3 blokli topshiriq
Topshiriq 1. Quyidagi savollarni mustaqil o'rganing:
Mavzu: Tadbirkorlik faoliyatini ayrim turlarini huquqiy tartibga solish
1. Innovatsion faoliyatni huquqiy tartibga solish.
2. Baholash faoliyatini huquqiy tartibga solish.
3. Auditorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish.
4. Tovarlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilishni faoliyatini huquqiy tartibga solish.
5. Reklama faoliyatini huquqiy tartibga solish.
Mavzu: Tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy tartibga solish.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tushunchasi va turlari.
Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi.
Tashqi iqtisodiy bitim tushunchasi, o’ziga xosligi, turlari.
Tashqi iqtisodiy bitimni shakli va mazmuni.
Topshiriq 2. Normativ huquqiy hujjatlar asosida savollarga javob bering.
Auditorlik faoliyatida o’z-o’zini tartibga solish nima? Что такое саморегулирование аудиторской деятельности?
Tovarlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilishni davlat tomonidan tartibga solish qanday tarzda amalga oshiriladi?
O’zbekiston Respublikasida reklama faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish qanday tarzda amalga oshiriladi?
Topshiriq 3. Quyidagi tushunchalar o'rtasida muttanosiblikni aniqlang:
Milliy rejim
|
Xalqaro shartnoma asosida bir davlat, boshqa davlatning jismoniy va yuridik shaxslariga tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida berilgan huquqlarni ushbu davlatlar o'rtasida tuzilgan shartnomada ishtirok etmaydigan uchinchi davlatning jismoniy va yuridik shaxslariga taqdim etiladigan huquqni beradigan rejim.
|
Eng maqbul rejim
|
Rivojlangan davlatlar tomonidan xalqaro huquqga muvofiq bo’lgan maxsus huquqlar, imtiyozlar va afzalliklarni bir tomonlama, o'zarolik asosida bo’lmagan holda rivojlanayotgan mamlakatlarning jismoniy va yuridik shaxslariga taqdim etish.
|
Maxasus rejim
|
Muayyan bir davlat xalqaro shartnoma yoki o’zining qonunchiligi asosida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda boshqa davlatning jismoniy va yuridik shaxslariga o'z fuqarolari va yuridik shaxslari foydalanadigan huquqlar bilan teng huquq beradigan rejim
|
Imtiyozli rejim
|
Davlat, o'zarolik asosida, shartnoma tuzayotgan davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslariga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus huquqlarni taqdim etadigan rejim.
|
Topshiriq 4.
Keys
Fuqaro L. Kamolov tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanib, o'z biznesini kengaytirishga qaror qildi va Germaniya va Frantsiyadagi kompaniyalar vakillari bilan muzokara jarayonini boshladi. Muzokaralar jarayonida bir qator savollar tug'ildi, va L. Kamolov ularga yechim toppish maqsadida huquqiy maslahat olish uchun huquqshunosga murojaat qildi:
• Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risidagi shartnomalarni tuzishda O'zbekiston Respublikasining qaysi me'yoriy hujjatlariga amal qilish kerak?
• O'zbekiston, Germaniya va Frantsiya o'rtasida ikki tomonlama soliqqa tortilmaslik to'g'risidagi bitimlar mavjudmi?
Javobni to’liq bering. Aniq, lo'nda yechim toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |