3. Lizing operatsiyalari va uning asosiy elementlari Lizing shartnomasi va turlari


Alohida shartnomalar bo‘yicha sug‘urta



Download 100,29 Kb.
bet5/20
Sana31.12.2021
Hajmi100,29 Kb.
#200456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1508776499 69445

Alohida shartnomalar bo‘yicha sug‘urta. Bu usul bir mijozga bir necha tovar yetkazib berish emas, balki alohida holatlarda, katta summalarda shartnomalar imzolanganda qo‘llaniladi.

Ma’lum holatlarda esa bularning kombinatsiyasi ham qo‘llanilishi mumkin.

Faktoring xizmati to‘g‘risida bank yetkazib beruvchi bilan shartnoma imzolashdan oldin yetkazib beruvchi bankka to‘lovchining nomi va adresi, u bilan kelishuv shartlari, barcha qarzdorlik to‘lovlari summasi, har bir qarzdorning summasi, u bilan oradagi munosabat va boshqa tur ma’lumotlarni taqdim etadi. Barcha ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, bank kelishuv shartlari to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Faktoring xizmatlari to‘g‘risidagi kelishuv, odatda, 1–4 yilga tuziladi. Konvension faktoringda kelishuv to‘liq xizmat amalga oshirilishi uchun, konfi densial faktoringda esa kelishuv faqat schot-fakturalar hisobini (diskontirovka) yuritish uchun tuziladi.

To‘liq xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuv regress qil ish huquqi bilan tuziladi (ma’lum vaqtga asosan, to‘lov muddatidan so‘ng 90 kun), alohida holatlarda esa, yetkazib beruvchi bankning ishonchini qozongan bo‘lsa, regress huquqi bo‘lmasligi ham mumkin. Davlatlararo savdo-sotiq qiladigan korxonalarga xizmat ko‘rsatishda eksport va import faktoringidan ham foydalaniladi.

Faktoring kelishuvida faktoring turidan tashqari, shuningdek, quyidagilar ko‘rsatiladi:



  • sotib oluvchilar, taqdim etiladigan majburiyatlar;

  • taqdim etiladigan majburiyatlarning nazorat summasi;

  • avans miqdori;

  • ushlab qolishlar;

  • majburiyatlarni to‘lash muddatlari;

  • faktoring operatsiyalarini bajargani uchun to‘lov miqdori;

  • yetkazib beruvchi tomonidan olinadigan qo‘shimcha xizmat-lar;

  • faktoring operatsiyalari bo‘yicha chegaraviy summa;

  • regress huquqi;

  • sotib oluvchi to‘lashining oxirgi muddati;

  • to‘lovchi to‘lovni o‘z vaqtida to‘g‘ri amalga oshirmaganda ko‘ riladigan choralar;

  • shartnoma shartlarini buzganliklari uchun tomonlarning javobgarligi;

  • faktoring bo‘limiga operatsiyalar bo‘yicha shikoyat muddat-lari;

  • kelishuvning amal qilish muddati;– kelishuvning bekor qilinish shartlari.

Kelishuvda bank va mijozlarning huquq va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tiladi.

Bank majburiyatlari:



  • unga taqdim etilgan qarzdorlik majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lash;

  • mijozga hisob-kitoblar to‘g‘risidagi holatni yoki ma’lum to‘-lovchilar bilan yuzaga kelgan qiyinchiliklar to‘g‘risida axborot taqdim etish.

Mijoz majburiyatlari:

  • bankka barcha yetkazib berilgan tovarlar yoki ko‘rsatil gan xizmatlar haqidagi hujjatlar, shuningdek, mijoz, tovar va xizmatlarning akseptlangani to‘g‘risidagi hujjatlar, shartnoma shartlari hamda tovar miqdori va sifatlar to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etish;

  • uning tovar va xizmatlarni sotib oluvchilari bilan o‘z vaqtida mavjud bo‘lgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish;

  • nomaqbul o‘zgarishlar to‘g‘risida bankka o‘z vaqtida ma’lu-mot berish, ularning bank faktoring operatsiyalariga ta’sir etish doirasini belgilash;

  • arbitrajda ishlarni ko‘rib chiqishda bank bilan birga ishtirok etish.

Faktoring operatsiyalari bank balansida aks ettirilib, debet tomonida bank yetkazib beruvchiga to‘lagan summa, kredit tomonida esa to‘lovchi bankka to‘lagan summa aks ettiriladi.

Faktoring bo‘limi ishlarni amalga oshirish uchun keyingi moliyaviy yil rejasini tuzadi. Bular:



  • taxmin qilinayotgan faktoring operatsiyalar hajmi;

  • rejalashtirilgan miqdorlar, kreditlarni taqdim etish va ularni to‘lash shartlari;

  • faktoring operatsiyalarini ko‘paytirish uchun foydadan o‘t-kazmalar miqdorini aniqlashdir.

Faktoring bo‘limlarini bankning bosh bo‘limlarida hamda bank fi liallarida tashkil qilishi mumkin. Uning faoliyati bank ma’muriyati tomonidan kuzatilib boriladi.

Faktoring mijoz – yetkazib beruvchi uchun foydalidir. Birinchidan, u umumiy summaning asosiy qismini shu vaqtda oladi va o‘zining yetkazib beruvchilari bilan hisob-kitobda iqtisod qiladi. Ikkinchidan, bank to‘lanmagan majburiyatlarni o‘ziga olgandan so‘ng, ularning to‘lanmaslik tavakkalchiligini oladi. Uchinchidan, yetkazib beruvchi o‘z majburiyatlarini olishining aniq muddatini bilib, o‘z rejalarini amalga oshirishi mumkin. To‘rtinchidan, bank mijozga to‘liq summani to‘laguncha boshqa xil xizmatlarni ham ko‘rsatadi: informatsiya, audit, sug‘urta, statistik ma’lumotlar va boshqalar.

Faktoring xizmatlari kichik va o‘rta tashkilotlarga qo‘l keladi, chunki ularning ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyati bor, ammo o‘z vaqtida to‘lanmagan debitor qarzlari hisobiga moliyaviy jihatdan biroz qiynaladilar.

Ammo quyidagi yetkazib beruvchilar faktoring operatsiyalari subyekti bo‘la olmaydilar:



  • qarzdorlari ko‘p, ammo qarz summalari kam;

  • nostandart va tor doiradagi tovarlarni yetkazib beruvchilar;

  • o‘z mahsulotlari sotilgandan keyin xizmat ko‘rsatish sharti bilan yoki barter orqali sotadigan tashkilotlar;

  • subpudratchilar bilan ishlovchi quruvchi va boshqa fi rmalar;

  • o‘z mahsulotlarini uzoq muddatli shartnomalar hamda schot lar asosida bosqichma-bosqich taqdim etadigan yoki avans to‘lovlarini oluvchi tashkilotlar.

Bundan tashqari, quyidagi holatlarda qarz majburiyatlari o‘tkazilmaydi: tashkilotlar to‘lovga qobiliyatsiz deb topilganda, jismoniy shaxslardan, shuningdek, tashkilot fi liallaridan va tashkilot bo‘limlaridan. Buni bankning o‘zi risk darajasiga qarab belgilaydi.

Faktoring xizmatlari chuqur tahlildan so‘ng bozorda talabga ega bo‘lgan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchilarga, ishlab chiqarishni kengaytirishni va foydani ham oshirishni ko‘zda tutuvchilarga xizmatlar ko‘rsatadi, moliyaviy mablag‘lar yetishmasligi bularda vaqtinchalik hol hisoblanadi.



Download 100,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish