Favqulodda vaziyatlar, uning turlari va xususiyatlari Favqulodda vaziyat (FV)-ma’lum hududda yuz bergan falokat, halokat va boshqa turdagi ofatlar natijasida kishilarning o’limiga, salomatligiga, tevarak atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli moddiy zarar etkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib keladigan holatdir. Favqulodda vaziyatlar havfining tarqalish tezligiga ko’ra, ular quyidagi guruhlarga bo’linadi: - a) tasodifiy FV - yer silkinishi, portlash, transport vositalardagi avariyalar va boshqalar;
- b) shiddatli FV - yong’inlar, zaharli gazlar otilib chiquvchi portlashlar va boshqalar;
- c) mo’’tadil (o’rtacha) FV - suv toshqinlari, vulqonlarni otilib chiqishi, radioaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar va boshqalar;
- d) ravon FV - sekin-asta tarqaluvchi xavflar: qurg’oqchilik, epidemiyalarni tarqalishi, tuproqni ifloslanishi, suvni kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |