3-bosqich talabasi O'zbekistonda"Yashil energetika"



Download 101,93 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi101,93 Kb.
#713190
Bog'liq
O\'zbekistonda Yashil energetika


Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’zbekiston Milliy Universiteti Iqtisodiyot fakulteti
Mintaqaviy iqtisodiyot va Menejment kafedrasi

Ilmiy hisobot

Mavzu: O'zbekistonda “Yashil energetika"

Qabul qildi: Xajibakiyev Sh.X
Tayyorladi: Azamatova Aziza
Mintaqaviy iqtisodiyot yo’nalishi
3-bosqich talabasi
O'zbekistonda"Yashil energetika"
Y
ashil energetika – qazilma yoqilg‘i sarfisiz, atmosferaga CO va CO2 gazlari chiqarmaydigan va natijada atrof-muhit ekologiyasiga ziyon yetkazmagan holda energiya ta’minotini amalga oshirilishini ko‘zda tutadigan konsepsiyadir. Bunda iste’mol talabini imkon qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari – Quyosh va shamol energetikasi hamda boshqa muqobil energiya manbalari evaziga qondirilishi maqsad qilingan. Buni shuningdek “musaffo energiya” ham deyiladi. Ma'lumki, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 85–90 foizi O‘zbekistonning tabiiy boyligi hisoblanmish ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa neft mahsulotlarini yoqish evaziga ishlab chiqariladi. Hozircha O‘zbekistondagi «yashil energiya» salmog‘i atigi 10–14 foizni tashkil etadi. 

2017-yilda 52 142,1 mln. kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun mamlakatimizda mavjud issiqlik elektr stansiyalari tomonidan 15,21 mlrd metr/kub tabiiy gaz, 268,3 mln metr/kub yerosti gazi, 148,6 ming tonna mazut, 3,31 mln tonnadan ziyod ko‘mir, 13,7 ming tonna neftekoks yoqilgan.

2018-yilda esa jami 56 311,3 mln. kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun bu ko‘rsatkichlar umumiy hisobda 8,7 % ga oshgan, ya'ni 16,42 mlrd metr/kub tabiiy gaz, 326,6 mln metr/kub yerosti gazi, 154,8 ming tonna mazut, 3,34 mln tonna ko‘mirdan issiqlik energiyasi olinib, elektr energiyasiga aylantirilgan.

2019-yilda esa o‘tgan yillarga nisbatan yirik miqdorda import qilingan elektr energiyasi hajmidan tashqari 56 413,8 mln. kVt•soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Buning uchun 15,81 mlrd metr/kub tabiiy gaz, 269,2 mln metr/kub yerosti gazi, 204,4 ming tonna mazut va 3,57 mln. tonna ko‘mir yoqilgan.


O‘z-o‘zidan ma'lumki, yuqorida keltirilgan raqamlar atmosferaga chiqarilgan behisob uglerod oksidi, minglab tonna kul va boshqa zararli moddalar haqida so‘zlab turibdi. Ammo na chora, dunyo miqyosidagi Ekotizimga yetkazilayotgan ekologik talafotlar tarkibida bu raqamlar dengizdan tomchi...
E'tibor bergan bo‘lsangiz, oxirgi 3 yilda «yashil energiya», «muqobil energiya» deb ta'riflanuvchi fotoelektrstansiyalari hamda shamol generatorlarini qurish bo‘yicha xabar-yangiliklar tez-tez qulog‘ingizga chalinib qoldi. Hukumat qarorlariga asosan Energetika vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari salmog‘ini 2030-yilgacha 25–30 foizgacha oshirishi strategik rejasi haqidagi eshitgan-o‘qigan bo‘lishingiz mumkin.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari — atrof-muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasi. Xo‘sh, qayta tiklanuvchi energiya salmog‘ini oshirish bo‘yicha O‘zbekistonda qanday islohotlar, aniqroq aytganda, qanday loyihalar amalga oshirilmoqda?
1. Karmanada 100 MVt quvvatli quyosh elektr stansiyasini qurish loyihasi
Xalqaro moliya korporatsiyasining texnik ko‘magida, davlat-xususiy sherikligi asosida «Navoiy viloyatining Karmana tumanida quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasini qurish» bo‘yicha e'lon qilingan xalqaro tenderda Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar Energy» kompaniyasi g‘olib deb topilgan.
2019-yil 8-noyabr kuni «O‘zbekiston MET» AJ va «Masdar Energy» kompaniyasi o‘rtasida «Elektr energiyasini sotib olish» hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan «Investitsiyaviy kelishuvlar» imzolandi. Buning asnosida «Nur Navoi solar» MChJ loyiha kompaniyasi tashkil qilindi. 2019-yilning dekabr oyida «Masdar Energy» kompaniyasi va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan tanlov asosida «AF Aries» (Ispaniya) kompaniyasi «Mustaqil muhandis» sifatida tanlandi.
Loyihaning umumiy qiymati 100 mln. AQSh dollariga baholangan va investor tomonidan 100% to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirilishi belgilangan.
2. Zarafshonda quvvati 500 MVtdan kam bo‘lmagan shamol elektr stansiyalarini qurish loyihasi.
2020-yil 8-iyunda Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar Energy» kompaniyasi «O‘zbekiston MET» AJ bilan «Elektr energiyasini sotib olish» hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan «Investitsiyaviy kelishuvlar» imzolandi.
Loyihaning umumiy qiymati 705 mln. AQSh dollariga baholangan va investor tomonidan 100% to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtiriladi. Loyiha doirasida «Shamol Zarafshon Energy» MChJ deb nomlangan loyiha kompaniyasi tashkil etildi.
Shu o‘rinda bir narsani alohida ta'kidlash lozimki, ushbu loyiha O‘zbekiston energetika tizimida «yashil energiya» salmog‘ini birmuncha oshirishga xizmat qiladigan yirik loyiha bo‘lib, Navoiy viloyati va uning hududlaridan tashqari qo‘shni viloyatlarda istiqomat qiluvchi aholi, ijtimoiy soha obyektlari hamda kichik, o‘rta va yirik ishlab chiqaruvchilarni elektr ta'minoti darajasi yuksalishiga xizmat qiladi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish esa o‘ziga xos noqulayliklarga ega. Avvalo, shamol generatorlari va quyosh panellari birmuncha qimmat texnika va texnologiyalar majmuasi hisoblanadi. Quyosh fotopanellari maydon jihatidan bir necha gektar maydonlarni egallaydi, ularni atmosfera changi va tuzli birikmalardan tozalab turishning o‘zi bir vazifa. Buning ustiga foydali ish koeffitsenti nihoyatda past va kunning ma'lum bir paytida (kunduzi) faol foydalanish mumkin. Fotoelektr stansiyalar ish prinsipi 2 turga bo‘linadi, biri quyosh panellarida hosil bo‘lgan energiyani fizik-kimyoviy jarayon orqali elektr energiyasiga aylantirib bersa, ikkinchisi yig‘ilgan issiqlik harorati minora tepasida to‘plangan yana o‘sha suvni bug‘lantirib, issiqlik energiyasidan mexanik energiya va aylanma mexanik harakatdan elektr energiya hosil qilish uchun xizmat qiladi. Ammo yer yuzi iqlim sharoitida keskin o‘zgarishlar (qurg‘oqchilik yoki suv toshqinlari, o‘rtacha iqlim haroratining keskin paysayishi yoki ko‘tarilishi, atmosfera tarkibida zararli gaz va chang-tuzlar miqdorining keskin oshishi) kuzatilmasa, yurtimizdagi tog‘ va tog‘oldi hududlarda shamol oqimi, yo‘nalishi va davomiyligi yaxshi o‘rganilsa, shamol elektr stansiyalari ish koeffitsentidan samarali va uzoq muddatli istiqbol bilan foydalanish mumkin.
Demak, yuqorida keltirilgan raqam va dalillardan xulosa yasab fikr yuritamizki, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini O‘zbekiston energetika sohasidagi salmog‘ida oshirib borish bugunning muhim vazifalaridan biri. Yuqorida sanab o‘tilgan investitsion loyihalar ortidan mamlakatimizga dunyoning ilg‘or raqamli texnologiyalari, zamonaviy qurilmalar bilan birgalikda undan samarali foydalanish dasturlari, ish uslubi, bilim-tajriba kirib keladi. Muqobil energiya manbalarining davlat miqyosidagi yirik loyihalari, o‘z navbatida, aholi xonadon, dala hovlilar, kichik va o‘rta biznes korxonalarida «yashil energiya» manbalaridan mustaqil ravishda foydalanishiga o‘ziga xos turki bo‘lib xizmat qiladi.
Download 101,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish