«Harakatlar strategiyasi» besh bosqichda, O’zbekistonda har bir yilga beriladigan nomlardan kelib chiqib qabul qilinadigan Davlat dasturlari asosida amalga oshirib borilishi nazarda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo’yicha Milliy komissiya ham tuzilgan bo’lib, izchil faoliyat ko’rsatmoqda.
SHuningdek, har yilgi Davlat dasturlariga kiritilgan tadbirlarni to’liq, o’z vaqtida va sifatli bajarilishini Harakatlar strategiyasidagi beshta yo’nalishining har biri bo’yicha tuzilgan komissiyalar nazorat qilib boradi.
Ayni vaqtda besh yilga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirishning to’rtinchi yili yakuniga yetib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |