3-laboratoriya: Multimedia texnologiyalari
Multimediya - interaktiv texnologiya bo‘lib, qo‘zg`almas tasvirlar,
videotasvirlar, animatsiyalar, matn va ovoz bilan ishlashni ta'minlaydi.
Multimedia texnologiyasi yaratishning dastlabki vositalaridan biri, matndan
tuzilgan axborotlar, tasvirlar, ovoz, nutq bilan ishlashni ta'minlovchi, gipermatn
texnologiyasi hisoblanadi (8.6-rasm). Multimediya tizimlarining paydo bo‘lishi
texnikaviy taraqqiyotga turtki bo‘ldi, ya'ni EHM larning operativ va tashqi
xotiralarining hajmi oshdi, keng ko‘lamda grafik imkoniyatlarga ega bo‘lgan
EHM lar paydo bo‘ldi, videotexnikalarning sifati ko‘tarildi, lazerli kompakt-
disklar vujudga keldi va hokazo.
1988 yilda S. Djobs multimediali ShK ning printsipial yangi turi bo‘lgan
NeXT kompyuterini yaratdi. Multimediya tizimlarining asosiy vositasi ushbu
kompyuterning arxitekturasiga texnik va dasturiy vositalariga poydevor qilib
qo‘yilgan. Unga yangi va kuchli bo‘lgan, 68030 va 68040 markaziy
protsessorlar, signallarga ishlov beruvchi DSP protsessori tadbiq qilindi.
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta
tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir.
Multimedia vositalari
asosida o‘quvchilarni o‘qitish quyidagi afzalliklarga
ega:
a)berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish
imkoniyati;
b) ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi
yanada ortadi:
v) ta'lim olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga
erishish;
g) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo‘lganda
amaliyotida qo‘llash imkoniyatiga erishiladi.
Masofaviy ta'lim uslubi asosida o‘qitish quyidagi texnologiyalarni o‘z ichiga
oladi:
Interaktiv texnologiyalar:
audiokonferentsiya (audioconferencig);
videokonferentsiyalar (videoconferencig);
ish stolidagi videokonferentsiyalar (desktop videoconferencig);
elektron konferentsiyalar (e-mail, on-line services);
ovoz kommunikatsiyalari (voice mail);
ikki tomonlama sputnik aloqa;
virtual borliq (virtual reality);
Nointeraktiv texnologiyalar:
bosib chiqarilgan materiallar;
audiokassetalar;
videokassetalar;
bir tomonlama sputnik aloqa;
televizion va radio ko‘rsatuvlari;
disketa va CD-ROM lar.
Masofaviy ta'lim asosida ta'lim berishning mavjud zaxiralari quyidagi 8.1-
jadvalda yaqqol ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |