Cheklangan
charchash
-
bu
ayrim
mushak
guruhlarini charchashi.
Yashirin (o’rni to’latiladigan)
charchashga
irodani
ishga
solish
hisobiga
ish
qobiliyatining yuqori darajasi xos xususiyatdir. Bu
sohada ishlash kam darajadagi
iqtisod qilish bilan bog`liq.
Ochiq (o’rin to’latilmaydigan) charchash yashirin charchash paytida ish
to’xtatilmasa yuzaga keladi. Ichki a’zolar va harakat apparat-lari vazifasini susayishi
bilan ish qobiliyatini pasayishi bosh belgi hisoblanadi. Odatda bunday holatda sportchi
masofadan chet-laydi, mashg`ulotni to’xtatadi.
Maksimal anaerob quvvatiga ega bo’lgan mashqlarni bajarish-dagi charchashni
o’sishiga MAT da va asab-mushak ijroiya apparatida ro’y berayotgan jarayonlar muhim
o’rin tutadi. Ayniqsa kreatin-fosfat tez susayadi. Laktat aralashmasi unchalik ko’p emas,
negaki ish qisqa muddatlidir.
13
0
Maksimalga yaqin anaerob quvvatiga ega bo’lgan mashqlarni bajarishda charchashni
o’sishiga ham MATda va asab-mushak ijroiya apparatida (ishlayotgan mushaklarda) ro’y
berayotgan o’zgarishlar etakchi o’rin tutadi. Mushaklarning o’zida fosfagen va mushak
glikogeni jadallik bilan sarf bo’ladi. Ancha miqdorda sut kislo-tasi to’planadi.
Submaksimal anaerob quvvati sohasida ishlash chog`ida fosfa-genlarning (ATF,
KrF) resintezi (tiklanishi) etarli dara-jadagi tezlikda ro’y beradi, shuning uchun ish
oxirida ularning sezilarli darajadagi sarfi bilinmaydi. Bu quvvat sohasidagi ishni baja-rish
chog`ida mushak va qonda laktatni to’planishi asosiy xususiyat hisoblanadi
Maksimal aerob quvvatli mashqlarni bajarishda charchash eng avvalo kislorod
tashuvchi tizim bilan bog`liq, uning eng so’nggi imkoniyati ish qobiliyatini chegaralaydi.
Ishlayotgan mushaklarni kislorod bilan etarli darajada ta’minlanmaganligi quvvatning
ushbu holatidagi charchashning bosh sababi hisoblanadi.
Maksimal oldi aerob quvvati mashqlarini bajarishda ham kislorod etkazib berish
tizimi imkoniyati muhim holat hisob-lanadi. Qonda laktat aralashamasining ko’payib
ketishi charchash hosil bo’lganligining bosh sababi ekanligi haqida xulosa qilish
mumkin.
O’rta aerob quvvati zonasida ishlash ham kislorod etkazib berish tizimiga katta ta’sir
ko’rsatadi. Bunday quvvat bilan ishlash chog`ida mushak glikogenining sezilarli sarfi va
jigar glikogenining kuchli sarfi kuzatiladi.
Kam aerob quvvati mashqi ham yuqorida aytilganidek, ammo bularning
barchasi ancha kech ro’y beradi.
M.P.Pavlov ta’kidlaganidek charchash va tiklanish - bu bir jarayonning ikki
tomonidir. Ularning mutanosibligi - harakat holatining asosi yoki hayotiy tarkibning past
faolligi hisob-lanadi.
Mashq yoki musobaqa jarayonida sportchi tanasida ro’y beradi-gan fiziologik va
biologik o’zgarishlar ishlayotgan a’zolar holatini yomonlashtiradi. Ammo ularning o’zi
tiklanish jarayonini jadallashtiradi. Bunda charchash qanchalik tez ro’y bersa tiklanish
shunchalik tez bo’ladi.
13
1
Ishlagandan keyin tiklanish jarayonining quyidagi 3 davri belgilanadi:
1 - tez tiklanish davri,
13
2
Do'stlaringiz bilan baham: |