani zichligi 1000...1300 kg/m3 gacha siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 3...4 MPa gacha va namligi (massa bo‘yicha) ortig‘i bilan 8% gacha bo‘lishi lozim. Gips plitalarni egilishga va cho‘zilishga bo‘lgan mutahkamligini oshirish maqsadida ularni ichiga armatura sifatida yog‘och reyka yoki qamish joylashtiriladi. Bu plitalarda muntazam ravishda namlanmaydigan pardadevor qismlarini tiklash maqsadida ishlatadilar.
Gips-beton panellar industrial qurilishda o‘z-o‘zini tutib turuvchi pardadevorlar qurish va pol asoslarini qurish maqsadida ishlatiladi, hamda plitalar o‘z hajmini kattaligi va mustahkamligi bilan farq qiladi. Panellarning uzunligi xona uzunligiga yoki yarmiga, eni esa qavat balandligiga teng yassi plitadan iborat bo‘lib, qalinligi esa 80...120 mm gacha bo‘ladi. Ular sidirg‘a bo‘lishi, eshik o‘rinlari qoldirib tayyorlangan bo‘lishi mumkin .
Gips-beton panellar prokat kassetalarda uzluksiz qoliplash usulida tayyorlanadi. Panellarni prokat stanida tayyorlash jarayoni tayyorlangan gips-beton qorishmasining reyka karkaslarga yotqizish, panellarni qoliplash, gipsni tutib qolishi uchun ularni saqlab turish keyin esa quritish kameralarida quritish so‘ngra esa omborga tashishdan iborat.
Tayyor panellar namligi 8% gacha bo‘lishi zichligi esa 1250-1400 kg/m 3 gacha va mustahkamligi 3,5 MPa gacha bo‘lishi lozim. Ularni qurilishga panelovozlar yordamida tashiladi va montaj qilingunga qadar metall kassetalardagi tayanch bruslarda saqlanadi, hamda yog‘in-sochindan himoya etish uchun ular brezentlar bilan o‘ralib qo‘yilishi lozim .
Pol asoslari uchun mo‘ljallangan panellar gips-sement-putssolanli (GSPV) bog‘lovchilar asosida tayyorlangan gipsobetondan iborat bo‘lib, yog‘och armatura bilan armirovkalanadi. Panellar 50-60 mm qalinlikda va uzunligi hamda eni xona o‘lchamiga mos yoki xona o‘lchami katta bo‘lsa bir qismiga mos qilib mo‘ljallab chiqariladi.
Bu panellarni quritish kamerasidan chiqqan holdagi namligi 10% gacha, mustahkamligi esa 7 MPa, zichligi esa 1300 kg/m 3 gacha bo‘lishi kerak. Panellar yuzasi shunday qilinishi lozimki, uning ustiga bir tekis xarajatsiz linoleum yotqizilishi, plitkalar yoki parketlar bir tekis holda yotishi lozim.



Download 186,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish