6. Xrom (VI) ionining borligi yoki hosil bo'lganligini baholashda tekshiriladigan aralashmaga BaCl2 eritmasi tomiziladi, bunda BaCrO4 ning sariq cho'kmasi hosil bo'ladi:
Ba2+ + CrO42- → Ba CrO4↓
3.4. Temir (III) kationining reaksiyalari
Uch valentli temir tuzlarining eritmalari sariq yoki qizil-qo'ng'ir rangli bo'ladi.
1.O'yuvchi ishqorlar temir (III) tuzlari bilan qizil-qo'ng'ir rangli kuchli kislotalarda eriydigan Fe(OH)3 cho'kmani hosil qiladi:
Fe3+ + 3 ОН- → Fe(OH)3↓
Alyuminiy, xrom va rux gidroksidlaridan farqli ravishda amalda Fe(OH)3 ishqorlarda erimaydi. Temir (III) ioni Fe(OH)3 shaklida pH~3,5 bo'lganda to'liq cho'kadi.
Ammiak ham temir (III) tuzlari bilan qizil-qo'ng'ir rangli cho'kma hosil qiladi.
Natriy atsetat sovuq sharoitda temir (III) ioni bilan qizil rangli kompleks birikma [Fe(CH3COO)6(OH)2]+ hosil qiladi. Qizdirganda bu modda qizil-qo'ng'ir Fe(OH)2CH3COO cho'kma hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |