DEMAK NPV BU- - investitsiya imkoniyatlarini baholashining mutlaq mantiqiy usuli hisoblanadi. U mantiqiy, demak, foydalidir, chunki u quyidagi xususiyatlarga ega:
- • Bu konsepsiya aksiyadorlar farovonligini maksimallashtirish (kompaniyaning qiymatini oshirish) maqsadlariga bevosita bog‘liqdir.
- U kapital qo‘yilmalar va foyda ko‘rish muddatini to‘liq hisobga oladi, ya’ni pulning vaqt qiymatini to‘g‘ri aks ettiradi. Boshqacha aytganda, NPV ko‘rsatkichi investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlarini inobatga oladi.
NPV indikatori yordamida investitsiya baholashning aniq mantig‘iga qaramasdan, tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda keng qo‘llaniladigan uchta yondashuv mavjud. Ushbu uchta yondashuvni ko‘rib chiqamiz.
ichki daromadlilik stavkasi;
qoplash muddati;
foydaning buxgalteriya me’yori.
Ichki daromadlilik normasini hisoblash metodi
(Internal Rate of Return, IRR)
Bu pul tushumlarining diskont qiymati pul chiqimlarining diskont stavkasiga teng bo’lgandagi daromadlilik darajasi yoki bo’lmasa loyihadan olingan sof tushumlarning diskontlangan qiymati investitsiyalarning diskontlangan qiymatiga, sof joriy qiymat esa nolga teng bo’gandagi diskont me’yoridir. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun sof joriy qiymatni aniqlashda ishlatilgan formuladan foydalaniladi va sof joriy qiymat nolga tenglashadigan minimal foiz stavkasi topiladi. Aynan shu foiz stavkasi foydaning ichki daromadlilik normasi usuli deb nomlanadi. Bu usul iqtisodiyotda rentabellikning ichki normasi, qoplash yoki samaradorlik koeffitsienti, kapital qo’yilmalarning chegaraviy samaradorligi deb ham yuritiladi.
2. Ichki daromadlilik stavkasi
Ichki daromadlilik stavkasi (Internal rate of return, IRR) – bu diskont stavkasi. Bunda loyihaning NPVsi nolga teng bo‘ladi. IRRni hech bo‘lmaganda qo‘lda aniqlanishi juda qiyin jarayon hisoblanadi.
1-misol.
Dastlabki 120 so’m investitsiyadan keyin bir yildan so‘ng 138 so’m kelib tushadi. Shundan so‘ng kelib tushadigan pul oqimlari kutilmaydi. Bu holatda loyihaning IRR nimadan iborat bo‘ladi?
Yechim.
Agar loyihaga ketgan boshlang‘ich xarajat 120 so’mni tashkil qilsa, shundan keyin har ikki yil oxirida 69 so’m miqdorida mablag‘ kelib tushsa, unda holat qanday o‘zgaradi?
Kelayotgan pul oqimlarining umumiy summasi 138 so’mga teng bo‘lishiga qaramasdan, IRR ko‘rsatkichi 15% emas, chunki loyiha bir yilga emas, balki ikki yilga mo‘ljallangan, shuningdek‚ 7,5% (ya’ni 15:2)ga mo‘ljallangan emas. Chunki 120 so’mning aksariyat qismi birinchi yil davomida to‘langan va ikki yil davomida qoplanmasdan qolmaydi.
Bu holatda loyihaning NPVsi nolga teng 1-misol uchun r qiymatni quyidagi ifodadan olamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |