FLASH DASTURIDA INTERFAOL ANIMASIYALAR YARATISH
Animatsiyani biror “tuynuk” (masalan, kinokamera obyektivi) orqali tomosha
qilish effektini hosil qilish uchun niqob-qatlamdan (maxsus qatlam) foydalaniladi.
Agar niqob qatlamning kalit kadrida biror bo`yalgan obyekt mavjud bo`lsa, bu
obyekt niqob- qatlam pastki qismida joylashgan qatlamlaridagi obyektlarni
tomosha qilish darchasi vazifasini bajaradi. Bu effektni masalan, qorong`i xonani
fonar orqali yoritishni namoyish etishda qo`llash mumkin. Oddiy qatlamni niqob-
qatlamga aylantirish uchun qatlam kontekst menyusidan "Маска" bandi tanlanadi.
Bitta faylda bir nechta niqob qatlam bo`lishi mumkin. Ularning har biri bir
nechta qatlamni niqoblashi mumkin. Agar qatlam sichqoncha yordamida sudralib
niqob qatlamdan pastga tushirilsa, bu qatlam niqoblangan qatlam bo`ladi.
1-rasm. Niqob- qatlam hosil qilish Animatsiya tovush qo`shish uni yanada
qiziqarli bo`lishini ta’minlaydi. Flashda tovush hosil qilish imkoniyati kozda
tutilmagan. Biroq, turli formatdagi tovushli fayllarni import qilish va o`zgartirish
imkoniyati mavjud. Ko`pincha WAV, AIFF, MP3 formatlari qo`llaniladi. Tovush
ham rastrli tasvirlar qatori kutubxonada saqlanadi. Filmga tovush qo`shish uchun
quyidagi qadamlar bajariladi:
•
Filmga bir yoki bir nechta tovushli fayl import qilinadi.
•
Vaqt shkalasiga yangi qatlam (lar) qo`shiladi.
•
yangi tovush qatlamida kalit kadr tanlanadi.
•
tovushli fayl kutubxonadan montaj stoliga sichqoncha yordamida sudraladi.
Yoki xususiyatlar panelining "Звук" ro`yxatidan talab qilinadigan tovush fayli
nomi tanlanadi.
2-rasm. Tovush o`rnatishda xususiyatlar paneli
Flash- filmni tahrirlash .fla kengaytmali faylda amalga oshiriladi. Film
tugallangandan so`ng, kompilyatsiyalanadi. Flash- filmlarni Flash- pleyerda
namoyish etish imkonini beruvchiformat .swf formatidir. Bu format filmning
barcha interfaol imkoniyatlarini quvvatlaydi. Shuningdek, HTML- hujjat
formatidan ham foydalanish mumkin. swf formatida “ishlatishga tayyor
animatsiya” hosil qilish uchun "Файл" menyusidagi "Опубликовать" bandi
tanlanadi. Animatsiyani videoformatda saqlash uchun "Файл" menyusidagi
"Экспорт" bandi tanlanadi.
3-rasm. Animatsiyani eksport qilish formatlari
Ba’zi tafsilotlarga to`xtalamiz:
•
AVI (Microsoft Video) formatiga eksport qilishda hosil bo`ladigan
videoning
sifati
tanlanadigan
kodekka
bog`liq.
Kutubxona
simvollari
harakatlanmaydi.
•
video formatga eksport qilishda Quick Time formati sifatli hisoblanadi.
Shuningdek, animatsiyani keyinchalik tahrirlash uchun ham bu format qo`l
keladi.
4-rasm. SWF formatida chop etish imkoniyatlarini sozlash
Filmni Windows Projector (exe) formatida chop etish orqali o`zi bajariladigan
.exe kengaytmali fayl hosil bo`ladi va o`z ichiga SWF-fayl hamda Flash-pleyerni
oladi. Bu faylni istalgan joyda va istalgan vaqtda ishga tushirish mumkin bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |