O’rta guruuda bolalarni fazodada muljalga olishga urgatish
Tevarak- atrofda fazoda muljal olish. Narsalarni ung kul bilan chapdan ungga karab terish kunikmasini mustakkamlash.
U yoki bu predmetning uziga nisbatan joylashuvini suz bilan ifodalashni urgatish (oldimda - stol, orkamda - shkaf, pastda - pol, yukorida - ship, ung tomonimda - deraza, chap tomonimda - eshik, shkaf - uzokda, stul - yakinda ).
Bolalarga berilgan yunalishda (oldinga-orkaga, ungga-chapga) karakat kilishni urgatish.
Tevarak- atrofda fazoda muljal olish buyicha ishlash bir necha yunalishda utkaziladi. Eng oldin amaliy tajriba takomillashtiriladi. Bolalar bu yosh davrida ancha mustakil bulib kolishadi, o’yinchoqlar saklanadigan joyni bilishadi, urnatilgan tartibga amal kilishadi. Urta gurukda ular oshxonada navbatchilik vazifalarini bajarishga urgatiladi, ukuv yilining ikkinchi yarmidan boshlab esa, materialni mashgulotga tayyorlash urgatiladi. Navbatchilarning vazifalarini bajarish stoldagi idishlar, ukuv ashyolarining fazoviy joylashuvlarini uzlashtirish bilan boglik. Bolalar endi binoda va bolalar bogchasi uchastkasida erkinrok muljal oladilar. Masalan, boshqa
guruhlar, musika zali, tibbiyot xonasi kaerda joylashganini, ularga kanday borishni biladilar. Bularning xammasi atrofni urab olgan fazoda katta kizikish bilan muljal olishdan darak beradi. Pedagogik ishning ushbu yunalishi keyingi yosh guruhlarida asosan bolalar bilan kundalik mulokotlarda, ya’ni ukishdan tashkari vaktda xam keng joriy kilinadi.
Urta guruhda ukuv faoliyatini tashkil kilish jarayonida tarbiyachi boshqa masalalarni xam xal kiladi: 1) fazo xaqidagi dastlabki bilimlarni
mustaxkamlaydi, ularni kengaytiradi va teranlashtiradi, yangi ma’lumotlar beradi; 2) olingan bilimlarni uyinlarda, dasturning boshqa bulimlariga bagishlangan mashgulotlarda xar xil xayotiy situatsiyalarda kullashga urgatadi. «Bolajon» dasturining «Tevarak- atrofda muljal olish bulimiga mos ravishda tarbiyachi bolalarga uziga nisbatan yunalishni anikdashni, berilgan yunalishda xarakat kilishni (oldiga-orkaga, yukoriga-pastga, ungga-chapga), uziga nisbatan buyumlarning xolatini suzlar bilan tushuntiradi.
Ammo oldin bolaga nisbatan karama-karshi yunalishda turgan, ya’ni oldida-orkasida, ungda-chapda turgan 1-2 ta o’yinchoqni, buyumlar joylashuvini aniklash-ga doir topshirik beriladi. O’yinchoqlar yoki kandaydir buyumlar soni asta-sekin 4 taga yetkaziladi. Dastlabki vaktlarda buyumlarni boladan uncha uzokmas masofaga (uning yoniga) joylashtirish ma’kul. Keyinchalik masofani kattalashtirib borish kerak. Tarbiyachining topshirigiga binoan, bola xonaning ma’lum bir joyiga turadi va uz oldida, chapida va ungida kanday buyumlar turganini aytadi. SHundan keyin tarbiyachi boladan ungga (chapga) turilishini va yana kanday buyumlar undan kaysi yunalishda turganligini aytishni suraydi.
Fazoda (“Top-chi, bunda nima bor?”, “Biling-chi, nima uzgaribdi?” tipidagi) muljal olishga doir mashklar uyin xarakteriga ega bulishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |