ERTAKLAR
Reja:
Hаyvоnlаr hаqidаgi ertаklаr
Sеhrli ertаklаr
3.Hаyotiy-mаishiy ertаklаr ERTAK
Ertak — xayaq og’zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; to’qima va uydirmaga asoslangan sehrlisarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Asosan, nasr shaklida yaratilgan. M. Koshg’ariyning "Devonu lug’otit turk" asarida etuk shaklida uchraydi va biror voqeani og’zaki tarzda hikoya qilish ma’nosini bildiradi. E. Surxondaryo, Samarqand, Farg’ona o’zbeklari orasida matal, Buxoro atrofidagi tuman va qishloqlarda ushuk, Xorazmda varsaqi, Toshkent shahri va uning atrofida cho’pchak deb ataladi. E. hayot haqiqatining xayoliy va hayotiy uydirmalar asosida tasvirlanganligi, tilsim va sehr vositalariga asoslanishi, voqea va harakatlarning ajoyibg’aroyib holatlarda kechishi, qahramonlarning g’ayritabiiy jasorati bilan folklorning boshqa janrlaridan farq qiladi. E.larda uydirma muhim mezon bo’lib, syujet voqealarining asosini tashkil etadi, syujet chizig’idagi dinamik harakatning konflikt yechimini ta’minlaydi. Uydirmalarning turli xil namunalari ta’limiyestetik funksiyani bajaradi, janr komponenti sifatida o’ziga xos badiiy tasvir vositasi bo’lib xizmat qiladi. Uydirmalar voqea va hodisalarni hayotda bo’lishi mumkin bo’lmagan yoki mavjud bo’lgan hodisalar tarzida tasvirlaydi. Xayoliy va hayotiy uydirmalarning ishtiroki, syujet chizig’ida tutgan o’rni va vazifasiga ko’ra, E.ni 2 guruhga — xayoliy uydirmalar asos bo’lgan E., hayotiy uydirmalar asos bo’lgan E.larga bo’lish mumkin. Xayoliy uydirmalar asosidagi E. syujeti mo’’jizali, sehrli; hayotiy uydirmalarga asoslangan E. syujeti esa hayotiy tarzda bo’lib, unda real voqea-hodisalar tasvirlanadi. E.da, asosan, uch maqsad hikoya qilinadi. Birinchisida ideal qahramonning jasorati, yovuz kuchlarga qarshi chiqib, xalq manfaatini himoya qilishi, ikkinchisida, asosan, bosh qahramonning o’zga yurt malikalariga yoki parizodlariga oshiq bo’lib uylanishi, kasalga dori topishi, ajdar va devlar olib qochgan kishilarni ozod qilishi, uchinchisida esa adolatsizlikka, zulmga qarshi chiqishi kabi maqsadlar bayon qilinadi. Birinchi maqsad pahlavonning faol harakati va g’ayritabiiy kuchqudrati bilan amalga oshsa, ikkinchi maqsad passiv qahramonga yordam beruvchi tilsim vositalari yordamida, uchinchi maqsad esa bosh qahramonning aqlidroki, tadbirkorligi bilan amalga oshadi.
E. janri obrazlar talqini, g’oyaviy mazmuni va konflikti, syujet va kompozitsiyasi, uydirmalarning o’rni va vazifasi, tili va uslubiga ko’ra, shartli ravishda hayvonlar haqidagi E.lar, sehrli E.lar, maishiy E.lar, hajviy E.larga bo’linadi.
Hayvonlar haqidagi E.larning bir turi majoziy E.lardir. Majoziy E.larning ("Susanbil", "Bo’ri bilan tulki", "Tulkining taqsimoti", "Ikki boyqush" va boshqalar) syujeti asosida ko’chma ma’no, allegorik obrazlar yotadi. Mas, laqmalik va qonxo’rlik bo’ri orqali, ayyorlik va tilyog’lamachilik tulki orqali ifodalangan.
Sehrli E.larda voqealar sehrjodu, fantastik uydirmalar asosiga qurilgan bo’ladi. Bularda pahlavonlik va qahramonlik madh etiladi ("Yalmog’iz", "Semurg’", "Devbachcha", "Kenja botir" va boshqalar). "Quloqboy", "Handalak polvon", "Uch yolg’onda qirq yolg’on" va boshqalar E.lar komik, ba’zilari hatto hajviy xarakterga ega. Mas, "Uch yolg’onda qirq yolg’on"da bosh qahramon xalq orasida shuhrat topgan kal bo’lib, bu komik qahramonning "yolg’on to’qishi"dan zulm va jaholat, adolatsizlik kabi mavjud tuzumga xos illatlar qoralanadi, kishilardagi donishmandlik, tadbirkorlik kabi fazilatlar ulug’lanadi.
Maishiy E.larda ko’proq zulm va adolatsizlik qoralanadi ("Uch og’aini botirlar", "Oygul bilan Baxtiyor", "Tohir va Zuhra", "Farhod va Shirin", "Zolim podsho" va boshqalar). Mas, "Uch og’aini botirlar" ertagi odatdagidek ota nasihati bilan boshlanadi. Bunda ota kambag’al, lekin hayot tajribalariga boy bo’lgan shaxs, boshqa variantlarida esa shoh bo’lib, o’g’illari shahzodalardir. Botirlar obrazida axloq va odobning yuksak namunasi, odamiylik, donishmandlik, jasurlik kabi sifatlar ko’rinsa, shahzodalar qiyofasida molmulk to’plash yo’lida har qanday yomon niyatlardan qaytmaydigan yolg’onchi, johil kishilar obrazi gavdalangan.
E.lar, asosan, didaktik vazifani bajaradi. E.larning "Ming bir kecha", "Panchatantra" va boshqalar yaxshi namunalari, G.X. Andersen, V.Xauf, A.S.Pushkin kabilarning mumtoz adabiy E.lari jahon madaniyati xazinasiga kirgan. Komiljon Imomov.
Ertaklar olami bizni doimo mo''jizalar sari chorlaydi. Yana ularning yaratilishi, qahramonlarning yuzaga kelishi ham o'ziga xos tarixga va qiziqarli voqeliklarga boy. Biz quyida aynan shu jihatlarga e'tiboringizni qaratmoqchimiz.
Aka-uka Grimm ertaklarining 200 tasini tahlil qilsak, ularda erkaklardan ko'ra ko'proq ayollar yovuzroq ko'rinadi. Masalan, 16 nafar yovuz o'gay ona qahramonga 3 o'gay ota to'g'ri kelar ekan. Yoki jodugarlar 23 nafar bo'lsa, alvastilar 2 nafar xolos.
Zolushka ertagining syujeti Sharl Perro yaratgan asardan ancha avval ham uch-ragan. Yunon-rum yozuvchilari ijodiga mansub tarzda eramizdan avvalgi I asrdayoq bu ertak bo'lgan. "Rodopis haqida"gi ertak Strabon asarlarida keltiriladi, balki undan avvalroq Ezop (eramizdan avvalgi VI - VII asrlar) bu haqda yozgandir. Shunga o'xshash syujetlar xitoy, yapon, fransuz va italyan ertaklarida ham mavjud. Biroq Zolushka oyoq kiyimini yo'qotishi Perro asa-rida uchraydi xolos.
Shahrizodaning Olovuddinning sehrli chirog'i haqidagi ertagi shunday boshlanar edi: "Xitoy shaharlarining birida bir kosib yashagan ekan...". Demak, ertak voqealari aynan Xitoyda sodir bo'lgan.
Agarda etik kiygan mushukning rangi qanaqa edi, deb so'rasak, ko'pchilik "malla" deb javob beradi. Aslida Sharl Perro mushukning rangi haqida o'z ertagida hech nima demagan.
Krilovning "Ninachi va chu-moli" masalida sakrab o'ynashni xush ko'radigan ninachi yoz bo'yi qo'shiq kuylab, ishga qo'li bormaydi. Aslida esa tabiatda uchraydigan ninachi sakramaydi va kuylamaydi. Demak, aslida masal qahramoni chigirtka bo'lishi mumkin edi.
"Bremenlik musiqachilar" nomli ertakni barchangiz eshitgansiz. Birgalikda eslab ko'rsak, mushuk, eshak, it qarib qolib naf keltirmayotganlari uchun o'z xo'jayinlari tomonidan tahqirlanib, qochadilar. Ular orasida faqat xo'roz yosh edi. Uning xo'jayinidan qochishiga sabab xo'rozni so'yib, mehmonlarga tortiq etishmoqchi bo'lgani edi.
Rediard Kipling yozgan "Jungli kitobi"da Bagira aslida erkak jinsli hayvon bo'lgan. Biroq uni ko'pchilik bunday deb bilmaydi.
"Alisa mo''jizalar mamlakatida" ertagidagi cheshir mushugi o'z laqabini Cheshir grafligida Richard III davrida yashagan o'rmonchi Keterling nomidan olganligi aytiladi. Ba'zilar esa bu nom mushukka uning boshi jilmayganida cheshir pishlog'iga o'xshagani uchun berilgan deyishadi.
Bazilio laqabli mu-shuk va Alisa laqabli tulki nomlari Buratino haqidagi "Oltin kalit" ertagida uchraydi. Pinokkioda esa mushuk va tulki nomsiz ekani ma'lum.
Qadimdan ota-bobolarimiz o‘z orzu-umidlarini turmush haqiqatlari bilan uyg‘unlashtirgan holda go‘zal mo‘jizakor manzaraga, sodda va o‘ta teran mazmunga ega ertaklarni yaratganlar. Hayot haqiqati va kishilarning ruhi, psixologiyasini o‘zida aks ettirgan ertaklarning badiiy kuchi hanuzgacha kattalar va kichiklar uchun ham birday qiziqarli, jozibali xalq kitobi sifatida ta’sir etib kelmoqda.
Ertаklаrning tаrbiyaviy аhаmiyati kаttа. Ertаklаrdа vоqеаlаr аsоsаn mo‘jizаli tаrzdа ifоdаlаnаdi. Binоbаrin, mo‘jizа yoki fаntаziya vоqеа vа hоdisаlаrni hаyot bilаn bоg‘lаb, hаqiqаt, оzоdlik, to‘g‘rilik, оdаmiylik kаbi didаktik g‘оyalаrni tаshviq etаdi, syujеt rivоjigа kuch bаg‘ishlаydi, tinglоvchi e‘tibоrini o‘zigа jаlb qilib, аjоyibоtlаr оlаmigа оlib kirаdi, shirin tuyg‘ulаr dunyosigа g‘аrq etаdi.
O’zbek xalqi orasida ertak so’zi dialektik jihatdan matal, cho‘pchak, ushuk, o‘tirik, tutal, hikoya, afsona atamalarida qo‘llanadi. XI asrda yashagan lingvistik olim Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida ertak – “etuk” shaklida qo‘llanilgan. “Ertak” leksemasi aytmoq, hikoya qilmoq, aytish kabi lug‘aviy ma’no ham kasb etadi. Adabiy termin sifatida “ertak” leksemasi qabul qilingan. Alisher Navoiy g‘azaliyotida ertak “churchak” holida uchraydi. Uyg’ur xalqida ertak – chuchak deb yuritiladi. Bularning hammasi zamonlar osha xalq orasida yashab kelmoqda. Folklorshunos V.I.Chicherov ta’rificha, “Xalq ertaklari deganda og’zaki hikoya tarzidagi afsonaviy, sarguzasht yoki maishiy, uydirmaga asoslangan, tarbiyaviy yoki ovutish maqsadlarida aytiladigan og‘zaki hikoya asarlari tushuniladi.”
Umumlashtirilgan holda ertakka xos quyidagicha ta’rif e’tirof etilgan: “Hаyot hаqiqаti bilаn bоg‘liq bo‘lib, fаntаstik hаmdа hаyotiy uydirmаlаr аsоsigа qurilgаn, didаktik g‘оya tаshuvchi оg‘zаki hikоyalаr ertаk dеb аtаlаdi.” Ertаklаr оbrаzlаr tаlqini, g‘оyaviy mаzmuni vа kоnflikti, syujеt vа kоmpozitsiyasi, fаntаstik uydirmаning o‘rni vа vazifasi, tili vа usuligа ko‘rа shаrtli rаvishdа hаyvоnlаr hаqidаgi ertаklаr, sеhrli ertаklаr, hаyotiy-mаishiy ertаklаrgа bo‘linаdi. Darhaqiqat, ertaklar bolalarga mo‘ljallangan ijod turi bo‘lib, ularni tuzilishi jihatidan bolalarning yosh xususiyatiga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:
Kichik yoshdagi bolalar ertaklari (2 yoshdan 6 yoshgacha);
O‘rta yoshdagi bolalar ertaklari ( 7 yoshdan 11 yoshgacha);
O‘smir yoshdagi bolalar ertaklari ( 12 yoshdan 16 yoshgacha).
Do'stlaringiz bilan baham: |