3. Hаyotiy-mаishiy ertаklаr


Kichik yoshdagi (2 yoshdan 6 yoshgacha) bolalarga



Download 98 Kb.
bet2/3
Sana19.03.2022
Hajmi98 Kb.
#501457
1   2   3
Bog'liq
Ertaklar (2)

Kichik yoshdagi (2 yoshdan 6 yoshgacha) bolalarga aytiladigan ertaklarning voqeasi juda sodda, ishtirok etuvchi ertak qahramonlari va personajlarining ham soni 3-4 nafardan oshmaydi. Ularning ham aksariyati bolalarga tanish uy hayvonlari, parrandalari, qushlar yoki o‘rmon hayvonlari, shuningdek, oila a’zolariga o‘xshagan nomlari tanish (ota-ona, bobo-buvi, tog‘a va shu kabi) kishilardan iborat. Bunday ertaklar xususan, bolalarni ovutish, fikrini biror narsaga jalb qilish, biror foydali odatga o‘rgatish, ularga notanish hayvonlarning o‘zini, xarakterini tanishtirish maqsadida aytiladi. Aksariyat hollarda, bu yoshdagi bolalarga ko‘proq hayvonlar haqidagi ertaklarning shakl va mazmuniga ko‘ra sof turi tavsiya etiladi. Sof hayvonlar haqidagi ertaklar nisbаtаn qadimiy bo‘lib, ibtidoiy jamiyatning ovchilik bilan shug‘ullangan bosqichida yuzaga kelgan deb taxmin qilish mumkin. Bu davrda hayvonlarni kuzatish kuchli bo‘lgan hamda o‘sha davr odamlari hayvonlarga nisbatan e’tiborini jalb etgan. Ba’zi hayvonlarning har xil ovoz chiqarishi, uv tortib bo‘kirishi, “o‘yin tushib” sakrashi, belgi-xususiyati, xatti-harakati odamlarning diqqatini o‘ziga tortgan. Hayvonlarni kuzatish esa ertaklarning dastlabki namuna sifatida yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Mаsаlаn, “Tulkibоy”, “Kiyik bilan kadi”, “Xo‘roz bilan tulki”, “Boyqush”, “Qaldirg‘och va ilon”, “Echkining o‘ch olishi” kabilar shu tur ertaklarga misol bo‘ladi. Bu ertaklar asrlar mobaynida o‘z mohiyatini, qimmatini yo‘qotmay, avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Bu kabi ertaklar go‘dakning olamdagi mavjudotni ongli ravishda anglab borishiga yordam beradi. Chunki bola atrof-muhit bilan tanisha boshlashi mobaynida dastlab hayvonlarga juda qiziqib, sinchkov nazar tashlaydi, ko‘rgan hayvonlaru parrandalarni ushlab ko‘rishga intiladi. Sababi, bolaning aksariyat o‘yinchoqlari hayvonlar shaklidan iborat. Bu yoshdagi bolalarga ertak voqeasi tovush tembriga ko‘ra ohang yordamida, ko‘z, qo‘l, gavda harakatlari orqali hikoya qilinadi. Shuningdek, ertak aytuvchi bolalarning diqqatini bir joyga to‘plash, qiziqtirish va tinglashga tayyorlash uchun ertak oldi deb atalmish an’anaviy qolip jumlalardan foydalanishi zarur. An’anaviy qoliplardan biri bu boshlamadir. Bоshlаmа ertаkning dаstlаbki qismini tа’riflаydi. Ertаklаrdа аn’аnаviy bоshlаmа vоqеаning qаy vаqt bo‘lib o‘tgаnini bildirmаydi, nоаniq, umumiy tаrzdа ifоdаlаydi. Ertak aytuvchi kichik va o‘rta yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan har qanday ertaklarni tinglovchi diqqatini tezda o‘ziga jalb qilishi uchun “Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, g‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, tovuq qoq etdi, bilmadim qaqqa ketdi” – tarzida an’anaviy boshlama qolipdan foydalanishi maqsadga muvofiqdir. Biroq bu kabi ertaklar ham ibratomuz xarakterga egadir. Masalan, “Tulki va turna”, “Echki bolalari va bo‘ri ”, “Ikki echki”, “Maqtanchoq quyon”, “Chumchuq”, “Bo‘g‘irsoq”, “Sholg‘om” singari ertaklar qisqa syujetga egaligi, ixcham kompozitsiyadan iborat bo‘lishi bilan birga insoniy fazilatlarni alohida uqtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Tulki va turna” ertagida mehmondo‘stlik, hurmat-izzat, odamiylik xislatiga zid holda xasislik, ochko‘zlik, hurmatsizlik illatlari yaqqol ochib berilishi bilan birga, ularning tuzilishi, belgilari, xatti-harakati, ovqatlanadigan ozig‘i ham tasvirlab berilgan. Yoki “Kiyik bilan kadi” ertagida kiyiklar dumining kaltaligiga sabab ertak misolida bayon qilingan. Bolalarga ertak bayoni boshlamadan foydalangan holda hikoya qilinadi: “Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan, bo‘ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg‘a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, g‘oz karnaychi ekan, o‘rdak surnaychi ekan, tovuq qoq etdi, bilmadim qaqqa ketdi. Polizda katta kadi yetilib pishibdi. Kunlardan bir kuni kiyik polizni oralab yurgan ekan. Kadi o‘zini kiyikka yem bo‘lishidan cho‘chib, uni qo‘rqitadi. Kiyik kadidan o‘ch olmoqchi bo‘ladi va uni dumiga bog‘lab cho‘ktiradi. Kadi kiyikni suv tagiga tortadi, kiyik qirg‘oqqa qarab cho‘ziladi. Natijada kiyikning dumi uzilib, kadi bilan suvning tagiga botib ketadi. Dumi tumtoq bo‘lib qolgan kiyik boshqalar o‘rtasida masxara bo‘ladi. Bu oriyatga chiday olmagan kiyik barcha kiyiklarning dumlarini bir-biriga bog‘lab, “mergan kelyapti” deb qochadi. Mergandan qo‘rqqan dumi bog‘liq kiyiklar turli tomonlarga qarab, jonholatda qochishadi. Shunday qilib, kiyiklar dumlaridan judo bo‘ladilar va dumsiz kiyikni masxara qilganlari uchun pushaymon qiladilar.” Bu ertak bir tomondan, kiyiklar dumining kaltaligiga javob tariqasida yuzaga kelgan bo‘lsa-da, ikkinchi tomondan, birovning ustidan kulish, masxara qilish yomon odat ekanligi ibrat sifatida uqtirilgan. “Ikki echki” ertagida manmanlik va o‘jarlikning oqibati yaxshilik bilan tugamasligi, inson kamtarin va sofdil bo‘lishi lozimligi tarbiyaviy ahamiyat kasb etishi ko‘zda tutilgan. Masalan; “Maqtanchoq quyon” ertagiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu ham ibratomuz xarakterga egadir:

Download 98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish