Sindikat (lot. sindicatus — ishonchli, vakil) — 1) bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi. qMahsulotni yagona savdo tarmog`i orqali birgalashib sotishni tashkil etish maqsadlarida tuziladi. tSindikat ta`sis etgan umumiy savdo shirkati Sindikatning har bir a`zosi bilan savdo sotiq to`g`risida shartnoma tuzadi. hBanklar ham Sindikatni tashkil etishlari mumkin. Bankh jSindikat a`zolari guruhning har qanday a`zosi chiqargan qimmatli qog`ozlarni sotib oladi; 2) investitsiya dilerlari guruhi; investorlar o`rtasida tarqatish uchun qimmatli qog`ozlarning navbatdagi yoki yangi emissiyasini sotib olishga rozilik bildirganlaridan keyin Sindikat tuzilgan hisoblanadi.
Trest (ing . trust) — korxonalar, firmalar birlashmasidir. Sanoat monopoliyalarining 20-yillardagi en yuqori shaklidir. Trest tarkibiga kirgan ishtirokchilar o`z ishlab chiqarish savdo mustaqilligini yo`qotadi va bu sohalardagi faoliyatida markaziy boshqarma qaroriga amal qiladid. O`zbekistonda 1930—1990 yillarda qurilish, avtomobil transporti, tayyorlov, qishloq xo`jaligining tashkiliy tuzilmalari trestlari yaratildi.
Konsorsium (lot. consortium -shirkat, ishtirok etish) — kompaniyalar, banklarning capital talab, juda keng ko`lamdagi iqtisodiyf loyihani amalga oshirish yoki qarzlarni hamkorlikda joylashtirish uchun tuzilgan vaqtinchalik birlashmasi. Konsorsium a`zolarining huquq va majburiyatlari Konsorsium to`g`risidagi bitimda belgilab qo`yiladi. Qo`yilgan vazifani bajarish uchun Konsorsium hishtirokchilari badallari hisobidan yagona moliya va moddiy fondlar barpo etadi, byudjet mablag`lari va bankdan kredit oladi. jKonsorsium o`z buyurtmachilari oldida hamkorlikda javobgar hisoblanadilar. Vazifa ybajarilgach, Konsorsium tarqaydi. Avval Konsorsium bank sohasida maydonga kelgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida mamlakatda chet el firmalari va banklari bilan hamkorlikda Konsorsiumlar vujudga keladi.
Konsern (concern — ishtirok, manfaat) — manfaatlar, shartnomalar, kapital, hamkorlikdagi faoliyatda ishtirok umumiyligi asosida uyushgan korxonalarning yirik birlashmasidr. Konsern diversifikatsiyasn asosida tarkib topadigan yirik, ko`p tarmoqli korporatsiya. Aksariyat hollarda korxonalarning bunday guruhlari shu korxonalar aksiyalarining asosiy qismini o`z qo`lida to`plagan bosh korxona (xolding) atrofida birlashadii. Konserni tarkibiga (sanoat, transport, savdo, bank sohasi) turli tarmoqlarga tegishli, ayrim hollarda, dunening ko`pgina mamlakatlarida joylashgan o`nlab jva yuzlab korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi. Turli mintaqalarda joylashgan,t ayrim tovarlarni ishlab chikaradigan va Konsernga nominal kiradigan korxonalar bosh kompaniyaning sho`ba filiallari, sho`ba kompaniyalari hisoblanib, o`z xo`jalikr mustaqilligini saqlab qoladi. Amaldai Konsern tarkibidagi korxonalar ilmiy-texnikaviy va ishlab chiqarish taraqqiyoti, shuningdek, investitsiya, moliya, tashqi iqtisodiy faoliyat, korxonalarga xizmat ko`rsatishni tashqil etish sohalaridagi vazifalarni markazlashtirish asosida faoliyat ko`rsatadi. Korxonalar kumumiy moliya, yagona ilmiy-texnika potensiali va kooperatsiyalashgan barqaror aloqalarga ega bo`ladi. Ayrimh Konsernlar murakkab mahsulotlarni tayyorlashning jami ishlab chiqarish tsiklini amalga oshirish mumkin. Tarmoq va tarmoqlararo Konsernlar bor. Bir korxona faqat bir Konsernga kira oladi.Konsern Birinchi jahon urushi yillarida (1914—1918) tashkil topgan. Hozirgi davrda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda sanoat, transport, savdo, bank, sug`urtad, aloqa, matbuot, radio-televideniye kompaniyalarini birlashtiradigan, xalqaro darajada faoliyat ko`rsatadigan, jahon mamlakatlarida shoxobchalari keng rivoj topgan Konsern bor. Xalqaro Konsenrlar transmilliy d Konsenr deb ataladi.Bozor iqtisodiyotigag o`tish sharoitlarida O`zbekistonda 1991-yil oktabrdan boshlab moddiy ishlab chiqarish bilan bog`liq tarmoq vazirliklari o`rnida yirik Konsenrlar tashqil qilindi.
("O`zkimyosanoat", "O`zdavmashkonsern", "Radioelektrontexasbob", "O`zbaliq", "O`zavtoyo`l" va boshqalar)
Do'stlaringiz bilan baham: |