3 bo’lim mаshinаlarning kinеmаtik sхеmаsi


Muvaqqat tarmoqlarni qazish jarayonida mehnat xavfsizligini ta’minlashga doir umumiy qoidalar



Download 494,68 Kb.
bet5/7
Sana26.10.2022
Hajmi494,68 Kb.
#856700
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TOYIR

Muvaqqat tarmoqlarni qazish jarayonida mehnat xavfsizligini ta’minlashga doir umumiy qoidalar.
Har qanday obyektdagi kabi, muvaqqat ariqlarni qazish joylarida ish olib borilganda barcha ishchilar mehnat xavfsizligi ta’minlangan bo’lishi lozim.
Har bir bajariladigan ish bo’yicha shu ish bajarilishiga tegishli bo’lgan “Ishlab chiqarish ishlari loyixasi” yoki boshqa tegishli tasdiqlangan hujjat bo’lishi lozim.
Shunday hujjat asosida ish turiga qarab ish joyini tashkil qilish, tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
Qurilish, ta’mirlash, qayta qurish ishlari amalga oshirilgan maydon tashqi muhitdan to’siqlar bilan ajratiladi, maxsus xavfsizlik belgilari o’rnatiladi. Ish maydonida ishchilar uchun zarur bo’lgan sharoitlar yaratilishi juda muhim masaladir.
Ish joylarini tashkil qilishda ham, ishlayotgan har bir ishchining hayoti va sog’ligiga biror predmet yoki vositalar tomonidan xavf solinmasligi, bemalol mehnat qilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo’lishi darkor.
Xavfli zonalar deb ish bajarish joylarida ishchilarning hayoti va sog’ligiga xavf tug’dirish mumkin bo’lgan ish joylari, maydonlariga nisbatan aytiladi.
Ma’lumotlar bo’yicha, baxtsiz xodisalarning 20% ga yaqini qurilishda, xavfli zonalarda sodir bo’lar ekan.
Xavfli zonalarga: kotlovan va zovur qirg’oqlari, elektr uzatish liniyalari atrofi (30 m) transport vositalari, ishlaydigan mexanizmlar atrofi va shu kabilar kiradi.
Meliorativ mashinalarda ishlaganda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi.
Mashinalarni ishlatishda atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga qat'iy rioya qilish kerak. Chunonchi, turli yer inshootlarni qurishda tuproqning yuzada joylashgan unumdor qatlamini, keyinchalik undan foydalanish maqsadida, alohida to’plash kerak. Agar undan bir yo’la foydalanish mumkin bo’lmasa, ularni bir joyga uyib qo’yish lozim.
Agar qurilish ishlari tufayli qishloq xo’jalik erlari va o’rmonzorlar buzilgan bo’lsa, quruvchilar ularni qurish bilan bir vaqtda, juda bo’lmasa, qurilish tugagandan keyin uzog’i bilan bir yil mobaynida tiklab berishlari lozim.
Bo’lajak qurilish o’rnida o’sayotgan qimmatbaho daraxtlar yangi joyga ko’chirib o’tqazilishi, qurilish bilan yonma-yon joylashganlari esa shikastlanishdan himoya qilinishi kerak.
Gusenitsali mashinalarni transportirovka qilishda ularni yo’l chetidan haydash, agar yo’l kesib o’tiladigan bo’lsa, uni vaqtincha yotqizilgan to’shama ustidan yurgizish kerak.
Dvigatellari belgilangan me'yordan ortiq darajada tutun chiqarib ishlaydigan mashinalardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Dvigatelning yonilg’i apparaturasini rostlash orqali tutunning kamayishiga erishish mumkin. Yonilg’isi, moyi, ish suyuqliklari va surkama moylari sizib turadigan mashinalardan foydalanish taqiqlanadi, chunki YOMM atrof muhitga salbiy ta'sir ko’rsatadi. Huddi shu sababga ko’ra mashinalarni ta'minlashda YOMM ning to’kilishiga va isrof bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Mashinalarga ishlash joyining o’zida texnik xizmat ko’rsatish va tuzatish jarayonida moyini almashtirish, ish suyuqligi va surkama moylarini yangilashda ularning isrof bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim.

Download 494,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish