3-bob. Bo'Lakli uzluksiz funksiyalar f(X) funksiya (a;b) oraliqda aniqlangan bo‘lsin. 1-ta‘rif



Download 271,06 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi271,06 Kb.
#765490
Bog'liq
3-bob . . .


3-bob. BO'LAKLI UZLUKSIZ FUNKSIYALAR.

f(x) funksiya (a;b) oraliqda aniqlangan bo‘lsin.


1-ta‘rif. Agar [a; b] da berilgan f(x) funksiya [a;b] ning chekli sondagi nuqtalaridan tashqari qolgan hamma joyida uzluksiz bo‘lib, chekli sondagi nuqtalarida birinchi tur uzilishga ega bo‘lsa, u holda f(x) funksiya [a; b] da bo‘lakli uzluksiz deyiladi.
Xususiy holda zinapoyas
imon funksiyalar bo‘lakli uzluksiz funksiyalarga misol bo'la oladi.

1. Zinapoyasimon funksiyalar.

2- ta‘rif. Agar (a; b) oraliqni chekli sondagi oraliqlarga bo'lish mumkin bo‘lib, bu oraliqlarning har birida f(x) funksiya o'zgarmas qiymat qabul qilsa, u holda f(x ) funksiya zinapoyasimon funksiya deyiladi. Uzilish nuqtalarida funksiya aniqlangan yoki aniqlanmagan bo‘lishi mumkin. Biz quyida eng ko'p qo‘llaniladigan zinapoyasimon funksiyalarni qaraymiz.
Signum x. (Signum lotin so'zidan olingan bo'lib, ishora degan ma'noni bildiradi). Signum x funksiya ushbu formula yordamida beriladi.

Bu funksiyaning grafigi 1- chizmada berilgan bo'lib, u ikkita yarim to'g'ri chiziqlardan va (0; 0) nuqtadan iborat. Bunda yo'nalish (0; 1) va (0;— 1) nuqtalarning funksiya grafigiga tegishli emasligini ko'rsatadi.




1-misol. y=signsinx funksiyaning grafigini chizing.
Yechilishi. Agar xꞓ(-π+2kπ; 2kπ) (kZ)bo‘lsa, u holda sinx<0 bo‘ladi. Shuning uchun signumx funksiyaning ta‘rifiga ko'ra, signsinx=-1. Agar xꞓ(2kπ; π+2kπ), kZ bo‘lsa, sinx>0 bo‘ladi. Bundan esa signsinx=1 bo‘ladi. Agar x=kπ, kZ bo‘lsa, u holda ta'rifga ko'ra y=signsinx=0 bo‘ladi. Shunday qilib, qaralayotgan funksiyaning grafigi 2- chizma ko'rinishida tasvirlanadi.

Eslatma.y=sign(f(x)) funksiyaning grafigini quyidagi tartibda chizish kerak: avvalo y=f(x) funksiya grafigi chizilib, so'ngra bu funksiya grafigining yuqori va pastki tekisliklarda yotgan qismlari aniqlanadi, ya‘ni x ning f(x )> 0 , f(x)<0 va f(x)= 0 bo‘ladigan qiymatlari aniqlanadi. Undan so‘ng, signum x ning ta'rifiga asosan, berilgan funksiya grafigi chiziladi.
2. y =[f(x )] ko'rinishdagi funksiyaning grafigini yasash. y=[f(x)] ko'rinishdagi funksiyaning grafigini chizish quyidagi tartibda bajariladi (3-chizma):
1) y=f(x) funksiya grafigi chiziladi;
2) y=n(nZ) to'g'ri chiziqlar chizilib, y=n va y =n+1 to'g'ri chiziqlardan tashkil topgan oraliqlardan biri qaraladi.
3) y=n , y=n+1 to'g'ri chiziqlar bilan y=f(x) funksiya grafigining kesishish nuqtalari y=[f(x)] funksiyani grafigiga kiradi, qaralayotgan oraliqdagi y=[f(x)] funksiyaning boshqa nuqtalari esa shu oraliqdagi funksiya grafigining y=n to'g'ri chiziqlarga proyeksiyasi sifatida olinadi, chunki bu oraliqda у=f(x) grafigining ixtiyoriy M nuqtasining y >0 ordinatasi n

3. y=f([x]) ko'rinishdagi funksiyaning grafigini yasash. y=(f[x]) ko'rinishdagi funksiyaning grafigini chizish quyidagi tartibda bajariladi (4- chizma):
1) у = f (x) funksiyaning grafigi chiziladi;
2) x=n (nZ)to ‘g‘ri chiziqlar chizilib, x=n, x =n+1 to‘g‘ri chiziqlardan tashkil topgan oraliqlardan biri qaraladi;
3) y=f(x) funksiya grafigining x=n, x=n+ 1 to'g'ri chiziqlar bilan kesishish nuqtalari .y=f([x])funksiya grafigiga kiradi, chunki ularning abssissalari butun sonlardan iborat, qaralayotgan oraliqdagi y=f([x]) funksiya grafigining boshqa nuqtalari esa shu oraliqdagi funksiya grafigining y =f(n) to‘g‘ri chiziqqa proyeksiyasi sifatida olinadi, chunki bu oraliqdagi ixtiyoriy N nuqtaning x abssissasi n4) y =f(x) funksiya grafigi joylashgan boshqa oraliqlardagi y=f([x]) funksiya grafigi xuddi 3) bandidagi singari chiziladi.



Arrasimon funksiya.
Arrasimon funksiyaning analitik ko'rinishi quyidagicha bo‘ladi:

Arrasimon funksiyaning grafigi quyidagi tartibda chiziladi:
Avvalo


funksiya qaraladi. Bu funksiyaning grafigi quyidagi chizmada tasvirlangan.

Download 271,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish