Kapitalligi bo‘yicha barcha doimiy inshootlar to‘rt sinfga bo‘linadi. Sinf inshootning xalq xo‘jaligi uchun tutgan o‘rni, buzilish sodir bo‘lganda yoki ularni foydalanish davri qoidalariga rioya qilmaslik oqibatlaridan keladigan zararni hisobga olgan holda QMQ bo‘yicha qabul qilinadi. Suv dimlovchi inshootlar uchun sinf ularning balandligi, zamin turi va avariya oqibatlariga ko‘ra 3.1-jadvaldan va foydalanish davri qoidalariga rioya qilmaslik oqibatlariga ko‘ra 3.2-jadvaldan qabul qilinadi. Asosan suv himoyalovchi inshootlarning sinfi 3.1 va 3.2-jadvallardagi eng katta qiymati qabul qilinadi.
Meliorativ tizimlardagi inshootlar sinfi sug‘oriladigan yoki zax qochiriladigan maydonga xizmat ko‘rsatishiga qarab 3.3-jadval bo‘yicha qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |