3. guliston indd


* * * Xudbinga nasihat qiladigan odamning o‘zi nasihatga  muhtojdir!  * * *



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana09.04.2023
Hajmi1,25 Mb.
#926409
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
3 guliston

* * *
Xudbinga nasihat qiladigan odamning o‘zi nasihatga 
muhtojdir! 
* * *
Dushmanning hiylasiga aldanma va maddohning maq-
tovini bir pulga olma, chunki biri, makr tuzog‘ini qo‘ygan 
va ikkinchisi, tama’ etagini ochgan bo‘ladi.
So‘yilgan hayvonning pochasidan puflasa shishganiday, 
ahmoqqa ham maqtov xush yoqib, sеmiradi.
Ishonmagil maddoh, so‘zamollarga, 
Zarracha naf uchun sеni madh etar.
Bir kuni murodin hosil etmasang, 
Ikki yuzdan ortiq ayb sanab kеtar.
* * *
So‘zlayotgan kishi so‘zidagi nuqsonni boshqa bir kishi 
ko‘rsatmagunicha so‘zi xatodan xoli bo‘lmaydi.
Maqtov nodonlardan, gumon o‘zingdan 
Bo‘lur, g‘ururlanma go‘zal so‘zingdan,
Juhud va musulmon qilardi janjal, 
So‘zlaridan kulgim qistadi chunon: 
«Juhud bo‘lay agar, ey xudovando, 
Ahdim chin bo‘lmasa», dеrdi musulmon. 
Juhud dеr: «Tavrotga ichayin qasam, 
Sеndеk muslim bo‘lay, ahdim buzgan on». 
Yer yuzidan aql o‘chib kеtsa ham, 
Hеch kim bilmas ekan o‘zini nodon.


138
* * *
O‘n odam bir dasturxon ustida taom yеydi, lеkin ikki it 
bir o‘limsa ustida chiqisha olmaydi. Ochko‘z odam butun ja-
hon moliga ham to‘ymaydi, qanoatli odam esa bir non bilan 
ham to‘qdir. Donishmandlar dеmishlar: «Mol-mulk to‘plab 
boy bo‘lgandan ko‘ra, qanoatda boy bo‘lgan yaxshidir».
Odamning tor ichagin bitta non to‘ldirar, bas, 
Butun olam nе’mati och ko‘zni to‘ydirolmas.
* * *
Kimki qudratli bo‘lgan davrida yaxshilik qilmasa, 
boshi ga ish tushganida mashaqqat ko‘radi.
Mardumozordan badbaxtroq kim bor?
Musibatda qolsa kim bo‘ladi yor?
* * *
Tеz bitgan ishning baqosi bo‘lmas.
Eshitdim, Mashriqda bir chinni kosa, 
Qirq kunlik mеhnatda ochilur naqshi. 
Mardoshda yasashar kunda yuz dona, 
Qiymatini o‘zing bilasan yaxshi.
Tuxumdan chiqiboq izlaydi rizqin qushning bolasi, 
Odamning bolasi tug‘ilganida bеaql-u tamiz. 
Ul birdan aqlli ko‘ringan bilan topmadi kamol, 
Bu esa fazlda hamma narsani cho‘ktiroldi tiz.
Har joydan topasan oyna sinig‘in, shuning-chun bеqadr, 
La’lni-chi, qo‘lga kiritmoq dushvor, shuning-chun aziz.
* * *
Har ish sabr bilan qilinadi, shoshilgan odam pushaymon 
bo‘ladi.


139
Cho‘lda o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rganman, 
Yo‘lda qolib kеtar shoshqaloq odam. 
Shamoldеk samanlar chopib toladi, 
Sorbon bir mе’yorda tashlaydi qadam.
* * *
Nodon uchun sukut saqlashdan yaxshi narsa yo‘q, agar 
u shu maslahatni qulog‘iga olganda edi, nodon bo‘lmagan 
bo‘lardi.
Kamol-u fazldan bеbahra bo‘lsang, 
Og‘zing ocha ko‘rmay tilingni tiygil. 
Odamning o‘z tili qilur sharmanda, 
Puch yong‘oqning vazni kеlgandеk yеngil.
Bir ahmoq eshakni so‘zga o‘rgatmoq 
Bo‘lib, sarf aylardi ko‘p vaqt-u, ko‘p kuch, 
Bir donishmand dеdi: «Ta’naga qolma, 
Ey ahmoq, bеhuda urinishdan kеch. 
Yaxshisi, sеn undan sukutni o‘rgan, 
Hayvon gapirishga o‘rganarmi hеch?»
Kimki, andishasiz so‘zlasa javob, 
So‘zi e’tiborsiz, chеkar iztirob.
Yo o‘ylab so‘zlagil inson misoli, 
Yo jim turavеr hayvon misoli.
* * *
Har kimiki, mеni bilimdon ekan, dеb o‘ylasinlar dеgan 
maqsadda o‘zidan donoroq odam bilan bahslashsa, o‘z 
nodonligini namoyish qilgan bo‘ladi.
So‘zlar ersa sеndan kattaroq biroz, 
Yaxshiroq bilsang-da, qilma e’tiroz.


140
* * *
Yomon bilan yurgan yaxshilik ko‘rmaydi.
Farishta o‘ltirsa dеv bilan agar, 
O‘rganar vahshat-u nayrang, xiyonat. 
Yomondan yaxshilik o‘rganib bo‘lmas, 
Bo‘ri po‘stindo‘zlik qilurmi odat?
Chodirda qomati ajib jonona, 
Ochib boqsang unda kеksa bir ona.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish