9- ish. Fol reaksiyasi
Fol reaksiyasi yordamida oqsillar molekulasi tarkibida oltingugurt tutuvchi
aminokislotalar- sistein vasistin borligini aniqlash mumkin bo‘ladi. Metionin oltingugurt
bilan kuchli bog‘langanligi uchun bu reaksiyani bermaydi.
Oqsil eritmasiga ishqor qo‘shib qizdirilganda oltingugurt osongina ajralib, natriy sulfid
hosil qiladi. Aralashmaga natriy plyumbit yoki qo‘rg‘oshin atsetat qo‘shilsa, qora rangli
qo‘rg‘oshin sulfid cho‘kmasi hosil bo‘ladi. Reaksiya quyidagicha ketadi:
Qora rangning ravshanlik darajasi eritmadagi oqsilning konsentratsiyasiga hamda
oqsil molekulasidagi sistein va sistinning miqdoriga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |