3-ma’ruza. Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish. Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psixologik asoslari


Mehnatni muhofaza qilishda ergonomikaning ahamiyati



Download 253,5 Kb.
bet5/7
Sana26.12.2022
Hajmi253,5 Kb.
#896205
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-ma’ruza. Faoliyat xavfsizligini tahlil qilish. Faoliyat xavfsi

3. Mehnatni muhofaza qilishda ergonomikaning ahamiyati
Hayot faoliyati xavfsizligi fanini o‘rganishda ijtimoiy, texnik, gumanitar fanlar qatorida ergonomika fanining ham ahamiyati katta. Ergonomika atamasi (grekcha ergon – ish, nomos-qonun) degan ma’noni anglatadi.
Ergonomika - bu mehnat qurolining va mehnat sharoitining inson talablariga moslashuvi haqidagi fandir. Bu fanning maqsadi inson mehnat qilish jarayonida qulay, xavfsiz sharoitlarni yaratish, mehnat unumdorligini oshirishga bo’lgan imkoniyatlarni o‘rganishdan iborat. Bu vazifani bajarishda inson va muhit tavsiflari mos tushishi o‘rganiladi va xavfsizlik bilan bog‘liq vazifalar yechiladi.
Yashash (faoliyat) muhiti – inson hayoti, faoliyati, sog‘ligi va nasliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita, birdan yoki uzoq vaqt davomida ta’sir etuvchi xavfli omillar majmui bilan xarakterlanuvchi muhit tushuniladi.
Yashash muhiti biosfera, texnosfera, hudud, ishlab chiqarish muhiti, maishiy muhit va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi.
Biosfera – yer yuzining litosfera (yerning ustki qatlami), gidrosfera (suv bilan qoplangan qismi), troposfera (atmosferaning pastki qatlami)dan iborat inson yashayotgan qismidir.
Insonning o‘zgartiruvchan hayotiy faoliyati ta’sirida biosfera qismlarga ajraladi va texnosfera, hudud, ishlab chiqarish muhiti, maishiy muhit va boshqa ko‘rinishdagi ob’ektlar yuzaga keladi.
Texnosfera – inson tomonidan biosferani o‘zining material va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga mos keltirish maqsadida turli xil texnik vositalar yordamida o‘zgartirilgan qismi (shahar hududi, ishlab chiqarish hududi va b.)
Hudud – biosfera yoki texnosferaning umumiy tabiiy va ishlab chiqarish tavsifiga ega bo‘lgan chegarasi.
Tabiiy muhit – ma’lum bir sub’ektning hayotiy faoliyati kechadigan tabiiy sharoitlar va ob’ektlar majmui.
Ijtimoiy muhit – inson o‘z ehtiyojlarini qondirish, tajriba va bilimlar ortdirish, ularni o‘zaro almashish maqsadida tashkil etadigan va foydalanadigan muhit.
Ishlab chiqarish muhiti – insonning mehnat faoliyati amalga oshadigan maydon.
Insonning hayotiy faoliyat muhiti qulay (“komfort”), ruxsat etilgan, xavfli va favqulodda xavfli holatlarda bo‘lishi mumkin.
Qulay (comfort) muhit – insonning hayoti va sog‘ligi kafolatlangan, ish qobiliyati to‘liq ta’minlangan, salbiy ta’sir etuchi omillar bartaraf etilgan hayotiy faoliyat sharoitidir.
Ruxsat etilgan muhit – insonning ish qobiliyatini to‘liq namoyish etishi cheklangan, mehnat samaradorligini pasayishiga olib keluvchi, lekin faoliyat davrida ta’sir etuvchi xavfli va zararli omillarning ruxsat etilgan miqdori ta’minlangan muhit.
Xavfli muhit – ishlab chiqarish omillari inson sog‘ligiga salbiy ta’sir etib, uzoq ta’sir etuvchi kasalliklarni yoki tabiiy muhitning salbiy o‘zgarishiga olib keluvchi muhit.
Favqulodda xavfli muhit – ta’sir etuvchi omillar qisqa vaqt ichida turli xil jarohatlar yoki baxtsiz hodisalarni keltirib chiqarishi va atrof – muhitni buzilishiga olib kelish xavfi bilan tavsiflanadi.
Ish o‘rni — mehnat faoliyati jarayonida xodimning doimiy yoki vaqtinchalik bo‘lish joyi.
Ish joylarining ergonomikasi - bu mehnat jarayonlarini tashkil etuvchi mutaxassislarning ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Ular iqtisodiyot, insonparvarlik va ergonomikaning talablarini uyg'un tarzda birlashtirishi kerak. Ish o’rnini to'g'ri tashkil etish bizga quyidagilarni ta'minlashga imkon beradi:

  1. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.

  2. Qo'shimcha xarajatlarni kamaytirish.

  3. Kerakli sifat ko’rsatkichlariga erishish.

  4. Ishchi bardosh berishi mumkin bo'lgan stress va ish yuki.

  5. Mahsulot yaratishning iqtisodiy jihatdan samarali hajmlari.

Qadimdan inson o‘z mehnat qurollariga va mehnat sharoitiga moslasha borgan va bu stixiyali ravishda bo‘lgan. Ayni vaqtda insonlardan ham aniqlik, ham tez, ham bexato harakat qilish talab etiladi. Bu harakatlar katta ruhiy zo‘riqish bilan bog‘liqdir. Optimal ish sharoitini ta’minlash mashina yoki asbob bilan muomala qilishda ko‘proq qulaylik yaratish uchun mutaxassislar jalb etiladi.
XX asrning oxiriga kelib ergonomikada uchta asosiy yo'nalish mavjud edi:
1. Jismoniy mehnat bilan bog'liq bo'lgan odamning anatomik, antropometrik, fiziologik va biomexanik xususiyatlari bilan bog'liq masalalarni ko'rib chiqadigan jismoniy muhitning ergonomikasi. Ko'pchilik haqiqiy muammolar ish pozitsiyasi, materiallar bilan ishlash, mushak-skelet tizimining buzilishi, ish joyining tuzilishi, ishonchliligi va salomatligi kiradi.
2. Kognitiv ergonomika psixik jarayonlar bilan bog'liq, masalan, idrok, xotira, qaror qabul qilish, chunki ular inson va tizimning boshqa elementlari o'rtasidagi o'zaro aloqasiga ta'sir qiladi. Tegishli masalalarga aqliy mehnat, qaror qabul qilish, malakali ijro, odam-kompyuter o'zaro ta'siri kiradi, asosiy e'tibor odamlarni tayyorlash va ijtimoiy muhitga, umr bo'yi o'qishga qaratiladi.
3. Tashkiliy ergonomika ijtimoiy-texnik tizimlarni optimallashtirish bilan bog'liq masalalarni, shu jumladan, ularni ko'rib chiqadi tashkiliy tuzilmalar va boshqaruv jarayonlari. Muammolarga shaxslar o'rtasidagi aloqa tizimini ko'rib chiqish, guruh resurslarini boshqarish, loyihalarni ishlab chiqish, hamkorlik, guruh ishi va menejment kiradi.
Ergonomika doirasida besh xil moslik – ma’lumot–axborot, biofizik, energetik, fazoviy–antropometrik va texnik-estetik moslik mavjud bo‘lib, ularni ta’minlash ishni, qo‘yilgan vazifani muvaffaqiyatli yakunlanishini kafolatlaydi.

Download 253,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish