3 I. Bob Iogan Sebastian Bax hayot yo’li



Download 24,75 Kb.
bet4/7
Sana15.05.2023
Hajmi24,75 Kb.
#938952
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
yashnar kurs ishi musiqa

II. Bob Klavir ijodi
I.S.Bax asarlarining ko‘pchiligi polifonik uslubda yozilgan. “Polifoniya” - yunoncha so‘z. U o’zbek tiliga tarjima qilinganda “ko‘p ovozlilik” ma'nosini anglatadi. Polifonik musiqada har bir ovoz kuy jihatidan mustaqil, shuning uchun hamma ovozlar ifodali va kuychan. Bax polifoniyasining mohiyati to‘g ‘risida rus musiqa tanqidchisi A.N.Serov (P.Chaykovskiy, N.Rimskiy-Korsakov, M.Musorgskiy zamondoshi) juda yaxshi fikr bildirgan: “l.Bax buyuk, balki eng buyuk melodist bo'lib qolaveradi. Faqat u bitta emas, balki ko'p ovozlami birdaniga kuylashga majbur qilishni sevadi, bitta kuy ipini emas, balki butun kuy matosini yaratadi”. Polifoniyada kuy rivojlanishining asosiy vositalaridan biri imitatsiyadir. Lotin tilidan “imitatsiya” so'zining taijimasi “taqlid qilish” ma’nosini anglatadi. Musiqada bu ovozlarning navbatma-navbat tushishi bo'lib, unda har bir ovoz oldingisiga o'sha kuyni bir muncha kechga qolgan holda go'yo taqlid qiladi. Misol uchun re minor invensiyasining boshlanishidagi imitatsiya
Imitatsiya kuy harakati to‘xtovsizligiga yordam beradi, bu narsa polifonik musiqaning o ‘ziga xos xususiyatlaridandir. Shu sababli unga hamma ovozlar uchun bir vaqtning o‘zidagi pauzalar, kadensiyalar xosdir.
Polifonik uslubdagi musiqa I.Bax davridan ancha oldin mavjud bo'lgan. Italiya kompozitori va organchisi J.Freskobaldi, nemis kompozitori, organchisi va klavesinchisi I.Froberger polifonik san’atning zo'r ustalari bo'lishgan. I.Bax ijodiyotida polifoniya o ‘zining eng yuqori badiiy mukammalligiga erishdi. Shu bilan bir vaqtning o ‘zida uning ijodida boshqacha, o ‘sha davr uchun yangi bo'lgan musiqa uslubi - gomofoniyaning xususiyatlari namoyon bo'ldi. Polifoniyadan farqli o'laroq, gomofon musiqasida bitta ovoz birinchi darajali ahamiyatga ega, boshqa barcha ovozlar esa unga bo'ysunadi va jo'm avozlik qiladi. Gomofon musiqasining eng oddiy misoli sifatida kuy va jo'rnavozlik mavjud bo'lgan qo'shiqni keltirish mumkin.
“simfoniyalar”da kuzatish mumkin. Ayniqsa ikki ovozli invensiyalarda imitatsiyali uslubni yaqqol ko'rish mumkin. Kompozitor tomonidan bunday polifonik pyesalar jami o'n beshta yozilgan. Invensiyaning asosini odatda qisqa, lekin juda ifodali mavzu tashkil qiladi. Do major - birinchi invensiyada bu oddiy kuy bo'lib, avvaliga do major gammasining tovushlari bo'ylab tuzilgan. Mavzu yorqin ifodali kvinta xitobi bilan yakunlanadi. Kuy osoyishta, salmoqli, juda mayin va ravon sadolanadi.
I.Bax oltita “Fransuzcha” va oltita “Inglizcha'' suitalar, shuningdek, o'zining tuzilishi bo'yicha suitalarga o ‘xshash oltita partitalar yozdi. Kompozitorning vafotidan keyin suitalar o'z nomlanishiga ega bo‘ldi.Fransuzchadan taijimada “suita” so‘zi “qator”, “ketma-ketlik” ma’nosini anglatadi. I.Bax zamonida suita qator mustaqil pyesalar - raqslardan tashkil topgan musiqiy asar bo‘lgan. To'rtta raqs: allemanda, kuranta, sarabanda va jiga suitaning asosini tashkil qilgan. Sarabanda va jiga o'rtasiga, odatda, qo‘shimcha raqsona pyesalar: menuet, gavot, burre va boshqalar kiritilgan. Har bir qismning mustaqilligiga qaramasdan, suita yaxlit musiqa asari sifatida qabul qilinadi. Barcha pyesalami bir xildagi, yagona tonallik birlashtiradi. Raqslaming joylashuvi ham muhim ahamiyatga ega. 0‘rta va og‘ir harakatli raqslar tez harakatlilari bilan almashib turadi. Bunday qonuniyat shuningdek, ulami yagona yaxlitlikka birlashtiradi.

Download 24,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish