Kurs ishining maqsadi. Ishning maqsadi agrosanoat komplekslarida biomassa energiyasidan foydalanish samaradorligini asoslash hisoblanadi.
Kurs ishining vazifalari. Tadqiqotning maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar shakllantirilgan va yechimi amalga oshirilgan:
agrosanoat komplekslarida biomassa energiyasidan foydalanishning texnologik sxemalari tahlil qilish;
O‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan foydalanishning rivojlanish istiqbollarini o‘rganish;
agrosanoat komplekslarida biomassa energiyasidan foydalanish bo‘yicha istiqbolli texnologik yechimlar va biogaz qurilmalarining tahlil qilish;
biomassaning tarkibi, fizik-kimyoviy va issiqlik-texnik xarakteristikalarini o‘rganish;
biomassa va mahalliy uglevodorodli chiqindilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoqishni tahlil qilish;
biomassani metanli bijg‘ish jarayonining nazariy asoslarini o‘rganish;
biomassa energiyasi asosida ishlaydigan agrosanoat komplekslarida biomassa energiyasining issiqlik ta’minoti tizimini ishlab chiqish;
biomassadan muqobil yoqilg‘i olish texnologiyasini nazariy eksperimental tadqiqot qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |