3-laboratoriya ishi. Mavzu: Astronomiyadan to`garak, konferensiya, kechalar o’tkazish uchun rejalar tuzish



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
Sana12.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#784043
Bog'liq
3-laboratoriya ishi



3-laboratoriya ishi. 
Mavzu: Astronomiyadan to`garak, konferensiya, kechalar o’tkazish uchun 
rejalar tuzish. 
Reja: 
1. Yuqori sinflar to‟garagi tashkillanilishi
2. Astronomiya to‟garagining chuqqurlashtirilgan dasturi haqida
Astronomiyaga qiziquvchi maktab o‟quvchilari uchun to‟garaklarni alohida 
sinflar uchun tashqil qilinadi. Kichik yoshdagi maktab o‟quvchilari uchun 
to‟garagda mashg‟ulotlar qiziqarli tarzda bayon etiladigan, elementar astronomik 
tushunchalar haqidagi suhbati tarzida o‟tkaziladi. Kuzatishlar sistemali xarakterda 
bo‟lib, ular uchun kerakli asbob uskunalar tayyorlanadi.
Yuqori sinflar to‟garagida esa o‟quvchilarning mustaqil ishlari elementar 
nazariyani o‟rganish amaliy mashg‟ulotlar bilan birgalikda olib boriladi.Maktabda 
fizika - astronomiya va geografiya o‟qitishda ular to‟g‟risidagi o‟zaro bog‟lanishni 
yanada rivojlantirish uchun fizika astronomiya yoki geografik – astronomik 
to‟garaklar tuzish mumkin.
Har bir to‟garak mashg‟ulotini haftada bir marta 1-2 soat davomida o‟tkazish 
tavsiya etiladi.
Davomat va mashg‟ulotlar mazmuni hisobga olib boriladigan jurnal tashqil 
qilish, devoriy gazeta chiqarish yaxshi natijalar beradi. To‟garagning asosiy 
vazifasi astronomiya bo‟yicha dastlabki ma‟lumotlarni o‟rganishdan iborat bo‟ladi. 
O‟quvchilar yulduzlar osmoni, osmon sferasining sutkalik aylanishi, yulduzlar 
osmoni ko‟rinishining yillik o‟zgarishi bilan tanishadi. 
Sutka davomida yoritgichlar balandligining o‟zgarishini, yil fasllari 
davomida Quyoshning tush paytidagi balandligining o‟zgarishini kuzatish bu 
hodisalarning mohiyatini tushunib olishga imkon yaratadi. Oyning yulduzlar 
tekisligida ko‟chishini, uning fazalarning o‟zgarishini, shuningdek, planetalarning 
yulduzlar orasida siljishini ko‟rish uchun kuzatishlar qilinadi.
O‟qituvchi yulduzlar osmonining mazmunini bayon etgan va ularni kuzatish 
uchun sodda ko‟rsatmalarga ega bo‟lgan bir qancha kitoblarni qanday keta-ketlikda 


o‟rganish rejasini ishlab chiqadi va o‟quvchilarga Ma‟lum qiladi. To‟garak 
mashg‟ulotlaridagi 
suhbatlarga 
o‟qituvchi 
astronomiya 
tarixining 
elementlari,yulduz to‟dalari va planetalar nomlari bilan bog‟liq bo‟lgan afsonalarni 
kiritadi. 
Birinchi yarim yillikda to‟garak mashg‟ulotlaridagi barcha suhbatlarni 
o‟qituvining o‟zi olib boradi, keyinchalik esa o‟quvchilarni jalb etish maqsadga 
muvofiq bo‟ladi. Bu o‟quvchilar faoliyatining sezirlarli faollashishiga olib keladi. 
Yuqori sinflar to‟garagida mashg‟ulotlarning mazmuni murakkablashadi. Bu 
yerda Oy va planetalar harakati qonunlari, tutilishlarning sabablari, Quyosh 
sistemasi jismlarining fizik tabiati bilan tanishtirish mumkin. Osmon sferasi 
elementlarini o‟rganish yulduzlar osmonining surilma kartasidan tushungan holda 
foydalanish va astronomiyaning ayrim amaliy qo‟llanishlarini ko‟rib chiqish 
imkonini beradi.
O‟quvchilarga maktab ustaxonasida to‟garak uchun kerakli bo‟lgan asboblar, 
modellar, asboblarni konstruktsiya qilish va tayyorlashni topshirish mumkin. 
Kuzatishlar asta-sekin yulduzlar osmoni bilan chuqurroq tanishish xarakteriga ega 
bo‟ladi: qo‟shaloq yulduzlar, yulduz to‟dalari, tumanliklar kuzatiladi. Quyoshning 
aylanishini va Quyosh aktivligining o‟zgarishini ko‟rish uchun sistemali ravishda 
Quyosh dog‟larini kuzatish tashqil qilinadi.
Oyni kuzatish davomida o‟quvchilar Oy sirtining sxematik kartalaridan 
foydalanishadi, diqqatga sazovor obhktlarni o‟rganib, ularning chizmalarini 
chizadilar. Teleskop yordamida olingan planetalar ko‟rinishining chizmalari bilan 
birgalikda materialni bayon qilish amalga oshiriladi. Barcha kuzatish natijalari 
umumlashtiriladi va o‟quvchilar, davriy ravishda, o‟z kuzatish materiallari 
bo‟yicha to‟garak mashg‟ulotlarida ma‟lumot berib boradilar. 
Ilmiy – ommabop adabiyot bilan ishlash va davriy matbuot materiallaridan 
sistemali ravishda foydalanishga alohida ehtibor beriladi. O‟quvchilarga alohida 
mavzular bo‟yicha referatlar tayyorlashni topshirish kerak. O‟qituvchinig 
suhbatlari bilan birgalikda mashg‟ulotlarning asosiy mavzulari bo‟yicha 
o‟quvchilarning ma‟ruzalari tinglandi.


Astronomiya to‟garagining ishi chuqqurlashtirilgan dastur asosida olib 
boriladi. U o‟z ichiga, tadqiqotlarning zamonaviy vosita va metodlarini, kosmik 
fazo va osmon jismlarining fizik tabiati hamda Koinotning tuzilishi va 
evolyutsiyasi haqidagi ilmiy tasavvurlarni o‟rganishini oladi. Modellarning 
konstruktsiya qilish va tayyorlashda asosiy ehtiborni ko‟chma qurilmalar 
kameralar 
va 
osmonni 
rasmga 
oluvchi 
qurilmalar 
teleskoplar 
uchun 
fotoqurilmalarga qaratiladi.
Yuqori sinf o‟quvchilari bilan olib boriladigan kuzatishlarni har bir 
o‟quvchining qiziqishini hisobga olgan xolda aniq tematik bo‟yicha tashqil etish 
kerak. To‟garak ahzolarining bir qismiga Quyoshni, boshqalariga o‟zgaruvchan 
yulduzlarni, uchinchi qismiga esa meteorlarni, to‟rtinchi bir bo‟lagiga planetalarni 
muntazam kuzatib borishlari topshiriladi. Bunda ularning diqqatini kuzatish 
natijalarini qayta ishlash usulariga tartibga solish va mazmunini ochishga qaratish 
juda muhim.
Agar kuzatishlarning natijalari grafik tarzda katta formatdagi qog‟ozda 
tasvirlansa, ular to‟garak mashg‟ulotlarida hamda astronomiya darslarida yaxshi 
ko‟rgazmali qo‟llanma sifatida xizmat qilish mumkin. Yuqori sinf o‟quvchilari 
uchun mo‟ljallangan to‟garak mashg‟ulotlarini o‟tkazish metodikasi shunday 
qurilishi kerakki, oqibatda o‟quvchilar o‟zlarini qiziqtirgan ma‟lumotlarni mustaqil 
izlash ko‟nikmalariga ega bo‟lishlari kerak. Bunga erishilgandan so‟ng ular yuqori 
ko‟rsatgichlar bilan ishlay boshlaydilar.
O‟quvchilarning o‟zlari o‟qigan adabiyotlari asosida tayyorlagan ma‟ruzalari 
biror bir muammoga bag‟ishlangan maqola materiallari bo‟yicha o‟tkazilgan 
diskussiyalar juda foydalidir. Yuqori sinf o‟quvchilari to‟garakning ijtimoiy 
foydali roli ularning quyi bo‟g‟ini astronomik to‟garaklari mashg‟ulotlariga 
raxbarlik qilish paytida namoyon bo‟ladi. Bunday paytda o‟qituvchi ehtiborini 
yuqori sinf o‟quvchilari bilan ish olib borishga qaratish imkoniyatiga ega bo‟ladi. 
Yuqori sinf o‟quvchilari, uning ko‟rsatmalari asosida kichik va o‟rta yoshdagi 
o‟quvchilari to‟garaklarida mashg‟ulotlar olib boradilar. So‟zsiz, to‟garak ishlarini 
olib borishning boshqa shakllari ham mavjud jumladan faqat ikki bosqichni o‟rta 


yoshdagi o‟quvchilar uchun va yuqori sinf o‟quvchilari uchun to‟garaklar tuzish 
mumkin. Bunday holda kichik yoshdagi o‟quvchilar to‟garak ishining butun 
mazmuni o‟rta yoshdagi o‟quvchilar to‟garakning mazmunidan joy oladi. 
Astronomik to‟garaklardagi mashg‟ulotlardan tashqari ilmiy tekshirish 
institutlari astronomik va geofizik observatoriyalar xalq observatoriyalari 
planetariylarga ekskursiyalar uyushtirish juda foydalidir. Bunday ekskursiyalarni 
shu tashqilotlarning mutaxassislari tomonidan o‟qituvchi bilan ekskursiyaning 
o‟quv tarbiyaviy vazifalari haqida oldindan suhbatlashib olingandan so‟ng 
o‟tkazilgan mahqul. Ekskursiyalar uzoq davom etmay o‟quvchilarni tushunadigan 
ortiqcha detallardan holi informatsiya bilan tanishtiradigan darajada bo‟lishi lozim.
Astronomiya to‟garagining tematikasi masalasi eng muhim hisoblanadi. 
Ko‟pincha o‟qituvchilar to‟garak uchun osmon koordinatalari, kalenderlar, 
teleskoplar, optik asboblar va boshqalarni tanlashadi. Astronomiya o‟qituvchisi 
rahbarlik qiladigan to‟garak ishi o‟quvchilarning to‟garakdagi ishini astronomiyani 
o‟qitish bilan to‟laroq bog‟lash imkoniyati bo‟lishi uchun ko‟proq astronomiya va 
astrofizik asboblar tematikasi bo‟yicha olib boriladi. Astronomiya to‟garagini 
tashqil etish bilan o‟qituvchi o‟quvchilarning shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish 
va rejalashtirilayotgan to‟garak faoliyatini ular bilan birga qo‟shib olib borishi 
kerak. To‟garaklar tematikasining zamonaviyligi katta ahamiyatga ega. Ma‟lumki 
o‟quvchilarni teleskoplar, radioteleskoplar, Ulug‟bek rasadxonasi, O‟zbekistonda 
astronomiya va boshqa masalalar qiziqtiradi. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‟lgan 
to‟garak ishlari quyosh haqida umumiy ma‟lumotlar, quyosh energiyasining 
manbai, planetalar va ularning yo‟ldoshlari kabi mavzular ayniqsa o‟quvchilarni 
qiziqtiradi.
To‟garak tematikasining mazmunida “Quyosh sistemasining tuzilishi”, 
“Quyosh – eng yaqin yulduz”, “Yulduzlar” mavzularining masalalarini ko‟rib 
chiqaylik. Quyida ko‟rib chiqiladigan alohida to‟garaklar bo‟yicha rejalashtirish 
varianti darslikda keltirilgan ketma – ketlikdan bir oz chetga chiqsada, biroq 
materialni bayon etishning umumiy yo‟nalishini taklif qiladi. U Quyosh 
sistemasining tuzilishi g‟aqidagi tushunchalarning rivojlanishini olimlarning 


alohida kashfiyotlari natijasi sifatida emas, balki olamni bishning qiyin va 
murakkab yo‟li fanning umumiy rivojlanish jarayonining bir qismi ekanini 
ko‟rsatish imkonini beradi. Umum ta‟lim maktablari to‟garak tematikasining 
mazmunini ishlab chiqish.
1- to‟garak dars. Planetalarning konfiguratsiyasi va sinodik aylanish davrlari. 
Planetalar va sunhiy osmon jismlarining harakat qonunulari. To‟garak darsning 
maqsadi: plnetalarning ko‟rinma joylashishining davriyligi va ularning orbital 
harakatining asosiy qonunlari (Kepler qonunlari)ni tushuntirish; bu qonunlarning 
sunhiy osmon jismlari harakatiga tadbiqini ko‟rsatish. Ko‟rsatmali qo‟llanmalar: 
“Quyosh sistemasi” va “Kosmik uchishlar (sunhiy yo‟ldoshlar) diapozitivlari yoki 
filg‟mlardan kadrlar; ichki va tashqi plenatalarning konfiguratsiyalari va fazalari: 
“Maktab astronomik kalendari”, plenatalar sistemasining modeli.
Materialni bayon qilish rejasi:
1.Ichki va tashqi planetalarning asosiy konfiguratsiyalari, ularning 
konfiguratsiyalari farqlari va ko‟rinish shartlari.
2.Konfiguratsiyalarning aylanish davrlari. Planetalarning yulduz va sinodik 
aylanish davrlari.
3.Kepler qonunlari, ularning kashf qilinishi va ahamiyati. 
4.Planetalarning Quyoshga nisbatan egallagan Ma‟lum vaziyatlariga 
ularning konfiguratsiyalari deyiladi.
Planetalarning konfiguratsiyasi bilan tanishishni planetalar, Yer va 
Quyoshning o‟zaro turlicha joylashishlarini o‟zida aks qilgan katta hajmdagi 
ko‟rsatmali qurollarni namoyish qilishdan boshlanadi. O‟quvchilarning diqqatini 
konfiguratsiyalarning xarakterli belgilariga jalb qilgan holda, ularning nomlari, 
Quyosh va planetalarning osmondagi vaziyatlarigagina bog‟liq bo‟lib, fazoviy 
o‟rinlariga bog‟liq bo‟lmasligi tushuntiriladi. Planetalarning ko‟rinish shartlarini 
yulduzlar osmonining surilma xaritasidan foydalanib namoyish qilinadi.
2.Planetaning ketma-ket kelgan ikkita bir nomli konfiguratsiyalari orasida 
o‟tgan vaqt sayyoraning sinodik aylanish davri (S), uning o‟z orbitasi bo‟ylab 


Quyosh atrofida to‟la bir marta aylanib chiqish uchun ketgan vaqt siderik aylanish 
davri (T) deyiladi. Planetalar konfiguratsiyalari qaytarilish davrining uning 
aylanish davri bilan mos tushmasligini, ichki planetalardan birini tasvirlovchi 
kichik shar yordamida namoyish qilinadi.
3.Keplergacha osmon jismlarining harakati “aniq egri chiziq”- aylana 
bo‟ylab ro‟y beradi, hisoblanar edi. U birinchi bo‟lib, Marsning o‟rnini kuzatish 
materiallaridan foydalanib, hamda planetani Quyosh atrofida aylanadi deb 
hisoblab, Kepler uning orbitasini tuzishga erishdi. Keplerning birinchi va ikkinchi 
qonunlari 1608-1609 yillarda ehlon qilindi. Planetalar harakatining uchinchi 
qonunini esa Kepler 10 yildan keyingina ehlon qildi. 
Keplerning birinchi qonuni. Planetalar Quyosh atrofida elliptik orbitalar 
bo‟ylab harakat qiladi. Bu ellipslarning hammasi uchun umumiy bo‟lgan fokusda 
Quyosh joylashgan. 
Keplerning ikkinchi qonuni. Planetalarning radius – vektorlari teng vaqt 
oraliqlarida teng yuzlar chizadi. Keplerning uchinchi qonuni. Planetalarning 
siderik aylanish davrlari kvadratlarining nisbati ular orbitalarining katta yarim 
o‟qlari kublarining nisbati kabidir.Keplerning umulashgan uchinchi qonuni kosmik 
jismlarning massalarini aniqlash imkonini beradi. Kepler, planetalarning 
harakatlanish 
sabablarini 
tushuntirmsdan, 
faqat 
ularning 
qanday 
harakatlanishinigina tushuntirgan edi. Planetalarning harakat qonuniyatlarini XYII 
asrning ikkinchi yarmida N‟yuton kashf etdi.
2-to‟garak dars. Butun olam tortishish qonuni va undan kelib chiqadigan 
natijalar To‟garak darsning maqsadi: butun olam tortishish qonunining bir qator 
astronomik muammolarni hal qilishdagi ahamiyatini tushuntirish. Ko‟rsatmali 
qo‟llanmalar: diapozitivlar yoki diafilg‟mlardan lavhalar, planetalar harakatidagi 
ko‟tarilishlar, chetlanishlar sxemasi, Neptunning kashf qilinish davrida Uran va 
neptun planetalarining o‟z orbitalaridagi holatlari.
Materialni bayon qilish rejasi:
1.N‟yuton tomonidan butun olam tortishish qonunining kashf qilinishi va uni 
tekshirish.


2.CHekinishli va chekinishsiz harakatlar. Neptun va Plutonning kashf 
etilishi.
3.Ko‟tarilish va pasayishlar, ularni tushuntirish va uning Yer – Oy sistemasi 
evolyutsiyasidagi roli.
1.Ingliz olimi I. N‟yuton Yerdagi og‟irlik kuchi olamdagi barcha jismlar 
orasida o‟zaro ta‟sir etuvchi tortishish kuchining bir ko‟rinishi degan xulosaga 
keldi. Yer yuzidagi og‟irlik kuchining tezlanishi 9,8 mzs2 ga teng. Agar og‟irlik 
kuchi masofa kvadratiga teskari proportsional ravishda o‟zgarsa, Yerdan taxminan 
60 Yer radiusiga teng masofada joylashgan Oy, 602= 3600 marta kam, markazga 
intilma tezlanishni his etishi kerak, yahni
𝑔
1 = 9.8 м/ 
𝑐
2
⁄ 3600 = 0.0027 м /
𝑐
2
Ikkkinchi tomondan aylana bo‟ylab harakatlanayotgan jism, 
𝑎

𝜔

𝑟
ga 
teng bo‟lgan markazga intilma tezlanishga ega bo‟ladi, bunda 
𝜔
- jismning 
burchak tezligi, r aylananing radiusi.
Soddalik uchun Oy orbitasining radiusi 
𝑟
= 60R0 bo‟lgan aylanadan iborat 
deb hisoblasak (bu yerda 
𝑅
≈ 6400 km - Yer radiusi), u holda r= 60 ∙ 6400 ∙ 103м = 
3.84 ∙ 106м Oyning aylanish davri T=27,32sutqayoki 
𝑇
= 27,32 ∙ 864000, 
𝑐
= 2,36 
∙ 106 
𝑐
. Bundan Oy orbital harakatning markazga intilma tezlanishi quyidagicha 
topiladi: 
𝑎
= ( 2
𝜋
𝑇
)2r=0.0027 mzs6 
Bu ikkala kattalikning bir-biriga mos kelishi, Oyning o‟z orbitasida ushlab 
turuvchi kuch, aslida, Yer yuzasidagi tortishish kuchidan 3600 marta kichik 
ekanligini ko‟rsatadi. 2.Chekinishsiz harakat. Kepler qonunlariga aniq 
bo‟ysunadigan harakat chetlanishlarsiz harakat deyiladi. Bunday ideallashtirish, 
ikki jismnigina o‟zaro ta‟sirini hisobga olishi nazarda tutadi: masalan, planeta 
harakati, faqat Quyoshning tortish kuchi ta‟sirida boshqariladi deb qaraladi. Ikki 
jism masalasi N‟yuton totmonidan to‟liq hal qilingan. Chekinishli harakat. Quyosh 
sistemasi jimslari faqat Quyoshgagina tortilmasdan, balkibir-biri bilan ham 
tortishishlarining oqibatida vujudga kelgan chekinishli harakat tufayli ro‟y beradi. 
Chekinishlardan holi orbitalardan chetga chiqishlar hisobiga hosil bo‟lgan natijaviy 


harakat chetlanishli harakat deyiladi. Ingliz astronomi V. Gershel 1781 yilda faqat 
teleskopdagina kuzatiladigan yangi katta sayyora-Uranni kashf etdt. Uran 
orbitasining tashqarisida, undan uzoqda noMa‟lum sayyora bo‟lib, u o‟zining 
tortishish maydoni bilan Uran harakatini chekintiradi degan fikr vujudga keldi. 
Astronomiya fani oldiga Uranning harakatidagi chekinishlardan uni chekintiruvchi 
noMa‟lum sayyoraning vaziyatini aniqlash masalasi qo‟yildi. Bu murakkab masla 
deyarli bir vaqtda frantsuz olimi Leverg‟e va ingliz olimi Adams tomonidan 
mustaqil ravishda yechildi. 1846 yil 23 sentyabrda nemis astronomi Galle 
noma‟lum sayyorani Lavere nazariy hisoblashlar yordamida ko‟rsatgan nuqtadan 
chetroqda kuzatdi. Yangi sayyoraga Neptun deb nom berildi. 1930 yilda AQSHlik 
astronom Tombo ko‟p yillik kuzatishlari asosida Quyosh sistemasidagi 
to‟qqizinchi planeta Plutonni kashf etdi. Ko‟tarilish to‟lqinlarining energiyasi Yer 
sharidagi barcha daryolardagi suvlarning quyilish energiyasidan ortiqdir. Bundan 
ko‟rinadiki ko‟tarilishlar energiyasidan foydalanish, dunyo energetikasining 
o‟sishiga katta hissa qo‟shadi. Quyosh Yerdan juda uzoqda bo‟lganligi uchun 
okeanlarda Oyga nisbatan 2,2 arta kuchsiz ko‟tarilishlar hosil qiladi. Planetalarning 
hech qaysi biri, yulduzlar ham amalda Yer sirtida ko‟tarilishni yuzaga keltira 
olmaydi. Ko‟tarilish va pasayishlarning davriyligini tushuntirib, Oyning Yer 
atrofida aylanishi oqibatida Oyning yuqori va quyi kulg‟minatsiyalari to‟liq yarim 
sutkada emas, balki o‟rtacha har 12 soat 26 minutda takrorlanib turishini eslatib 
o‟tish kerak. Ko‟tarilishlar va pasayishlarham huddi shunday davr bilan takrorlanib 
turadi. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylari uchun to‟garak tematikasining 
mazmunini ishlab chiqish. 
1-to‟garak dars. Kosmonavtika elementlari. To‟garak darsining maqsadi: 
Yerning sunhiy yo‟ldoshlari orbitalari va kosmik apparat (KA) larning Oyga va 
planetalarga uchish traektoriyalarining asosiy farq qiladigan tomonlarini ko‟rsatish. 
Nazorat savollari: 
1.Astronomiya to„garaklarining ishini tashqil qilish va rejalashtirish 
„rinsFlari.
2.Yuqori sinflar to‟garagi.


3.Ilmiy – ommabop adabiyot bilan ishlash. 
4.Osmon yoritgichlarining ko‟rinma vaziyatlarini va harakatlarini o‟rganish 

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish