3. Asosiy vositalarni hisobvaraqlarda aks ettirish Asosiy vositalar eskirishi hisobi


Asosiy vositalarni balansdan chiqarilishi hisobi



Download 37,35 Kb.
bet6/9
Sana25.06.2022
Hajmi37,35 Kb.
#702604
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5maru

5.Asosiy vositalarni balansdan chiqarilishi hisobi. 
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishi “Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risida Nizom” (O‘zR Moliya vazirining 2004 yil 16 avgustdagi 101-son Buyrug‘i bilan tasdiqlangan) ga va boshqa qonuniy xujjatlarga tartibga solinadi.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan chiqariladi:
- tugatish;
- sotish;
- beg‘araz berish;
- kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Asosiy vositalar qisman tugatilgan holda uning dastlabki (tiklash) qiymati va jamlangan eskirish summasi tegishligicha ob’ektning tugatilgan qismining dastlabki (tiklash) qiymati va jamlangan eskirish summasiga kamaytiriladi.
Asosiy vositalar quyidagi hollarda ularni tugatish munosabati bilan balansdan hisobdan chiqarilishi mumkin:
a) belgilangan xizmat muddati tugaganidan (to‘liq eskirish hisoblab yozilganidan) keyin;
b) jismoniy eskirish, halokatlar, tabiiy ofatlar, foydalanishning risoladagi shart-sharoitlarini buzish oqibatida yaroqsiz holga kelganlari;
v) ma’nan eskirganlari;
g) tegishli davlat organlarining qarorlari bo‘yicha chiqib ketadiganlari;
d) korxona va tashkilotlarning qurilishi, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi va texnik qayta jihozlanishi munosabati bilan chiqib ketadiganlari.
Tiklanishi mumkin bo‘lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan asosiy vositalar tugatilishi kerak.
Asosiy vositalarni tugatilishi munosabati bilan hisobdan chiqarilishida belgilangan tartibda mutaxassislar tomonidan nuqsonlar dalolatnomasi tuziladi. Ushbu dalolatnomada asosiy vositani xolati aks ettiriladi. Qonunchilikda belgilangan tartibda budjet tashkiloti yuqori tashkilotga asosiy vositani tugatilishi munosabati bilan hisobdan chiqarilishi bo‘yicha yozma murojat qiladi va ijobiy javob olingandan so‘ng tashkilot raxbari tomonidan tasdiqlangan doimiy faoliyat qiluvchi komissiya tomonida tegishli dalolatnomalar tuzilib hisobdan chiqariladi.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni sotish “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan b’ektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risida Nizom” (Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 31 dekabrdagi 343-son qarori bilan tasdiqlangan)ga asosan tartibga solinadi. 
Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan ob’ektlarini sotish quyidagi shartlardan biri qoniqtirilgan taqdirda amalga oshiriladi:
- belgilangan xizmat qilish muddatining tamom bo‘lishi (to‘liq eskirish hisobga o‘tkazilishi);
- ularning jismoniy eskirishi, avariyalar, tabiiy ofatlar, foydalanishning normal sharoitlari buzilishi oqibatida yaroqsiz holga kelishi;
- ma’naviy eskirishi;
- budjet tashkilotlarining qurilishi, kengaytirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiya qilinishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan bo‘shab qolishi.
Budjet tashkilotlarining binolari va inshootlari (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan binolari va inshootlari) O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan xususiylashtirish tartibida sotiladi.
Budjet tashkilotlarining qolgan asosiy vositalari budjet tashkilotlari tomonidan yuqori tashkilot bilan kelishgan holda, yuqori tashkilot bo‘lmagan taqdirda - qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda sotiladi. Bunda:
- bir inventar ob’ektning qoldiq qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining (budjet tashkiloti tomonidan sotish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytda) yuz baravari miqdoridan ortiqni tashkil etadigan avtomototransport vositalari, shuningdek boshqa asosiy vositalar asosiy vositalar qiymatini baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin ommaviy savdolarda sotilishi kerak;
- bir inventar ob’ektning qoldiq qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqining (budjet tashkiloti tomonidan sotish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytda) yuz baravari miqdoridan ortiq bo‘lmagan asosiy vositalar budjet tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali sotiladi. Yuqori tashkilotning (mavjud bo‘lganda) talabiga ko‘ra yoki budjet tashkilotlarining o‘z tashabbusi bilan ushbu asosiy vositalar asosiy vositalar qiymati baholash tashkilotlari tomonidan baholangandan keyin ommaviy savdolarda sotilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi budjet tashkilotlari hisoblanadigan vakolatxonalarining asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan ob’ektlari quyidagi tartibda sotiladi:
- binolar va inshootlar (qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar ham shu jumlaga kiradi) - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida;
- qolgan asosiy vositalar - O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi vakolatxonalari tomonidan yuqori tashkilot bilan (mavjud bo‘lganda) kelishgan holda vakolatxona joylashgan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish orqali mustaqil ravishda sotiladi.
Binolar va inshootlarni (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarni) sotishdan tushgan mablag‘lar Davlat mulki qo‘mitasining maxsus g‘aznachilik hisob raqamida jamlanadi va ular, sotib olish manbalaridan qat’i nazar, Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar sifatida taqsimlanadi.
Budjet tashkilotlarining asosiy vositalarini sotishdan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida jamlanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar budjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi - tegishli budjet daromadiga o‘tkaziladi;
50 foizi - budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha budjet tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining tegishli bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisob raqamlarida qoladi.
Budjet tashkilotlari tomonidan asosiy vositalar ommaviy savdolarda sotilgan taqdirda mablag‘larni taqsimlash ularni baholash va sotish xarajatlari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlari tasarrufida qoldiriladigan budjet tashkilotlari tomonidan faoliyat ixtisosligiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga (shu jumladan, avtomototransport vositalarini sotib olishga), shuningdek kreditorlik qarzni (mavjud bo‘lganda) to‘lashga yo‘naltiriladi. O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi budjet tashkilotlari hisoblanadigan vakolatxonalarining asosiy vositalari va qurilishi tugallanmagan ob’ektlarini sotishdan tushgan mablag‘lar:
- binolar va inshootlar bo‘yicha (qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar ham shu jumlaga kiradi) - ularni sotish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida belgilangan tartibda;
- qolgan asosiy vositalar bo‘yicha - xarajatlar smetasida nazarda tutilgan asosiy vositalarni sotib olishga, faoliyat ixtisosligiga muvofiq moddiy-texnik bazani mustahkamlashga, shuningdek kreditorlik qarzni (mavjud bo‘lganda) to‘lashga taqsimlanadi.
Asosiy vositalarni beg‘araz berish yuqori tashkilot bilan kelishilgan xolda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Inventarizatsiya natijasida asosiy vositalar bo‘yicha kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi ulan undirilishi “Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” (Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2004 yil 10 martdagi 37, 2004-26, 20/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan) ga asosan tartibga solinadi. Ushbu nizomga asosan ish beruvchining mulkiga yetkazilgan zarar hajmi, zarar uchun xodimning moddiy javobgarlik chegaralari va tartibini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinishi ko‘rsatilgan. Bir oylik o‘rtacha ish xaqidan oshmaydigan yetkazilgan zarar summasini aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga oshiriladi. Farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar hajmi inventarizatsiya o‘tkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo‘yicha hisoblanadi. Agar xodimdan undirilishi lozim bo‘lgan yetkazilgan zarar summasi uning o‘rtacha oylik ish xaqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir oylik muddat o‘tgan bo‘lsa, undirish sud orqali amalga oshiriladi. Ish beruvchining mulki o‘g‘irlanganda, kam chiqqanda, qasddan yo‘qotish yoki qasddan buzish natijasida hamda boshqa hollarda yetkazilgan zarar hajmi bozor qiymati bo‘yicha hisoblanadi. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:
a) ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy dilerlaridan, tovar xom ashyo birjalaridan, ko‘chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday mahsulotga doir narxlar to‘ѓrisidagi ma’lumotlar;
b) Markaziy bankning kamomad (ortiqcha) aniqlangan sanadagi va tegishli mulkni sotib olish sanasidagi kurslarning nisbati shaklida aniqlangan hisob-kitob koeffitsiyentini qo‘llagan holda sotib olish sanasidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda) mol-mulklarning erkin konvertatsiyalanadigan valyuta (EKV) dagi qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
v) tegishli davlat idoralarida mavjud bo‘lgan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
g) inventarizatsiya o‘tkazilayotgan davrda ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda e’lon qilingan narx darajalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
d) tegishli mol-mulkning qiymati to‘g‘risida baholovchining ekspert xulosasi.
Asosiy vositalarni ularning tugatilishi sababli hisobdan chiqarish to‘g‘risida komissiya tomonidan qabul qilingan qaror natijalari budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma bilan (AV-4-son shakl, byudj.), shu jumladan, transport vositalari bo‘yicha budjet tashkilotlarida transport vositalarini hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma (AV-4a-son shakl, byudj.) bilan, kutubxonadagi mavjud adabiyotlarni hisobdan chiqarish budjet tashkilotlari kutubxonasida mavjud bo‘lgan adabiyotlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha dalolatnoma (444-son shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomalar komissiya tomonidan ikki nusxada tuziladi va barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi. Birinchi nusxasi buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi asosiy vositalar ob’ektlarining saqlanishi uchun javobgar bo‘lgan shaxsda qolib, hisobdan chiqarish natijasida qolgan moddiy qimmatliklar yoki temir-tersakni omborga topshirish yoki sotish uchun asos bo‘ladi. Transport vositasini hisobdan chiqarishda buxgalteriyaga dalolatnoma bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlarida hisobdan chiqarilganligini tasdiqlaydigan hujjat ham taqdim qilinadi. Ushbu dalolatnomalar tashkilot rahbari (yoki uning o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanguniga qadar asosiy vositalarni qismlarga bo‘lish va demontaj qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va joydan-joyga ko‘chirish operatsiyalarining hisobi 438-son shakldagi jamlanma qaydnomada (9-memorial orderda) olib boriladi. Jamlanma qaydnomaga yozuvlar har bir hujjat bo‘yicha yoziladi. Bunda, “Jami” ustunida (tikqatorida) yoziladigan hisobdan chiqarilgan va joydan-joyga ko‘chirilgan moddiy ashyolar summasi subschyotning debet bo‘yicha summasiga teng bo‘lishi kerak.

Download 37,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish