Elka suyagining yuqori uchi sharsimon boshcha (10) bo’lib kurak suyagi bilan birikadi. Boshchaning qolgan qismidan unchalik chuqur bo’lmagan ariqcha (8) yordamida ajralib turadi; ana shu bo’yinchaning pastki tomonida ikkita katta (9) va kichik (1) dumboqcha, harqaysi dumboqchadan pastgaqarab bittadan qirra (2, 7) va undan ham pastda anatomik (11), xirurgik (12) bo’yinchalar joylashgan. Mazkur suyakning tanasidaqon va nerv tomirlari uchun teshikcha mavjud bo’lib, muskllarni birktirib turish uchun, uning yuzasida g’adir-budurlik (6) joylashgan. Elka suyagining yuqori uchi sharsimon boshcha (10) bo’lib kurak suyagi bilan birikadi. Boshchaning qolgan qismidan unchalik chuqur bo’lmagan ariqcha (8) yordamida ajralib turadi; ana shu bo’yinchaning pastki tomonida ikkita katta (9) va kichik (1) dumboqcha, harqaysi dumboqchadan pastgaqarab bittadan qirra (2, 7) va undan ham pastda anatomik (11), xirurgik (12) bo’yinchalar joylashgan. Mazkur suyakning tanasidaqon va nerv tomirlari uchun teshikcha mavjud bo’lib, muskllarni birktirib turish uchun, uning yuzasida g’adir-budurlik (6) joylashgan. Elka suyagining pastki kengaygan uchi, ikki tomondan g’adir-budur tepacha hosil qilib tugaydi, bular medial tepacha (15) va lateral tepacha (13) lardir. Ikkala (4) va (5) tepachalar orasida bilak suyaklari bilan birlashadigan bo’g’im yuzasi joylashgan, u ikki bo’lakka ajraladi; medial tomonda ko’ndalang joylashgan va tirsak suyagi bilan birlashadigan g’altak bo’lsa, lateral tomonda bilak suyagi bilan birlashish uchun yarim sharga o’xshash bo’g’im yuzali boshcha bor. G’altakning tepasida, oldingi tomonda toj (3) ko’rinadi, unga tirsak suyagining toj qismi kirib turadi. g’altakni tepasida, orqa tomonda tirsak suyagining tirsakqismi kirib turadigan chuqurcha (14) bor. Bilak suyaklari naysimon ikkita uzun suyaklardan iborat. Medial tomonda tirsak (19) suyagi, lateral tomonda esa bilak (24) suyagi joylashadi. Tirsak suyagining yuqori, yo’g’on uchida elka suyagi bilanqo’shiladigan katta g’altaksimon bo’lim o’ymasi (17) bo’lib, old tomonda tojqsimi (18) va orqa tomonda tirsakqismi (16) bilan chegaralanadi; pastki uchi esa yumaloq tirsak boshi (20) va bigizsimon (21) nuqtasi bilan tugaydi. Suyaklanish nuktasi suyakning yukori kismida 8-10 yoshlarda, pastki kismida 4-8 yoshlarda tarakkiy etadi. 16-17 yoshlarda tana (diafiz) kismi bilan suyaklanish davri boshlanadi va 20-24 yoshlarga borib batamom suyaklanib bitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |