Kurs ishining maqsadi korxonalarning ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog’liq tushuncha va ko’rsatkichlarni aniqlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochib berish, chuqurroq tahlil qilish orqali korxonalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.
O`shbu maqsadga erishish uchun bir qancha vazifalarni amalga oshirish kuzda tutilmoqda. Bular quyidagilarda o’z aksini topgan:
- Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari bilan bog’liq tushunchalarning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochib berish va ularning ta’rifiga izoh berish;
- Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlari samaradorligini tadqiq qilish obyektiv zaruriyat ekanligini asoslab berish;
- Korxonalarda ishlab chiqarish xarajatlaridan foydalanish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish va aniqlash yo’llarini ko’rsatib berish;
- Korxonalar ishlab chiqarish xarajatlaridan pasaytirishning bir qancha yo’llarini ko’rsatib berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |