3 bob. "Tungi turna" pyesasida yozuvchi mahorati


“Tungi turna” pyesasida “Turnaning iltifoti” ertak mavzusining yangi talqini



Download 144,47 Kb.
bet16/23
Sana04.02.2022
Hajmi144,47 Kb.
#430842
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
md.mastura3 ASOSIY

2.2 “Tungi turna” pyesasida “Turnaning iltifoti” ertak mavzusining yangi talqini.

1960 yil yanvar oyida Nyu-Yorkdagi Hunter kollejida yapon bastakori Ikuma Dan boshchiligida “Yuzuru” (「夕鶴」) yoki “Tungi turna” deb nomlangan yapon operasining Amerikada premyerasi bo‘lib o‘tdi. Opera 1948 yilda Kinoshita Junji tomonidan yozilgan teatr pyesasi asosida yaratilgan edi58.


Junji Ikkinchi Jahon Urushidan keyin yapon dramaturgiyasiga katta hissa qo‘shgan asosiy dramaturglardan biri hisoblangan va Shekspirning asarlari tarjimoni ham bo‘lgan59. Ushbu spektakl, Junjining aksariyat asarlari singari taniqli yapon xalq hikoyasi “Turnaning iltifoti” (「鶴の恩返し」– “Tsuruno ongaeshi”)ning o‘zgartirilgan shakli edi. 1952 yilda yozilgan asarning asl tarjimasida Junji so‘z boshida tarixiy g‘arbiy dramani o‘zining ona tili – yapon tili bilan taqqoslaydi. Uning ta’kidlashicha, yunon mifologiyasi G‘arb sivilizatsiyasida klassik va zamonaviy dramaturgiyaning aksariyat qismi uchun asosdir. Ushbu afsonalardan xabardorlik esa faqat yodlash va o‘rganish orqali to‘planmaydi. Aksincha, Junji ushbu tushunchani “... xalq hayotidagi bu voqealar ming yillar davomida avlodlardan avlodlarga qondan o‘tadi”, deya izohlaydi. Junji G‘arbning yunon mifologiyasi bilan tanishishini Yaponiyaning milliy folklor haqidagi umumiy bilimlari bilan tenglashtirdi60.
Shubhasiz, “Turnaning iltifoti” Yaponiyadagi umumiy ertaklarning eng taniqli va qadimiy ertaklaridan biri bo‘lgan va bo‘lib qolmoqda. Ertakda turnaning fidokorona harakatlari va asl maqsadi sezilarli darajada pasaygan bo‘lsa, aksincha erkak obrazi va uning ochko‘zligi asosiy mavzuga aylangan. Ertakdagi g‘arbiy timsollarning mavjudligi, Richard Dorsonning “Grimmning yapon tilidagi variantini chiqarishga urinish” deb ataganiga yana bir misoldir61.
Qadimiy afsonaning kelib chiqishi va asl mohiyatini topishga urinish qiyin vazifa. Chunki ko‘pgina xalq afsonalari tarixiga nazar tashlasak, ertak, afsona, rivoyatlarning og‘zaki ravishda aytilganiga guvoh bo‘lamiz. Mamlakat va madaniyat to‘g‘risida chuqur bilimga ega bo‘lmasdan turib, uning afsona va ertaklari haqida nimadir deyish deyarli imkonsiz.
Yapon ertaklar, afsonalarida “irui-kon” (「異類婚」 – “har xil turlar o‘rtasidagi nikoh”) motivi aynan hayvonlar yoki insonlar o‘rtasidagi nikohining aksi sifatida emas, balki insonning boshqalar bilan tuzilgan nikohining metonimi sifatida uchraydi. U “shin-kon” (「神婚」– “xudolar nikohi”) deb ham yuritilgan62. Irui-kon atamasiga oid tadqiqotlar asosan folklorshunoslik obekti orqali to‘plagan. Masalan, g‘arbda oqqush qizlari haqidagi ertaklarning tadqiqotlari 1919 yilda boshlangan va 1930 yillarning oxirlarida Osiyo manbalaridan foydalanish imkoniyati bilan yanada rivojlangan. Bunday tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, “g‘oyib bo‘ladigan g‘ayritabiiy ayollar bilan turmush qurish to‘g‘risida xalq hikoyalari” tarixiy ravishda Xitoy, Yaponiya va Koreyada takrorlanib turuvchi ramziy obrazlar bo‘lib, bunday ertaklarning ildizi III asrda yaratilgan xitoy asarlarida uchrashi isbotlandi63.
Irui-kon asrlar davomida folklor rivoyatlarda takrorlanuvchi motiv bo‘lib kelgan. Shu bilan birga uning zamonaviy mavzulari yoki boshqa mavzularning qayta ishlanishi ko‘p qirrali global hamjamiyatlarda o‘ziga xos tushuncha bo‘lib, boshqalarning mashhur madaniy asarlarini anglash uchun ham katta ahamiyatga ega64.
Yapon folklor ertaklarida ko‘pincha odamlar va hayvonlar (qushlar, sudralib yuruvchilar va boshqalar) sherik yoki dushman sifatida bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin bo‘lgan animistik dunyo tasvirlanadi65.
Yaponiyada irui-kon xalq hikoyalarining ikki turi mavjud. Bular: a) baxtli yakun topadigan; baxtsizlik bilan tugaydigan ertaklardir66. Birinchisi soni jihatidan ancha cheklangan. Bunday ertaklarda qahramon shilliqurt, qurbaqa kabi hayvonlar shaklida tug‘ilishi, yoki tug‘ilganda bosh barmoq kattaligidagi bo‘yga ega bo‘lishi mumkin. Ushbu ertaklar syujet jihatdan g‘arb ertaklarga o‘xshaydi va qahramonning insonga xos bo‘lmaganligi ertakning dastlabki qismida ochib beriladi. Ertaklar afsonaviy yoki diniy tomondan sirlar bilan o‘ralgan bo‘lib, insonning oldiga o‘z turmush o‘rtog‘ini topish vazifasi qo‘yiladi.
Baxtli yakunga ega bo‘lmagan ertaklarda, asosan hayvonlar insonning yaxshiligiga javob qaytarish maqsadida inson qiyofasiga kirib, yaxshilik qilgan insonga turmushga chiqadi. Lekin insondagi turli xil yomon illatlar natijasida oilaga darz ketadi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, yapon folkloridagi irui-kon nikohlarining aksariyati baxtsiz tugaydi. Bunday nikoh odamlar va odam qiyofasidagi hayvonlar (masalan, samoviy ayol, qush yoki hayvon) o‘rtasidagi odatiy nikoh bo‘lib, bu munosabatlar, odatda, odam qiyofasidagi hayvonlarning kimligi aniqlanganda darhol ularning yo‘qolishi bilan tugaydi. Bunday ajralishlar insonlar va odamlar bo‘lmagan hayvonlar o‘rtasidagi chegara mavjudligini umumiy e’tirof etishidan dalolat beradi. Ya’ni hayvonlar inson qiyofasiga kirib, inson bilan turmush qurishi mumkin, ammo hech qachon haqiqiy insonlik xususiyatiga to‘liq erisha olmaydi. Ayollar qiyofasidagi hayvonlar har qanday vaziyatda keladigan va ketadigan obrazlar sifatida tasvirlangan, shuning uchun turnalar va oqqushlar kabi ko‘chib yuruvchi qushlar ayol qiyofasidagi hayvonlarning metaforik obraziga mos kelishi ajablanarli emas67.
Yapon ertaklarida g‘ayriinsoniy ayollarning asl o‘ziga xos ko‘rinishlari qushlar yoki sudralib yuruvchilarning turlariga, ya’ni turna, tulki, ilon, qurbaqa, toshbaqa, baliq, shuningdek, afsonaviy jonzotlarga (masalan, samoviy mavjudotlar, ajdarholar, ruhlar) mansub bo‘ladi. Ularning ijtimoiy mavqei esa noaniq. Ular faqat inson qiyofasiga kirib, kim bilandir turmush qurishlari mumkin. Shuning uchun aksariyat hollarda ular inson emasliklari aniqlanganda insonlar dunyosini tark etadi68. Kavay Xayaoning ta’kidlashicha, ertak qahramonlarining kelib chiqishi aniqlanganda, ularga nisbatan ikki xil munosabat mavjud bo‘ladi: ularga (masalan, tulkidan tashqari hayvonlarga) past jonzot sifatida ularni mensimasliklari yoki ilohiy mavjudotlar (masalan, samoviy ayollar, ajdarho malikalari va tulkilar) sifatida hayratga tushishlari mumkin69.
“Turnaning iltifoti” ertagi aynan yuqoridagi motivlarni o‘zida mujassamlashtirgan ertak hisoblanadi. Bu ertak odatda quyidagi syujetni o‘z ichiga oladi. Kambag‘al odam o‘qdan shikastlangan turnani qutqaradi, shundan so‘ng uning uyiga go‘zal ayol tashrif buyurib, unga turmushga chiqadi70. Bir kuni ayol eridan to‘quv xonasidan foydalanishni so‘raydi va mato to‘qiyotganda xonaga ko‘z yugurtirmaslik kerakligini aytadi. Eri bunday qilmaslikka va’da beradi. Bir necha kundan so‘ng, ayol unga sotish uchun chiroyli mato beradi. Dehqon yigit matoni sotib, hayratlanarli miqdorda pul topadi. Xaridor undan yana boshqa qismini olib kelsa, sotib olishini aytadi. Xotini xuddi avvalgi va’da bilan yana bir mato namunasini to‘qishga rozi bo‘ladi. Faqat bu safar va’da buziladi: yigit kirishi ta’qiqlangan xonaga kirib boradi va xonada turna o‘zining yumshoq patlari bilan mato to‘qiyotganligini ko‘radi. Shunda turna bir paytlar yigit uni qutqargan turna ekanligini va uning yaxshiligiga javoban ayol qiyofasiga kirib, unga turmushga chiqqanligini tan oladi, shundan keyin u osmonga uchib ketadi. Qalblari muhabbat va ezgu niyatlarga to‘la bo‘lgan bunday ertak qahramonlari turmush o‘rtoqlari yoki insoniyat jamiyati tomonidan qasddan yoki tasodifan sirlari fosh bo‘lib, o‘z juftlarini tark etishga majbur bo‘ladi71.
Ularning baxtli nikohlarining to‘satdan tugashi erlarining yashirin tarzda qaramaslik haqidagi va’dalarini buzganligi natijasida ayolning asl qiyofasi aniqlanishi sababli edi. Ayolning asl qiyofasida ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lgan taqiq yapon folklorlarida keng tarqalgan motiv bo‘lib, “miruna no tabu” (qarash taqiqi) va “miruna no yashiki” (taqiqlangan hujra) deb tasniflanadi72. G‘arb folklorchiligidan farqli o‘laroq, bunday qoidabuzarliklar uchun aniq jazo yo‘q; buning o‘rniga, qalbi vayron bo'lgan ayol shunchaki qayg‘u ichida yo‘qoladi.
Erkaklarining boshqa odamlar ta’sirida qo‘zg‘atilgan ochko‘zligi, ayol qiyofasidagi jonzotlarning muvaffaqiyatsiz nikohlari haqidagi mavzular yapon ertaklarda tez-tez uchraydi. Ularning ochko‘zligi nimani anglatadi? Minnatdor turna haqidagi ertaklar, odatda, begunoh, sodda va chin dildan xushmuomala bo‘lgan erkak qahramonining boshqa tarafga o‘zgarishini ochib beradi. Uning ochko‘zligi xotinining beg‘ubor sovg‘asi, qimmatbaho matoning orqasidan kelgan boylik natijasida qo‘zg‘atiladi. Bu mato odamlarga ko‘proq qimmatbaho mato sotish orqali katta miqdordagi pul, moddiy boylik orttirish haqidagi xayoliy tasavvurlarni taqdim etadi. Bu yerda pul insoniyat jamiyatini ramziy ma’noda anglatadi73.
Bir tomondan (an’anaviy) irui-kon folklor motivlari kamolotga erishish uchun ijtimoiy muhitning ta’sirini ko‘rsatadi, shu bilan birga ichki nafsning uyg‘onishini ham aks ettirishi mumkin. So‘nggi o‘n yilliklarda juda ko‘p miqdordagi manga va anime asarlarida yoshga oid ertaklarni sahnalashtirish uchun irui-kon motividan foydalanilmoqda.
“Turnaning iltifoti” nomli xalq ertagida o‘rmonda o‘q bilan yaralangan turnani qutqargan Yohei ismli dehqonning hayoti batafsil bayon etilgan. Mehribon odam turnani davolab, hayotga qaytaradi va muhtasham qush sog‘aygach uyiga uchib ketadi. Ko‘p o‘tmay, Yoheining kulbasiga ajoyib go‘zal ayol keladi. Ayol ko‘chada qorli bo‘ron bo‘lyotganligi tufayli Yoheidan bir kecha uning uyida tunab qolishni iltimos qiladi. Yohei uni uyiga kirgizadi, lekin ertasi kuni ham, undan keying kunlar ham kuchli bo‘ron aslo to‘xtamaydi. Shu zaylda kunlar o‘tib boradi.
Kunlardan bir kuni ayol Yoheiga uning rafiqasi bo‘lishni taklif qiladi. Yohei hali o‘z ismini ham aytmagan bu ayolga qarab, uning qanday “oliyjanob va yoqimli” ko‘rinishga ega ekanligini, ayolning turmush o‘rtog‘i bo‘lish istagi avvaldan unda ham mavjud bo‘lganini bildiradi74. Yolg‘iz qashshoq dehqon boshiga qo‘ngan baxtidan mamnun bo‘lsa-da, daromadi o‘zini boqish uchun arang yetganda, boshqasini boqish qiyinligini tushunadi. Buni anglagan xotini qish uchun oziq-ovqat va boshqa zarur narsalar sotib olishga yordam berish uchun qishloqda sotishi mumkin bo‘lgan mato to‘qib berishini taklif qiladi. Albatta Yohei bunga rozi bo‘ladi va xotini mato to‘qishni boshlaydi. Lekin xotinining bitta sharti bor edi: to‘quv xonasida mato to‘qiyotganda Yohei unga hech qachon ko‘z tashlamasligi kerak edi. Yoheining rafiqasi uch kundan so‘ng ovqatlanmay, uxlamay, charchagan holda to‘quv xonasidan chiqqanda, qo‘lida chiroyli matoni ushlab turar edi. Yohei xotini aytganidek, matoni sotish uchun bozorga boradi va tasavvur qilganidan ham yuqori narxda sotadi. Bu pul ikkalasiga juda katta yordam beradi, ammo qish cho‘zilib, Yohei ishsiz qolganda yana ular puldan qiynala boshlaydilar. Uning rafiqasi avvalgi shart bilan xuddi shunday mato to‘qishini aytadi.
Yoheining mehribon ayoli ikkinchi marta ovqatsiz va uyqusiz to‘rt kunini sarflab, mato to‘qiydi va to‘rt kundan so‘ng u eriga yanada chiroyli va ingichka, yengil mato sovg‘a qiladi. Aynan shu paytda Yohei mato tayyor bo‘lgandan so‘ng xotining ko‘rinishi ancha yomonlashayotganini sezadi. Shunga qaramasdan yetarli darajada tashvishlanmaganligi boisidanmi yoki juda sodda bo‘lganligidanmi, nima uchun bunday bo‘lyotganini so‘ramaydi. Mato avvalgisidan ham yanada yuqori narxda sotiladi va Yohei bu matoning qadr-qimmatini naqadar baland ekanligini tushunadi. Yohei shu sababdan xotinidan ko‘proq matolar to‘qisa, uni qimmatga sotib, ular ajoyib tarzda yashashlari mumkinligini aytadi. Xotini dastlab ikkilanib tursa ham, oxir-oqibat erining iltimosiga ko‘nib, uchinchi marta mato to‘qishni boshlaydi. U yana Yoheidan ichkariga kirmaslikni talab qilib, o‘z to‘quv dastgohi yoniga o‘tiradi.
Biroq, bu safar Yohei o‘zida eshikni ochishga bo‘lgan juda katta qiziqish sezadi va eshikni ochadi. Eshikni ochganda esa, tanasidan patlarini tortib olib, mato to‘qiyotgan turnaga ko‘zi tushadi. Shubhasiz, bu turna Yohei bir necha oy oldin qutqargan turna edi va turnaning yonida matoning tugallangan uchinchi qismi turardi. Turna Yoheining ichkariga kirganidan juda qattiq xafa bo‘ladi va Yoheiga “sen mening azob-uqubatlarimni ko‘rganing uchun, men endi odamlar ichida qolishim mumkin emas” deydi. Turna unga oxirgi marta qarab, uzoq tog‘lar tomon uchib ketadi.
Turna ayol va erning ajralishi – bu g‘amgin ajralish bo‘lsa-da, biz bu yerda yapon estetik kontsepsiyasining ifodasi – mono-no avare (物の哀れ – “ma’yus joziba”) hodisasini ko‘rishimiz mumkin75.
Ertakning aniq kelib chiqishi noma’lum bo‘lsa-da, Kinoshita Junjining 1949 yilgi “Tungi turna” spektaklidagi xalq ertagining yangi varianti 1900 yillarning o‘rtalarida yaponlarda milliy qayta tiklanish hissini uyg‘otishga va xalqaro miqyosda mashhur bo‘lishiga zamin yaratdi76. Bu pyesa butun dunyo bo‘ylab spektakl, opera, yapon qo‘g‘irchoq teatri, bunraku ko‘rinishida namoyish etildi.
Kinoshita qadimgi xalq ertagi asosida yaratgan “Tungi turna” pyesasi xalq yozuvchini ushbu sohadagi ishining boshidanoq qiziqtirgan. Ushbu asarning “Turna rafiqa” (鶴女房 – “Tsuru-nebo”)77 deb nomlangan birinchi varianti dramaturg tomonidan 1943 yilda yozilgan. Ammo muallif asarni qayta ishlab, birinchi marta 1949 yilda “Fujin koron” jurnalining yanvar sonida nashr ettirdi78.
Kambag‘al dehqon o‘limdan qutqarib qolgan turnaning minnatdorchiligi haqidagi ertak Yaponiyada keng tarqalgan. Ushbu ertak dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mashhur bo‘lib, Rossiyada chop etilgan “Yapon ertaklari” to‘plamiga “Turna patlari” nomi bilan kiritilgan79.
Pyesada ochko‘zlik insonlar hayotida tez-tez uchrab turadigan yomon illatlardan biri ekanligi, bu illatga qul bo‘lish natijasida inson taqdiri fojiali yakunlanishi yana bir marta o‘z isbotini topadi. Ertaklarning yangi uslubda talqin qilinib, sahnaga qo‘yilishi Yaponiyada yangilik bo‘ldi. Bu pyesa boshqa davlatlarda ham mashhurlikka erishib, ko‘plab tillarga tarjima qilina boshlandi. Ingliz yozuvchisi Ketrin Patersonning 1981 yildagi inglizcha tarjimasi, Nyu-York Tayms gazetasida “Bolalar ertaklari” uchun yilning eng yaxshi kitobi unvoniga sazovor bo‘lgan80.
Junji Kinoshitaning 1949 yil noyabr oyida Osaka shahridagi Asahi-Kaykan zalida namoyish etilgan “Turnaning iltifoti” pyesasida Yohei o‘rnini Yohyo egalladi va uning rafiqasi Tsu ismini oldi. Kinoshitaning pyesasi dehqon yigitning turnani qutqarishi bilan boshlanmaydi. Aksincha, ertakning yangi talqinida ular allaqachon turmush qurib, baxtli yashayotgan va Tsu o‘zining dastlabki matosini to‘qib qo‘yganligi tasvirlangan. Shu sababli, o‘quvchi turnaning inson qiyofasiga o‘tishidan va shu bilan uning chin ma’nodagi maqsadidan asar boshida bexabar bo‘lib qoladi.
Junji Kinoshita butun syujetni butunlay boshqacha talqin qiladi. Kinoshita pyesasida bechora Yohyo va uning rafiqasi Tsu oxir-oqibat ularning sof his-tuyg‘ularini barbod bo‘lishiga olib kelgan moddiy boylik, yolg‘on va yovuzlik ustunlik qilgan dunyoga yengiladi. Tsu Yohyoni mehribonligi uchun bolalarcha toza qalbi bilan sevib qolgan edi. U shunchaki pul va foydani insoniy his-tuyg‘ulardan ustun qo‘yadigan boshqa odamlarni tushunmas va ulardan qo‘rqar edi. Kambag‘al odam Yohyo xuddi u kabi oddiy va tabiiy hissiyot, istaklar dunyosida yashaganligi uchun unga yaqin inson hisoblanardi. Tsu erining xursand bo‘lishini istab, unga kichiik mato bo‘lagini to‘qib berdi.
Ammo bu kichik mato bo‘lagi tufayli ularning uyiga pul keldi. Yohyoning boylik orttirishga bo‘lgan chanqoqligi asta-sekin uning qalbidagi eng yaxshi insoniy tuyg‘ularni o‘ldira boshladi. Tsuga bo‘lgan muhabbat va mehribonlik esa iloji boricha ko‘proq pulga ega bo‘lish istagi oldida hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmay qoldi. Yohyoning o‘zi qanday qilib xotiniga nisbatan qo‘pol va shafqatsiz darajaga kelib qolganini sezmay borardi. Boylik ortidan quvish natijasida Yohyo bir vaqtlar Tsuning turna paytida yarador qilgan dahshatli va tushunarsiz odamlarga o‘xshab qoldi. Yohyo va Tsu o‘rtasidagi farq muqarrar bo‘lib qoladi. Yohyo xotinining mato to‘qiyotganida xonasiga qarab, unga bergan so‘zini buzishi ular o‘rtasidagi munosabatning yakunlanishiga olib keldi.
Ertakning haqiqiy versiyasidan farqli o‘laroq, Kinoshita pyesada darhol Yohyoning hasadgo‘y qo‘shnilari – Unzu va Sodo bilan tanishtiradi, chunki ular Yohyoning xotini to‘qigan matoning manbasini bilishda Yohyodan foydalanish rejasini tuzishadi81. Bu orqali esa ikkala qo‘shni Tsu to‘qigan matoning kelib chiqishini ayyorona surishtirishi bilan hikoyaning yovuz odamlari ekanligidan xabardor bo‘lish mumkin. Ikkala qo‘shnining o‘zaro suhbatida Sodoning aytishicha, mato “Senba-Ori” deb nomlanib, bu mato faqat “tirik turnaning minglarcha yulib olingan patidan to‘qiladi”. Unzu esa Tsuning shuncha turna patlarini qayerdan topishi mumkinligidan hayratlanadi. Shu yerda Tsuning odam shaklidan turnaga o‘zgara olish qobiliyati mavjudligi ko‘rinadi. Bu hodisaga qiziqqan Unzu to‘quv xonasiga matoning sirini bilish uchun derazadan “ko‘z tashlaydi”. Natijada, to‘quv xonasida inson emas, turna ajoyib mato to‘qiyotganligining guvohi bo‘ladi. Kinoshita bu badiiy voqeani qo‘shish orqali nafaqat erning ochko‘zligini, balki barcha hokimiyat odamlarining ochko‘zligini ko‘rsatishga urinadi va bu orqali Yaponiya kapitalistik jamiyatiga zarba berishga harakat qiladi. 1980 yil boshida Liberal Demokratik Partiya (LDP) spektaklga “bir tomonlama yoki g‘oyaviy tarafkashlik”82 sifatida hujum qiladi va voqeani olib tashlashni talab qiladi.
“Tungi turna” pyesasida ajoyib matoni ko‘rgan ikkita qo‘shni erkak Yohyoni yana bir matoni Kiotoga olib borishga va u yerda matoni sotib, juda katta foyda olish mumkinligiga ishontiradi. Yohyo esa Tsudan yana bir marta to‘qishni iltimos qiladi. Mato to‘qishdan so‘ng sog‘ligi yomonlashadigan Tsu bunga rozi bo‘lishni istamaydi. Yohyo esa unga shart qo‘yadi:
Matoni to‘qing. Agar qila olmayman desangiz, men sizni tashlab ketaman!”83
Vladimir Propp shuningdek, har bir ertakda ham qahramon, ham yovuz odam bo‘ladi degan nazariyani ilgari surgan. Yuqoridagi pyesada biz Yohyoni har ikki tomondan ham ko‘rishimiz mumkin84. U boshida turnani qutqarishi bilan pyesa qahramoniga aylansa, keyinchalik nafs tufayli uning sog‘ligi yomonlashishiga sabab bo‘lishi, xotinining shartiga amal qilmaganligi tufayli uni ketishga majbur qilishi Yohyoni yomon odam sifatida ko‘rsatadi. Lekin Yohyoni yovuz odam sifatida ko‘rish qiyin bo‘lishi mumkin, chunki u hikoyaning birinchi sahifasidanoq qahramon sifatida berilgan edi. Lekin asarda haqiqiy qahramon sifatida turnani ko‘rishimiz kerak, chunki u o‘zini hayotini qutqargan inson oldidagi qarzini uzish uchun inson qiyofasiga kirib unga turmushga chiqadi. Hatto erini boqish uchun o‘z sog‘ligidan kechishga ham tayyor bo‘ladi.
Tsu uzoqlarga uchib ketgandan so‘ng uni uzoq qidirgan Yohyoni Sodo va Unzu uydan uzoqroqda, qorga yuzi bilan yotgan holda topdilar. Uni uyiga qaytarishganda Yohyo Tsu to‘qigan so‘nggi ikkita matoni ko‘radi. Yohyo Tsuni oxirgi marta sevgisining ayanchli yakun topganidan va Yohyodan abadiy ajralyotganligidan afsuslanib, uchib ketayotgan turna shaklida ko‘rgan edi. Bolalar Tsuni spektakl boshida qanday qidirgan bo‘lsa, xuddi shunday uni izlashar edi. Ularning ichida bir bola birinchilardan bo‘lib uchib ketayotgan turnani ko‘radi. Sodo faqat matoning sotilishi haqida o‘ylasa, Yohyo esa Tsuning eriga bo‘lgan muhabbatini ifodalovchi matoni ushlagancha uzoqdagi uchib ketayotgan turnaning ortidan yugurib, qoqiladi85.
Xalq ertaklarida turna uchib ketgan paytda qahramon yolg‘iz holda tasvirlanadi. Ammo Kinoshitaning pyesasi so‘nggi sahnasi uchta erkak va bolalar bilan boyitilgan. Bu ko‘rinish esa Yohyoni Tsu allaqachon tark etganligiga yanada ko‘proq urg‘u beradi. Kinoshita bolalar obrazi orqali ularning dunyosi naqadar pokligi va beg‘uborligini, kattalar dunyosida ishonch va sevgini saqlab qolishning qiyin ekanligini ifodalaydi86.



Download 144,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish