3 I bob leksikologiya tilshunoslikning mustaqil bo’limi sifatida


Leksikologiyada onomastika va uning o’rganilish sohasi



Download 99,45 Kb.
bet10/29
Sana17.05.2021
Hajmi99,45 Kb.
#64940
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
BMI RUXSORA

1.2. Leksikologiyada onomastika va uning o’rganilish sohasi

Onomastika (yun. onomastike — nomlash, nom qoʻyish sanʼati) — tilshunoslikning har qanday atoqli nomlarini, ularning paydo boʻlish va oʻzgarish tarixini oʻrganuvchi boʻlimi, shuningdek, barcha atoqli nomlar yigʻindisi. Ayrim tadqiqotlarda "onomastika" termini antroponimika maʼnosida ham qoʻllangan. Onomastika mavjud onomastik tizimlarni aniqlash va oʻrganishni maqsad qilib qoʻyadi.

Onomastika atoqli nomlarni olgan obʼyektlarning toifalariga muvofiq quyidagi boʻlimlardan iborat: antroponimika — kishilarning atoqli nomlarini; toponimika — geografik obʼyektlarning atoqli nomlarini; teonimika — turli diniy tasavvurlar boʻyicha xudolar, maʼbudlar, diniy-afsonaviy shaxs va mavjudotlarning nomlarini; zoonimika — hayvonlarga qoʻyilgan (shartli) atoqli nomlarni; kosmonimika — fazoviy boʻshliq hududlari, galaktikalar, burjlar va boshqalarlarning ilmiy muomalada va xalq orasida tarqalgan nomlarini; astronimika — ayrim osmon jismlari (planeta va yulduzlar)ning nomlarini oʻrganadi. Onomastkaning yuqoridagilardan tashqari yana bir qancha boʻlimlari bor. Onomastika atoqli nomlarni realionimlar (avval yoki hozir mavjud boʻlgan obʼyektlarning nomlari) va mifonimlar (xayoliy-toʻqima obʼyektlarning nomlari)ga boʻladi.

Atoqli nomlarning lisoniy xususiyatlariga qarab onomastika adabiy va dialektal, odatdagi (amaliy) va poetik, zamona-viy va tarixiy, nazariy va amaliy turlarga boʻlinadi.

Nazariy onomastika til va nutqdagi, adabiy va dialektal sohalardagi atoqli nomlarning paydo boʻlishi, nominatsiya (nomlash) asoslari, rivojlanishi, shu jarayondagi turli xil oʻzgarishlari, nutqda qoʻllanishi, muayyan hudud va tillarda tarqalishi hamda tarkibiy tuzilishini oʻrganadi. Badiiy matnlardagi atokli nomlarni (poetik onomastika) tadqiq etish alohida muammo hisoblanadi. Onomastika, shuningdek, tilshunoslikning qiyosiy-tarixiy, struktur, genetik, areal, onomastik xaritalashtirish va boshqa usullarini qoʻllagan holda, atoqli nomlarning fonetik, morfologik, soʻz yasalishi, semantik, etimologik va boshqa jihatlarini oʻrganadi.

Amaliy onomastika xorijiy tillarga mansub nomlarning transkripsiyasi va transliteratsiyasi, anʼanaviy (talaffuz va yozilishiga koʻra), tarjima qilinadigan va qilinmaydigan nomlarni aniqlash, "begona" nomlarni oʻz tilda qanday yozish boʻyicha yoʻriqnomalar tayyorlash, xorijiy tillardan oʻzlashgan nomlardan yangi soʻzlar hosil qilish bilan, nom berish va nomlarni oʻzgartirish masalalari bilan shug’ullanadi.

Onomastika tarix, etnologiya., arxeologiya, geneologiya, geraldika, matnshunoslik, adabiyotshunoslik, geografiya, astronomiya, geologiya, demografiya kabi fanlar bilan oʻzaro aloqadordir.

Insoniyat jamiyati tarixi, til tarixi til vazifasini tafakkurning faqatgina umumlashtirish uslubidan ish ko‘rgan holda ado etishi mumkin emasligini, ba’zi narsa va hodisalarni, obyektlarni alohida, yakkalab olingan holda nomlash hayotiy zaruriyat ekanini ko‘rsatgan. Bunda bir tur, guruhga mansub narsalardan bittasi (bir donasi) ajratib olingan holda nomlanadi. Bunda ajratib olinayotgan narsa yoki obyektning unga nom berayotgan kishilar hayotiy ehtiyojlari uchun muhimligi, o‘sha obyektning boshqalariga nisbatan qandaydir farqli xususiyatlariga egaligi muhim rol o‘ynagan. Chunonchi, kishilar o‘zi yashab turgan hududdagi daryolarni, ko‘llar, buloqlarni va ularni tashkil qilgan har bir daryo, har bir ko‘l, har bir buloqni bir-biridan farqlash uchun ularga alohida-alohida nom bergan: Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Toshbuloq, Qo‘tirbuloq kabi. Demak, atoqli otlar narsa va hodisalarni, obyektlarni yakkalab, donalab atash zaruriyati tufayli yuzaga kelgan. Bunday zaruriyat bo‘lmagan holda ularga berilgan umumiy nom bilan chegaralangan.

Biror konkret tildagi atoqli otlarning mavjud tillari va hajmini aniqlay olish o‘sha tildagi atoqli otlar doirasini, ular tarqalgan onomastik maydonni bilib olishga yordam beradi. Ushbu muammo onomastikaga oid tadqiqotlarda “onomastik ko‘lam” deyilgan tushuncha bilan bog‘langan holda talqin qilinmoqda, “Toponomik ko‘lam” termini dastlab V.N.Toporov1 tomonidan qo‘llangan bo‘lib, keyinchalik A.V.Superanskiy o‘z ishlarida V.N. Toporovga taqlidan “onomastik ko‘lam”, ”toponomik ko‘lam” terminlaridan foydalanadi. 2

”Prostranstvo” so‘zi ko‘p ma’noli bo‘lib u:


  1. falsafada fazo, makon, bo‘shliq;

  2. oddiy ma’noda: keng sath, maydon, joy, bo‘shliq;

  3. demak, bu termin onomastik sath, onomastik maydon deb ham olish mumkin.

Ammo onomastika sohasida biz ko‘zda tutayotgan tushuncha mohiyatan uchta xususiyatni ifodalaydi:

  1. biror-bir tilda atoqli otlarning qanday tiplari mavjudligi;

  2. atoqli otlarning tarqalish chegaralari;

  3. umuman bu tildagi onomastik leksikaning hajmi. Ushbu ma’nolarni anglatish uchun sath, maydon terminlari torlik qiladi.

Shu sababli biz “prostranstvo” so‘zini “ko‘lam” so‘zi bilan berishni maqbul yo‘l deb hisoblaymiz bu so‘zning ma’nolari keng qamrovli hamda qayd qilingan tushuncha talabiga mos keladi. Bu unga berilgan izohdan ham anglashiladi. “Ko‘lam”. Biror ish, faoliyatning yoyilishi, qamrash doirasi, hajmi, miqyosi, rivojlanishi, avj olish darajasi” A.V.Superanskaya onomostik ko‘lam tushunchasining to‘g‘ri va ko‘lamliligini toponimik ko‘lam misolida quyidagicha ta’riflaydi: Bu termin nomlar va nomlangan obyektlarning makonda joylashishi, yani ularning bir-biridan alohida holda mavjud bo‘lishi va bu ularning yer yuzi, shuningdek,, undan tashqarida ekanligini ko‘zda tutishi jihatidan ham qulaydir.

Onomastik ko‘lamni biror konkret tilidagi atoqli otlarning umumiy majmui, yig‘indisi tashkil qiladi. A.V. Superanskaya fikricha: “Onomastik ko‘lam bu-muayyan xalq tilida real, taxminiy va hayoliy obyektlarni nomlash uchun qo‘llanadigan atoqli otlar mavjuddir”

Har qanday tilning, jumladan o‘zbek tilining onomastik tizimi miqdoran g‘oyatda ko‘p qirrali, hajman ulkan, nominativ, funksional xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro farqlanuvchi, shu bilan birga bir-biri bilan muayyan bog‘liqlik va munosabatda bo‘lgan lisoniy mavjudlikdir. Tilning leksik boyligi konkret lug‘aviy birliklar (leksemalar)dan iborat bo‘lganidek, tilning onomastik fondini onomastik leksika darajasida mujassamlashtiruvchi konkret atoqli otlar tashkil qiladi. Ushbu konkret nomlar onomastika “til birliklari”, . “leksik birliklar”, “nutq birliklari” deb yuritiluvchi terminlarga o‘xshatma (taqlidiy) tarzida onomastik birliklar deb yuritilmoqda. Onomastik birlik deyilganda, aslida konkret atoqli ot ko‘zda tutiladi.

Siz yashab turgan joydagi ko'chalar, maydonlar, shahar va qishloqlar, daryo, ko'l, tepalik, qabristonlar, ma'lum nom bilan yuritiladi. Masalan, Samarqand shahri, Amir Temur ko'chasi, «Mustaqillik» maydoni, Alisher Navoiy nomli jamoa xo'jaligi va boshqalar.

Turli xil obyektlarning muayyan nom bilan atalishida ularning ma'lum belgilari e'tiborga olinadi. Buyuk shaxslarning nomini abadiylashtirish uchun u bilan qandaydir bog'liq bo'lgan holat hisobga olinadi yoki shaxsga katta hurmat yuzasidan joy shu shaxs nomi bilan yuritiladi. Masalan, Hamzaobod shahri shu joyda ma'lum davr yashab, mehnat qilgan Hamza nomi bilan; Qipchoq, Saroy qishloqlarining nomlari shu qishloq aholisining etnik kelib chiqishi bilan, Qatorterak, Uchtol, Beshariq, Baland masjid singari joy nomlari shli joydagi o'simlik, bino, suv inshooti xususiyati bilan bog'liq ravishda qo'llangandir. Shaxsga qo'yilgan nomlarda esa ota-onaning orzu-umidi (Baxtiyor, Umid, Go'zal), bolaning tashqi belgisi (Xoldor, Anor, Qovoqvoy), xalqning urf-odati (O'roqvoy, Teshavoy), tug'ilgan kuni (Odina, Jumavoy) o'z aksini topgan bo'ladi.

Nomlar, ularning turlari, nomlanish sabablari bilan shug'ullanuvchi tilshunoslikning bo'limiga onomastika (lot. onuma — nom so'zidan olingan) deyiladi.

Atoqli otlar nomlanuvchi obyekt turiga ko'ra bir necha guruhga bo'linadi:

1. Shaxs va ularga qo'yilgan nomlar antroponimlar (lot. antropoz — shaxs, odam; onuma — nom): Ahmad, Karim va boshqalar.

2. Geografik obyektlar va ularning nomlari toponimlar (lot. topos — qishloq, shahar, maydon, ko'cha, onuma — nom): Shirmonbuloq, Qorako'l, Qarshi kabi.

3. Hayvon nomlari va ularga atab qo'yilgan nomlar zoonimlar (lot. soom — hayvon, opuna — nom): to'rtko'z, bo'ribosar kabi.

4. Suv havzalari inshootlari va ularga atab qo'yilgan nomlar (daryo, ko'l, dengiz nomlari) gidronimlar (lot. gidro — daryo, suv, onuma — nom): Orol dengizi, Balxash ko'li, Qashqadaryo kabi.

O‘zbek nomshunosligi uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Bugungi kunga qadar O‘zbekiston viloyatlari toponimiyasi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar yaratildi. Ularda toponimlarning turli ma’no guruhlari, tarkibiy qismlariga tegishli ilmiy qarashlar bayon etildi. Bu o‘zbek toponimlari tasnifi tushunchasining shakllanishiga turtki bo‘ldi. O‘zbek tili toponimlari tasnifi masalasiga bag‘ishlangan ushbu bitiruv ishi natijasida quyidagi xulosalarga kelindi:



  1. Onomastik leksika o‘zbek tili lug‘at boyligining ajralmas qismidir.

  2. Onomastik leksika yirik ichki tuzilishga ega o‘ziga xos tizimdir.

  3. Onomastikada toponim, antroponim, gidronim, etnonim kabilar alohida o‘rin tutadi.

  4. Toponimlar aholi istiqomat qiladigan maskanlar, qolaversa, umuman olganda, joy nomlarining uzoq o‘tmishga borib taqaladigan atoqli otlaridir.

  5. Toponimlar ham xuddi so‘zlarda bo‘lganidek, o‘z tasnifiga ega.

  6. Antroponimlar o‘ziga xos tizim bo‘lib, ular ham o‘z navbatida qator ichki tizimchalarga ajraladi.

  7. Oykonimlar kishilar istiqomat qiladigan shahar, tuman, qishloq, ovul va shu kabi masnaklarning atoqli nomidir.

  8. Oykonimlarning turli ichki tarkibiy qismlari borki, bu ularning alohida bir guruh, tizim sifatida o‘rganilishini talab etadi.

  9. Atoqli otlarning katta bir guruhini gidronimlar yuzaga keltirgan. Gidronimlar turli suv havzalari va ular bilan aloqador tushunchalarning atoqli nomidir.

  10. Kishilar tarixan yirik suv havzalari, daryolar bo‘yida hayot kechirganligi sababli ham o‘z shahar va qishloqlariga shunday nomlar berganlar.

  11. Oronimlar toponimlarning bir turi bo‘lib, ular tog‘u tosh, umuman olganda, vodiylar, daralar, jarliklar, soyliklar, o‘yiq-o‘ypotlar, tekislik, pasttekisliklar va qumliklarning atoqli nomidir.

  12. O‘zbekiston yer yuzasi tekisliklar va adir-tog‘ qismlardan iboratligi sababli tilimizda oronimlar keng qo‘llanadi.

  13. Etnonimlar xalqimiz tarixining ajralmas qismidir. Ular ishtirokidagi toponimlarning qo‘llanishi ham uzoq tarixga borib taqaladi. Etnotoponimga qabila, qavm, millat urug‘ nomlari asos bo‘ladi.


Download 99,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish