Bog'liq Yirtqich qushlar ,ularning tabiiy sanitarlar sifatidagi ahamiyati..
I BOB Yirtqich qushlarning biologiyasi, sitematikasi 1.1.Qushlarustidagelmintologiktadqiqotlaro‘tkazish. Qushlarni
gelmintologik yorishdan oldin uning uzunligi, jinsi, rangi, og‘irligi kabi
ma’lumotlar kundalik daftarga yoziladi va quyidagicha amalga oshiriladi.
Tekshirilayotgan hayvonni pati va terisidagi ektoparazitlari aniqlanadi, maxsus doskaga chalqancha yotqizilib terisi shilinadi, so`ng ostki jag‘idan boshlab, to anal teshigigacha qorin bo`shlig‘i o`tkir skalpel (lezveya yoki qaychi) bilan ochiladi. Ish davomida hayvonning og‘iz bo‘shlig‘i alohida nazoratdan o‘tkaziladi.So‘ngra teri osti va ichki organlarning tashqi yuzalari lupa yordamida tekshirilib, ehtimol tutilgan barcha burtmalar yoki qobig‘ bilan o`ralgan shishlar ajratib olinadi va organlarni alohida ajratilgan idishlarga–yarim litrli bankalarga yoki Petri chashkalariga joylanadi. Idishlardagi qizilo‘ngach, oshqozon va ichaklar fiziologik eritmada bo`yiga qarab qaychi bilan ochiladi, so`ng ichak ichki qavati devorlari asta sekin uchi qayrilgan igna bilan qiriladi va shu igna bilan ko`zga ko`ringan yirik gelmintlar ajratib olinadi. Ajratib olingan parazit chuvalchanglar: tsestoda, trematoda va akantotsefallar 70%li spirt, nematodalar esa Barbagallo eritmasi solingan shisha idishga (pentsilin idishlariga) solinadi.
Parazit chuvalchanglarni qaysi turga mansubligini aniqlash va morfologik va anatomik ta`rif berishda tirik yoki fiksatsiya qilingan na’munalardan foydalanish
mumkin.
O‘rganishni osonlashtirish uchun gel’mintlarni optik xususiyatlari oshiriladi.
Buning uchun parazit chuvalchanglardan preperatlar tayyorlash jarayonida buyum
oynasiga glitserin va sut kislotasidan 1:1 (mayda gel’mintlar uchun 1:0,5)
nisbatdagi aralashmasidan bir tomchi tomizaladi, gel’mint joylanadi va qoplag‘ich
oyna yopiladi. Shundan so`ng, gel’mintning katta kichikligiga qarab, preparat 3-5 soat yoki 1-2 kun qoldiriladi. Tayyor preparat suvsizlanishi oqibatida parazitning ichki a’zolari aniq ko‘rinadi. Tayyor preparatdan parazitning rasmini RA-4 apparatida chizish mumkin, bu esa parazitni qaysi turga mansubligini aniqlashni birmuncha osonlashtiradi.
Qushlar hayvonot dunyosi ichida o‘zining xilma-xilligi hamda tur tarkibi jihatidan boshqa hayvonot dunyosi vakillaridan ajralib turadi.
Lochinsimonlar monogam qushlardir. Ochib chiqqan jo‘jalari momiqli va ko‘zi ochiq bo‘ladi. Lekin mustaqil ovqatlana olmaydi. Ular dastlab uzoq vaqt uyasida yashaydi. Yil davomida sharoitga qarab bir yoki ikki marta ko‘payadi. Uyasini daraxtlarga, ba’zida kovaklarga, qoyalarga va yerga qo‘yadi. Yirik turlari 1-2 ta, mayda turlari 6-9 ta tuxum qo‘yadi.Tuxumlari sonini ko‘p yoki oz bo‘lishi oziqaning mo‘l-ko‘lligiga bog’liqdir.Tuxumini bosib yotish muddati ikki oyni tashkil etadi. Tutqinlikda qirg‘iy 25 yil, hayvonot bog’ida 65 yil yashagan.
Kalxat aprel oxirida yangi in quradi yoki eski inlarini tuzatadi. Daraxtlar kam
bo‘lgan joyda bir daraxtga bir necha juft kalxat qo‘nadi. Inning yuzasini cho‘plar va chilpindidan yasaydi, ichiga latta, paxta, kigiz parchalari, shuningdek ot o‘ngi va qumoq loy bosadi. Modasi aprelda, ba’zan may oyida sharoitdan kelib chiqib bittada yoki beshtagacha tuxum qo‘yadi..Tuxumlarining rangi oq o‘lib, qo‘nair dog‘lari va chiziqchalari skorlupasida ko‘rinib turadi.Deyarli 30 kundan keyin tuxumlaridan jo‘jasi chiqadi.Qo‘yilgan tuxumlarni har ikkala jins bosib yotadi. Jo‘jalari 25 kunda pat chiqaradi va taxminan 6 xaftalik bo‘lganda inidan uchib chiqadi.
Kalxat hammaxo‘r qush, qushxona tashlandiqlari va o‘laksalar bilan
oziqlanadi. Ko‘pincha kemiruvchilar, qo‘ng‘izlar, chigirtkalarni, ba’zan qushlarni
tutib yeydi. Kalxat o‘laksalarni yeb, sanitar vazifasini o‘taydi. Kemiruvchilarni va
chigirtkalarni qirib katta foyda keltiradi. Kalxat qushlarni tutib yeb katta zarar
keltirmaydi, chunki qushlar kalxatning changaliga kamdan-kam tushadi. Kalxat
foydali qush bo‘lgani uchun uni qo‘riqlash kerak.