«narxdan
qoniqishi»
mezoniga
asoslangan
segmentlashdir.
Iste’molchilarning guruhlanishi va ularning xulq-atvoriga ta’sir
qiluvchi omillar.
Marketing asosini inson ehtiyojlari va inson talablari g‗oyalari tashkil etadi.
Iste‘molchi – tovarlarni sotish uchun emas, shaxsiy ehtiyoji uchun foydalanadigan
bozor subyekti. Iste‘molchi hamisha ham xaridor bo‗lavermaydi.
Turli belgilar asosida iste‘molchining turli xili ajratiladi.
Tovarning maqsadli vazifasi bo‗yicha: individual iste‘molchilar (shaxsiy
maqsadlar uchun); muassasa (kasbiy faolityatni tashkil etish uchun); ishlab
chiqarish iste‘molchilari (ishlab chiqarish maqsadlarida).
Tovarni uning hayot siklining turli bosqichlarida sotib olishga tayyorligiga ko‗ra
novator iste‘molchilar, erta muxlis bo‗luvchilar (joriy etish), ertangi ko‗pchilik
(o‗sish), kechikkan ko‗pchilik (yetuklik), orqada qoluvchi qoloq (tanazzul) –
iste‘molchilarga ajratiladi.
Psixologik o‗ziga xos xususiyatlariga ko‗ra: ekstravertlar (jamiyatning faol, ijodiy,
hayotni sevuvchi) va introvertlar (taqlid qiluvchilar, konservatorlar), sangviniklar,
xoleriklar, flegmatiklar, melanxoliklar.
Narxga munosabati bo‗yicha: tejamkorlik, hech narsaga qiziqmaydiganlar, oqillar.
Xarid vaqtida kirishimliligi bo‗yicha: xasis, loqayd, bamaylixotir iste‘molchilar
farqlanadi.
Marketing tadqiqotlari davomida iste‘molchilarni turlarga ajratish bozorda
ishlovchi (xodim)ga uning xarakterli chizgilariga mos keluvchi marketing
kommunikatsiya vositalarini (tovar, narx, savdo (o‗tkazish) ishlab chiqish imkonini
beradi.
Iste‘molchilarni o‗rganish qanday xaridorlar bozorni shakllantiradi, degan savolga
javob beribgina qolmaydi. Shuningdek, ular nimani sotib olayapti? Nima uchun?
Xarid jarayonida kim ishtirok etayapti? Qachon va qayerda sotib olayapti?
kabilarni aniqlash ham muhim.
Sanab o‗tilgan savollarga javoblar xaridorning xarid qobiliyatini modellashtirish
imkonini beradi. Iste‘molchilar xarid qobiliyatini (muomalasini) modellashtirish
jarayoni quyidagilarning tahlilini o‗z ichiga oladi:
xaridorlarning fe‘l-atvorini aniqlovchi omillarni; - tovarni xarid qilish
jarayonini.
Xaridorning xarid qobiliyati, ta‘sir etuvchi tashqi omillarni ikkita katta guruhga
ajratish
mumkin:
marketing kompleksi vositasida xaridorning xarid qobiliyati ta‘sir etishi
mumkin bo‗lgan marketing xizmati faoliyatiga bog‗liq bo‗luvchi: taklif
qilinadigan tovarga, uning narxiga foydalaniladigan sotish (o‗tkazish) va
yo‗naltirish tizimlariga;
marketing xizmati faoliyatiga bog‗liq bo‗lmagan: iqtisodiy, demografik,
tabiiy, ilmiy-texnikaviy, siyosiy, madaniy omillar.
Bundan tashqari iste‘molchining xarid qobiliyati uning ijtimoiy, shaxsiy,
psixologik, madaniy xarakteristikalari bilan ham aniqlanadi.
Yuqorida ko‗rsatilgan hamma omillar ko‗pincha xaridorning tovar sotib olish
haqida bevosita xaridni amalga oshirgunga qadar qabul qilgan qarori jarayonini
belgilab beradi. U beshta bosqichidan iborat:
Ehtiyojni anglab yetish.
Informatsiyalar qidirish.
Qulay variantni tanlash.
Xarid (sotib olish) haqida qaror qabul qilish.
Xaridga reaksiya.
Bu bosqichlarni bilish bozorda faoliyat yurituvchiga u yoki bu bosqichda o‗zini
qanday tutish, uning marketing kuchi qanday bo‗lishi kerakligini tushunishga
yordam beradi. Dastlabki uch bosqich ishlab chiqaruvchidan ma‘lumotlar
manbalarining kengaytirilgan diapazonini hisobga olgan holda o‗z mahsulotlari
haqidagi ma‘lumotlarni xaridorlar foydalanishi uchun tushunarli qilishni talab
qiladi. Keyin tovarning tekin namunalarini ko‗rsatish (berish), reklama, servis,
xaridorlarning xarid qilish haqidagi fikrlarini o‗rganish, tovarni almashtirish, pulni
qaytarish, bozorga yanada sifatli tovar chiqarish zarur.
Iste‘molchilarni o‗rganishdan asosiy maqsad ularning ehtiyojini to‗laroq qondirish
maqsadida talabini aniqlashdan iborat.
Iste‘molchilarning talabini to‗laroq qondirish uchun avvalo, mavjud ehtiyojlarni
chuqur tahlil qilish, o‗sish qonuniyatlarini o‗rganish va yangi ehtiyojlarning
shakllanishi borasida ma‘lumotlarga ega bo‗lish talab etiladi.
Iste‘mol tovarlarini xarid qilish turli xaridorlar guruhi bo‗yicha turlicha
xususiyatlarga ega. Bu odatda, xaridorning tayinli tovarga munosabati, xarid
ishtiyoqi va fe‘l — atvori (talabi) ga ko‗p jihatdan bog‗liq bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |