Burgutning ko’rish qobiliyati o’ta kuchli bo’lib, 4 km uzoqlikdagi o’ljani
ko’ra oladi. Kuchli agressiv qushki, o’zidan bir necha barobar katta va og’ir
jonzotlarga ham hujum qiladi.Qurigan daraxtlarda o’tirib, tevarak-atrofni kuzatishni xush ko’radi. O’ljani ko’rib qolsa, darhol unga tashlanib uchadi. Shu bilan birga baland osmonda uchib yurib ham topa oladi.
Burgutlardan ov qilishda keng foydalaniladi. Ovga o’rgatish, dastlab, ularning
ochlik va uyqusizlikka bardoshli qilishdan boshlanadi. Itning ustiga yog’och
boylangan go’shtni bog’lab qo’yib yuboriladi. 5 kun davomida ochlikda saqlangan
burgutni qo’yib yuboriladi. Qushning boshiga maxsus charm qalpoq kiygizib
qo’yiladi. Itga jiddiy zarar yetmasligi uchun. Burgut yashin tezligida itning ustiga
tashlanadi. Itning qo’rqib “akkillab” qochishi burgutni yana ham battar quturtiradi.
Bunday mashqlarni bir necha marta qaytarilgandan keyin burgut ovga tayyor
bo’ladi. Burgut o’z egasiga juda o’rganib qoladi. Xo’jayinni hech qachon tashlab
ketmaydigan qush Uning og’irligi 15 funtdan kam bo’lmaganligi uchun qo’lda olib yurib bo’lmaydi. Shuning uchun otlar yordamida olib yuriladi. Buning uchun otlaregariga yog’och yoki metall moslama tayyorlanadi. Moslama shunday joylashtiriladiki, uni otliq o’ng qo’li bilan ushlab, unga tayanib oladi, burgut esa otliqning yupqa qo’lqop kiygan o’ng bilagiga qo’nib oladi. SHunda qo’lga kuch kelmaydi.
Ovchilar ov qilinayotgan jonivorga burgut osmonga ko’tarila olish masofasini
saqlagan holda masofani saqlaydi. Bunda burgutning boshidagi charm qalpoq
yechilib, oyog’i bo’shatilib, o’ziga xos qiyqiriq bilan jonzotga uni qaratib qo’yib
yuboradi. Havoga ko’tarilgan qush katta tezlikda o’ljaga tashlanadi. Tirnoqlari
bilan changallaydi yoki boshini cho’qiydi, yoki chiqikroq jonivor bo’lsa bo’ynini
uzib tashlaydi. Ovchi uning orqasidan borib, hayvonni tutib oladida, o’sha joyning
o’zida uning terisini shilib, minnatdorchilik sifatida uning go’shtidan burgutga bir
bo’lak beradi. Go’shtni yeb bo’lgandan keyin qushning boshiga qalpoq kiygizib
oyog’ini bog’lab egarga o’tqizadi va yo’ilini davom ettiradi.
Uning og’irligi 15 funtdan kam bo’lmaganligi uchun qo’lda olib yurib
bo’lmaydi. SHuning uchun otlar yordamida olib yuriladi. Buning uchun otlar
egariga yog’och yoki metall moslama tayyorlanadi. Moslama shunday
joylashtiriladiki, uni otliq o’ng qo’li bilan ushlab, unga tayanib oladi, burgut esa
otliqning yupqa qo’lqop kiygan o’ng bilagiga qo’nib oladi. SHunda qo’lga kuch
kelmaydi.
Ovchilar ov qilinayotgan jonivorga burgut osmonga ko’tarila olish masofasini
saqlagan holda masofani saqlaydi. Bunda burgutning boshidagi charm qalpoq
yechilib, oyog’i bo’shatilib, o’ziga xos qiyqiriq bilan jonzotga uni qaratib qo’yib
yuboradi. Havoga ko’tarilgan qush katta tezlikda o’ljaga tashlanadi. Tirnoqlari
bilan changallaydi yoki boshini cho’qiydi, yoki chiqikroq jonivor bo’lsa bo’ynini
uzib tashlaydi. Ovchi uning orqasidan borib, hayvonni tutib oladida, o’sha joyning
o’zida uning terisini shilib, minnatdorchilik sifatida uning go’shtidan burgutga bir
bo’lak beradi. Go’shtni yeb bo’lgandan keyin qushning boshiga qalpoq kiygizib
oyog’ini bog’lab egarga o’tqizadi va yo’ilini davom ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |