Maydalash
Maydalash - bu qattiq moddalarni mexanik usulda parchalanishidir. Maydalash uchun
xar xil tipdagi mashinalar ulkan maydalagichlardan,toki 0,1 mkm gacha kattalikda
maydalaydigan kolloid tegirmonlar ishlatiladi.
Yirik maydalash va tolqonga aylantirish maydalash darajasi bilan belgilanadi:
Maydalash xar bir mashinada bitta yoki bir nechta bosqichda olib boriladi. CHunki
mashinalar tuzilishiga qarab chegaralangan maydalikni berishi mumkin. O‘ta maydalik
darajasini ta’minlash uchun, bu jarayon bir nechta bosiqchda olib boriladi. Bunda bir nechta
yirik va tolqon beradigan mashinalar ketma-ket joylashtirilgan bo‘ladi. CHunki bir martada
kerakli maydalikka erishib bo‘lmaydi. Bo‘lakchalarni boshlang‘ich va oxirgi kattaligiga qarab
maydalash quyidagi turlarga bo‘linadi:
Yirik maydalash (droblenie) d
b
=1000 mm d
o
=250 mm
O‘rtacha maydalash (droblenie) d
b
=250 mm d
o
=20 mm
Mayda tolqon (droblenie) d
b
=20 mm d
o
=1,5 mm
O‘ta mayda tolqongacha maydalash (tonkoe, razmol)
d
b
=0,10-0,4 mm
d
o
=0,005-0,015 mm
Kolloid zarrachalargacha maydalash
d
b
<0,1 mm
d
o
<0,001 mm
Odatda mayda va o‘ta mayda tolqongacha maydalash quruq va xo‘l (nam) xolda olib
boriladi. Xo‘l maydalashda chang xosil bo‘lishi kamayadi, zarrachalar bir xil kattalikda
maydalanadi. Materiallarni fizik-mexanik xossalariga (zarrachalar shakli, tarangligi, namligi va
elastikligi-qayishqoqligi) qarab quyidagi maydalash usullari tanlanadi:
qattiq va mo‘rt materiallar uchun - ezish va zarb bilan urish.
qattiq va qayishqoq materiallar uchun - ezish bilan.
Mo‘rt va o‘rtacha qattiq materiallar uchun - zarb bilan urish, yorib maydalash, ishqalab
(istiranie) maydalash.
Qayishqoq va o‘rtacha qattiq materiallar uchun - ishqalab va ishqalab zarb bilan urib
maydalash. Maydalashda materiallarni namlik darajasini va qumoqlanib qolish xossalarini
xisobga olish kerak. Maydalash ochiq va yopiq sikllarda olib boriladi.
Ochiq siklda material maydalagich (drobilka) orqali bir marta o‘tkaziladi. YOpiq siklda
esa bir necha marta o‘tkaziladi.
Maydalash xillari:
Mashina turlari:
Yirik maydalash
- Shnekli maydalagichlar
O‘rtacha maydalash
-
Konusli
maydalagich,
valikli
(juvalab)
maydalagich
Yirik tolqongacha maydalash
-
Valikli
(juvali) maydalagich, bolg‘achali
maydalagich
Tolqongacha maydalash
-Urib - markazdan qochma tegirmonlarda, barabanli
tegirmonlarda, rolik-xalqali tegirmonlarda.
O‘ta mayda tolqongacha maydalash - Vibro tegirmonlarda, oqimli-vibro tegirmonlarda,
kolloid tegirmonlarda [5-7].
Do'stlaringiz bilan baham: |