3 I bob leksikologiya tilshunoslikning mustaqil bo’limi sifatida


II BOB. TOPONIMLARNING KELIB CHIQISHI



Download 99,45 Kb.
bet13/29
Sana17.05.2021
Hajmi99,45 Kb.
#64940
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
BMI RUXSORA

II BOB.

TOPONIMLARNING KELIB CHIQISHI

2.1. Toponimikaning fan sifatida rivojlanishi

Kishilar oq-qorani tanib tirikchilik qila boshlashibdiki, tevarak-atroflaridagi yerlarni, daryo-ko'llarni, tog'laru qir-adirlami, o‘tloq-yaylovlami ma’lum bir nom bilan atab kelganlar. Dastlabki toponimlar oddiy turdosh otlardan farq qilmaydigan sodda nomlar edi.

Atrof tabiiy muhiti haqidagi tasavvur kengayib, bir buloqni ikkinchisidan, bir o‘tloqni boshqasidan, yaqindagi tepalikni narigisidan farqlash ehtiyoji tug‘ila boshladi. Shundan so‘ng Kattabuloq — Kichik-buloq, Qiziltepa — Ко ‘ktepa, Tuyayaylov — Echkiyaylovsingari murakkabroq joy nomlari paydo bo’lgan. Ijtimoiy ong rivojlangan sari tushunchalar soni ortib geografik nomlar grammatik va semantik jihatdan murakkablasha borgan. Hali yozuv paydo bo‘lmagani sababli ibtidoiy zamondagi geografik nomlar bizgacha yetib kelmagan.

Toponimlar til lug‘at fondining bir qismidir. Shu bilan birgalikda joy nomlari tilning boshqa leksik qatlamlaridan anchagina farq qiladi. Bu farq toponimlaming uzoq yashashida, ularning polikomponentli, ya’ni ko‘p komponentlardan — tarkibiy qismlardan iborat boiishida, har bir tilning ichki qonuniyatlariga ko‘ra, toponimlar yasashda turdosh otlar (apellyativlar) ishtirok eta olishida o‘z aksini topadi.

Toponimlarni yasashda shu til uchun xos bo'lgan lingvistik vositalardan (modellardan) foydalaniladi. Lekin shu bilan birgalikda har bir tilda toponim yasovchi o'ziga xos vositalar paydo bo'ladi, ya’ni muayyan suffikslar (affikslar) va so'zlar faqat yoki aksari toponimlar yaratishga ixtisoslashib qoladi.

Joy nomlari, ya’ni toponimiya bir necha turga bo'linadi. Bular. gidronomiya (yunoncha gidro — suv), ya’ni daryolar, ko‘llar, dengizlar, soylar, kanallar, qo‘ltiqlar, bo‘g‘ozlar, sharsharalar nomlari; oronimiya (yunoncha oros — tog’, ya’ni yer yuzasining relyef shakllari — tog‘lar, cho‘qqilar, qirlar, vodiylar, tekisliklar nomlari; oyko-nimiya (yunoncha oykos — uy), polinimiya (yunoncha polis — shahar) yoki urbanonomiya (lotincha urbos — shahar), ya’ni qishloq hamda shaharlaming nomlari, mikrotoponimiya (yunoncha mikros - kichik), ya’ni kichik obyektlar: buloqlar, quduqlar, dalalar, o‘tloqlar daraxtzorlar, jarlar, yo'llar, ko'priklar va hatto atoqli otga ega bo‘lgari ayrim daraxtlar nomlari. Bundan tashqari, turli xalq, urug'-aymoq nomlari bilan atalgan toponimlar -etnotoponimlar (yunoncha etnos- xalq) deyiladi. Kishi ismlari bilan yuritiladigan toponimlarni esn antropotoponimlar (yunoncha antropos — odam) deb atash mumkin.

Toponimikani qaysi fanlar qatoriga kiritish kerak, degan munozara uzoq davom etdi.

Toponimika shaharlar, qishloqlar, daryolar, ko‘llar, togiar kabi geografik nomlarni, ularning kelib chiqishini, tarixini o‘rganar ekan, bu fan tilshunoslarga ham, tarixchilarga ham boy ilmiy material beradi.

Geografik nomlar, ya’ni toponimlar til lug‘at tarkibining bir qismi boiib, til qonuniyatlariga bo'ysunadi. Albatta, so‘zni tilshunoslik — lingvistika fani o‘rganishi kerak. Demak, toponimika atoqli otlarni o‘rganadigan onomastikafanining bir qismi bo‘lib, tilshunoslik fanlari qatoriga kiradi.

Ikkinchi tomondan, geografik nomlar xaritaning eng muhim elementi sifatida biron mamlakat yoki oika tabiatining xususiyatlarini aks ettiradi. Ana shu nuqtai nazardan toponimikani geografik fanlar jumlasiga kiritish mumkin.

Shu bilan birgalikda, joy nomlari jamiyat tarixi bilan chambarchas bog’liq. Joylarga qanday nom berish awalo jamiyatning muayyan bosqichdagi ehtiyojlari bilan belgilanadi. Joy nomlari tarixini bilmasdan turib toponimika bilan shug'ullanish kutilgan natijani bermaydi. Ana shuning uchun ham toponimika tarix fanlari qatoridan o‘rin oladi.

Demak, toponimika uchta katta soha: tilshunoslik, geografiya, tarix oralig‘idagi fandir. Shu bois toponimikaning talaygina faktlari xarakter jihatdan xilma-xil boigan lingvistik, tarixiy va geografik material jalb qilingandagina to‘g‘ri izohlab berilishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, biron-bir geografik yoki bir guruh nomning kelib chiqishi va tarixini mumkin qadar aniqroq tushuntirib berishni maqsad qilib olgan toponimik tadqiqot oson ish emas, balki talay vaqt hamda katta kuch talab qiladi.

Toponimika ayniqsa, geografiya uchun katta ahamiyatga ega. Toponim — geografik obyektning aniq manzilidir. Nomlar joyning geog­rafik o‘mini aniqlash uchun ham, geografik tushunchalami ifoda etish uchun ham zarur. Geografik xaritada keltirilgan boy va xilma- xil axborotlar orasida nomlar alohida o‘rin tutadi.

Geografik obyektlar shu qadar ko‘p va xilma-xilki, ulami ifoda etish uchun maxsus so'zlar, ya’ni nomlar bo‘lishi kerak.Geografik nomlarni geografiyaning o‘ziga xos tili desa bo’ladi. Geografik nomlar muayyan geografik tushunchalami ifoda etar ekan, bir qancha hollarda atamaga aylanib qoladi. Masalan, yonar togiarni ifoda etuvchi vulkanatamasi Italiyadagi Vulkanotog‘i nomidan olin­gan. Toponimlar biron geografik tushunchani ifoda etadi, shuning uchun geografiyani bilmasdan turib joy nomlarini o‘rganish ko‘pincha katta ilmiy xatolarga olib kelishi mumkin. Joy nomlarida geografik muhitning xususiyatlari — relef shakllari, o'simlik va hayvon nomlari aks etgan boiadi. Shu bilan birgalikda joylarga nom berishning o‘ziga xos bir xususiyati bor. Masalan, o‘rmonli rayonlarda «о'лтюп» so'zidan tarkib topgan joy nomlari, tog’li o‘lkalarda «tog4 so'zidan tuzilgan toponimlar u qadar ko‘p emas. Agar bor bo’lsa ham, ular ko'pincha qo‘shni hududlarda yashaydigan xalqlar tomonidan berilgan nomlar bo’ladi.

Toponimikada nisbiy negativlikdeb ataladigan bu qonunning asosiy sababi shundaki, hammayoq cho ‘Iboigan joylarda cho‘1 kishi e’tiborini tortmaydi. Kishilar nom qo‘yish uchun boshqalardan qandaydir farq qilib turadigan tabiiy geografik obyekt qidirishadi. Shuning uchun ham cho‘llarda quduqlar, ayrim qirlar nomlari ko‘proq uchraydi. Chunki bu quduq va qirlar yoiovchilar hamda cho‘ponlar uchun mo'ljal, o‘tloq va suvloq bo‘Iib xizmat qilgan.

Geografik nomlar manzilgina emas, balki ko‘pdan-ko‘p axborot— tarixiy, geografik, lingvistik ma’lumot tashiydi. Har qanday geografik nom muayyan mazmunga ega, m a’nosiz nom boimaydi. Lekin ko‘pgina joy nomlarining ma’nosi yo‘qolgan, aniqrog‘i hozirgi kishilar uchun tushunarsiz bo‘lib qolgan. Toponimlar turli asrlar mevasi boiib, uzoq davrlar yashaydi. Qadimiy tillarda qo'yilgan nom keyingi xalqlar uchun oddiy toponimdan boshqa narsa emas, uning qanday ma’noni anglatishi haqida har doim ham o‘ylab o'tirishmaydi.

Geografik nomlar turli davrlar guvohi. Turli soha olimlari — tilshunoslar, geograflar, tarixchilar, arxeologlar, geologlar, etnograflar toponimikaga murojaat qiladilar. Geografik nomlarga qarab o'tmishda qanday xalqlar yashaganini, turli millat xalqlarining o‘zaro aloqalarini, ularning bir joydan ik­kinchi joyga ko‘chib yurishini bilib olish mumkin.

Toponimikani o'rganish til tarixi va nazariyasi uchun katta ahamiyatga ega. Ko'pgina joy nomlari juda qadimiydir. Ibtidoiy yozma yodgorliklarda qayd qilingan geografik nomlami keyinroq uchraydigan shakllari va hozirgi talaffuzi bilan solishtirib, tilning lug'at tarkibida, so'zlaming dastlabki shaklida ro‘y bergan o'zgarishlami bilib olishimiz mumkin.

Masalan, hozirgi Nurotanomini ba’zi birovlar mo'g'ulcha nuru va o'zbekcha tov so'zlaridan tarkib topgan bo'lib, har ikkala so'z ham «tog'» degan ma’noni bildiradi deyishadi, Holbuki, bu nom bundan ming yildan ham ko‘proq oldin qayd qilingan. Buxoro tarixchisi Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy o‘zining «Buxoro tarixi» asarida (934-944 yillarda yozilgan) Nur degan joy nomini tilgan oladi. Uni boshqa viloyatlarda Nuri Buxoro deb ataydilar, deb yozadi Narshaxiy. Nuri Buxoro,ya’ni Buxoro Nuridan boshqa Nurlar ham bo'lgan. Masalan, Zarafshonning ikkita tarmog'i — Qoradaryo bilan Oqdaryo oralig'idagi Miyonkol orolida ham Nurdegan qishloq bo'lgan. Uni boshqalardan farq qilish uchun Nuri Miyonkol deb atashgan. Shunday qilib, Nur bora-bora Nurota bo'lib ketgan: nurso'zi (arabcha) «yorug'lik», ota esa

geografik nomlar tarkibida «aziz avliyolarning qadamjosi» degan

ma’noni bildiradi.

Samarqand shahri Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) yilnomalarida Marokanda,sug'd yozuvlarida Smarakans, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg'ariy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirxond (XV asr), Amir Temur saroyiga kelgan ispan elchisi Ryui Gondales de Klavixo (XV asr) asarlarida Semiz-kent, Chingizxon haqidagi mo'g'ul hikoyasida Semizgen kabi bir qancha variantlarda uchraydiki, bulaming hammasi Samarqand nomi juda qadimiy ekanligini va uning kelib chiqishi (etimologiyasi) hamon uzil-kesil hal bo'lmaganligini ko'rsatadi. Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin.

Toponimikaning tilshunoslik, til tarixi hamda dialektologiya uchun ahamiyati juda katta va xilma-xil. Biz bu masalalarning hammasiga alohida to‘xtalib o‘tish imkoniyatiga ega emasmiz. Shu sababli bu o‘rinda kitobxonning e’tiborini faqat bir narsaga — 0 ‘zbekiston toponimiyasida ko‘plik kategoriyasi masalasiga jalb qilmoqchimiz. Chunki toponimiyada ko‘plik masalasi tilshunosligimizning tesha tegmagan va muhim masalalaridan biri sanaladi.

Nemis tilshunosi V.Shperberg, rus toponimisti V.A.Nikonov tadqiqotlari roman va slavyan toponimlarida ko‘plik shakli juda keng tarqalganligini ko‘rsatadi. Haqiqatan ham rus toponimlarida ko‘plik affiksi ko'plab ishlatiladi. Masalan, ko‘prik so‘zining bir o‘zi o'zbek tilida hech vaqt toponimga aylanmaydi, buning uchun ko‘prik so‘ziga biron sifat qo‘shilishi kerak, chunonchi Beshko‘prik, G‘ishtko‘prik, Taxtako‘prik, Ko‘prikboshi va hokazo. Rus tilida esa most (ko‘prik) so‘ziga ko‘prik qo'shimchasi qo'shilsa bas, Mosto shaklida toponim yasaladi. Bunda ko‘prikning ko‘p boiishi shart emas. Mosto toponimi o‘zbekcha ko‘prikli ma’nosini beradi. Qarshi, Mari kabi joy nomlarini ham ruslar ko‘plik shaklidagi so'zlar kabi tushunadi va shunday turlaydi. Bulaming hammasi rus tilining xususiyatidan kelib chiqadi. Rus tilida ko‘pgina so‘zlar faqat ko‘plik shaklida ishlatiladi (chaso‘, nojnitso1 va boshqalar).

Turkiy tillarda, jumladan o ‘zbek tilida toponimlarda ko‘plik qo‘shimchalari u qadar keng tarqalgan emas, o'zbek toponimlari tarkibida bir necha ko'plik affiksini uchratish mumkin. Biz ulardan har biriga to'xtalib o‘tamiz.

O‘rta Osiyoning, jumladan O‘zbekistonning xorazmiy, sug‘diy, qadimgi turkiy yozuvlarda yetib kelgan toponimlari ko‘p emas. Yunon manbalarida tilga olingan geografik nomlarimiz ham sanoqli.

Milodning birinchi ming yilligi oxiri — ikkinchi ming yilligi boshlari mintaqamiz uchun yozma manbalarda ko'hna toponimlar ko‘plab qayd qilingan davr edi. «Devonu lug‘otit-turk», «Buxoro tarixi», «Hudud ul-olam», «Arab geograflari kutubxonasi» jildlari so‘zsiz, benazir toponimik manbalardir. Bu yodnomalarda tilga olingan geografik nomlarning anchasi hamon o‘zining shakl-shamoyilini saqlab qolgan.

O‘rta asming oxirlari toponimik materiallarni qamrab olishda ikkinchi oltin davr bo'ldi. Xususan, Amir Temur va Temuriylar tarixi, birinchi galda Sharafiddin Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiyning «Zafamoma»lari, Zahiriddin Boburning xotiralari — «Boburnoma», Shayboniylar tarixi, Hofiz Tanishning «Abdullanoma» asari va boshqa yodnomalarda ko‘plab shahar va qishloqlar, daryo, soylar, mavze va maskanlar tilga olingan. Abulg‘ozi Bahodirxonning «Shajarai tarokima», «Shajarai turk» asarlarida bir qancha geografik nomlar bilan birga ko‘plab etnonimlar — qabila-urug‘ nomlari keltirilganki, bu materiallar toponimchilar uchun bebaho manbalardir. Xiva, Buxoro, va Qo‘qon xonliklari hujjatlarida, vaqfnomalarda, vasiqalarda ko‘plab joy nomlari, shuningdek toponimlarning kaliti bo‘lib xizmat qiladigan talay geografik, ijtimoiy-siyosiy va boshqa materiallar uchraydiki, bunday boy manbalarni o‘rganmasdan turib, O‘zbekiston toponimikasi haqida fikr yuritish ko‘ngildagidek samara bermaydi. Xiva, Samarqand, Buxoro, Qo‘qon, Toshkent hujjatlarining toponimik va terminologik xazinalarini o‘rganishda Ya. G ‘.G‘ulomov, *1. Yo’ldoshev, V. V. Bartold, P. P. Ivanov, V. L. Vyatkin, A. A.Semyonov, O. D. Chexovich, O. A. Suxareva, A. B. Ahmedov, A. Rvluxamadjonov, R. G. Muqminova kabi olimlar katta ishlami amalga oshirgan.

Toponimika (lotincha topos — joy, onoma — ism) — joʻgʻrofiy nomlarning paydo boʻlishi, rivojlanishi, oʻzgarishi va toʻgʻri yozilishini oʻrganuvchi fan.

Toponimika (yun. topos — joy va onyma — ism, nom) — onomastikattt joy nomlari (geografik atoqli nomlar)ni, ularning paydo boʻlishi yoki yaratilish qonuniyatlarini, rivojlanish va oʻzgarishini, tarixiyetimologik manbalari va grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish sabablarini oʻrganuvchi boʻlimi. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui — toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi. Toponimlar ham, til leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma soʻzlar singari til qonuniyatlariga boʻysunadi, lekin oʻzining paydo boʻlishi va baʼzi ichki xususiyatlari jihatidan jamiyatning kundalik moddiy va maʼnaviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va intilishlariga aloqador boʻlib, maʼlum darajada boshqa guruh soʻzlardan farq qiladi. Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos boʻlgan qadimiy fonetik, leksik va morfologik elementlar koʻproq saklangan boʻladi. Joyning tabiiy geografik sharoiti (relyef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashgʻuloti, qazilma. boyliklar, tarixiy shaxslar va voqealar toponimlar vujudga kelishining asosiy manbalari hisoblanadi.

Toponimika geografiya, tarix, etnologiya bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. Toponimiya til tarixi (tarixiy leksikologiya, dialektologiya, etimologiya va boshqalar)ni tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi, chunki baʼzi toponimlar (ayniqsa, gidronimlar) arxaizm va dialektizmlarni oʻzgartirmasdan barqaror saqlab qoladi, koʻpincha muayyan hududda yashagan xalklarning substrat tillariga borib taqaladi. Toponimika xalqlarning tarixiy oʻtmishi xususiyatlarini jonlantirishga, ularning joylashish chegaralarini belgilashga, tillarning oʻtmishdagi tarqalish hududlarini, madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yoʻllari va shaharlar geografiyasini tavsiflashga yordam beradi. Toponimlarning amaliy transkripsiyasi, ularning dastlabki asosga koʻra hamda bir xil yozilishi, boshqa tillarda berilishi toponimikaning amaliy jihati hisoblanadi.

Toponimlar yirik yoki mayda obʼyektlarning nomlari ekanligiga qarab makrotoponimlar va mikrotoponimlarga ajratiladi: makrotoponimlar — keng hududlar, katta obʼyektlar (materiklar, okeanlar, togʻlar, choʻllar, daryolar, shaharlar, qishloqlar va shu kabi)ning atokli otlari; mikrotoponimlar — kichik obʼyektlar (jarliklar, tepaliklar, quduqlar, koʻchalar, qoʻrgʻonlar va shu kabi) ning atokli otlari. Lekin toponimlarni bunday tasnif qilish shartli, chunki koʻpincha makrotoponim bilan mikrotoponimni farqlash qiyin.

Soʻnggi 40—45 y. ichida toponimikaning nazariy va amaliy asoslari ishlab chiqildi, toponimika sohasida bir qancha tadqiqotlar maydonga keldi. Bunda rus olimlaridan V. A. Nikonov, A. V. Superanskaya, A. P. Dulzon, E. M. Murzayev, V. N. Toporov, O. N. Trubachev, oʻzbek nomshunoslaridan H. Hasanov, E. Begmatov, T. Nafasov, S. Qorayev, 3. Doʻsimov va boshqalarning xizmatlari katta boʻldi. Oʻzbekiston toponimiyasi 20-a.ning 60-yillaridan ilmiy asosda oʻrganila boshlandi: Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo, Samarkand, Margilon, Qoʻqon, Buxoro, Boysun, Mirzachoʻl, Shahrisabz, Nurota hududlaridagi joy nomlari tadqiq etildi, T.ga oid bir necha lugʻatlar, risola va monografiyalar nashr etildi. H. Hasanovning "Yer tili" (1977), S. Qorayevning "Geografik nomlar maʼnosi" (1978), 3. Doʻsimovning "Xorazm toponimlari" (1985), T. Nafasovning "Oʻzbekiston toponimlarining izohli lugʻati" (1988), N. Oxunovning "Joy nomlari taʼbiri" (1994) va boshqa shular jumlasidandir.


Download 99,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish